472
SHug‗ullanuvchilarni turli uzunlikda qadamlab yurish va yugurishga
o‗rgatish zarur. Buning uchun polda yoki maydonchada belgilar qo‗yishdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
YUrish yoki yuugurishning bir turidan ikkinchi turiga o‗tish, odatda,
harakat chog‗ida amalga oshiriladi.
Fiziologik yuklama yurish va yugurishning tezligini va ularning
bajarilish davomiyligini o‗zgartirish orqali boshqariladi.
YUrish mashqlarini o‗tganda, ayniqsa bolalar guruhlari bilan mashg‗ulot
o‗tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to‗g‗ri tutishga qaratilishi zarur.
Muvozanat saqlash mashqlari
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og‗irlik markazining
tayanch maydoni ustida joylashishidir.
Tayanch maydoni qanchalik katta bo‗lsa, muvozanat shunchalik turg‗un
bo‗ladi.
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta
ahamiyatga ega, chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda
muskullarining tonusi ancha ortadi.
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki
balandroq tayanch joyda
(gimnastika o‗rindig‗ida, xodada), turgan joyda va harakatda bajariladi.
Gimnastika mashg‗ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‗pincha
balandroq tayanch joyda bajariladi.
Turgan joyda bajariladigan mashqlarga; kichik tayanchda oyoq uchlarida,
tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‗l, oyoq,
gavda harakatlari bilan
bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda shuningdek ikki oyoqda burilishlar,
sakrab burilishlar, (bir va ikki oyoqda o‗tirishlar) kiradi.
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq
holatdan pastroq holatga (shu jumladan yotish holatiga ham) o‗tish, o‗tirgan
holatdan siltanib o‗tish mashqlari bajarilishi mumkin.
473
Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha
turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, elka qadam bilan oldinga
yurish) yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilishlar kiradi.
Mazkur mashqlar gruhining ko‗proq qismini qo‗l
va gavdaning
harakatlari, to‗xtashlar, engashishlar, burilishlar va hakozolar bilan yurishlar
tashkil qiladi.
Tusiqlarni oshib o‗tish, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‗tarib o‗tish
va ikki kishi bo‗lib almashib o‗tish va aralash tayanishlarda harakat qilish katta
ahmiyatga ega. Xodada (yakkacho‗pda) muvozanat saqlash mashqlarni
bajarganda arg‗amchilar, tayoqchalar (sakrab o‗tish yoki ostidan o‗rmalab o‗tish
uchun), to‗ldirma to‗plar (ular ustidan xatlab o‗tish uchun) va hokazolar to‗siq
bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Ko‗tarib o‗tish uchun yuk sifatida to‗ldirma to‗plardan foydalaniladi.
YAxshi tayyorgarlikka ega bo‗lgan guruhlardan sherigini ko‗tarib o‗tish
mumkin.
Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‗lib almashib o‗tishning ikki
asosiy usuli bor:
SHeriklardan biri xoda (yakkacho‗p)ga ko‗ndalang cho‗qqayib
tayanadi
yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa, uning ustidan xatlab
o‗tadi (191-rasm).
SHeriklar uchrashganda bir-birining elkalaridan ushlashib, o‗ng oyoqlari
kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar
oldinga uzatadilar va bir-
birini ushlaguncha uzatilgan oyoqda chapga burilishadi. Bu usul murakkab
bo‗lib, avval polda o‗rgatishni talab qiladi (192-rasm).
Aralash tayanishlarda harakatlanish mashqlari tizzalarda tik turib
tayanish, cho‗qqayib tayanish, qo‗llar bilan tayangancha oyoqlarni kerib o‗tirish
holatlarida siljish, tayanish yon tomonga siljish kabilardan iborat bo‗lishi
mumkin.