467
vazifalari bor. Bu vazifalar qurolli kuchlar yoki qo‗shinning
u yoki bu turi
harbiy tayyorgarligining talablarini xisobga olgan holda bajariladi.
Jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qism sifatida harbiy-amaliy
gimnastikaning vazifasi mahorati bilan jadal harakat qila oladigan jismoniy
qobiliyatlarini oshirish va har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. Uning
amaliy harakteri ham shundan iboratdir. SHu bilan birga harbiy amaliy
gimnastika har tomonlama jismoniy rivojlangan chiniqqan va sog‗lom
O‗zbekiston yoshlarini tarbiyasiga yordam beradi.
Harbiy amaliy gimnastika chidamlik, kuchli bo‗lish,
chaqqonlik va
harkat tezligining rivojlanishiga, to‗siqlardan oshib o‗tish malakalarini
egallashga xujum qilish, o‗zini ximoya qilish usullarini bajara olishga,
shuningdek mardlik irodalik, tashabbuskorlik va topqirlik o‗z
kuchiga
ishonadigan, matonatli bo‗lish jamoaviy va o‗rtoqlarga o‗zaro yordam hislarini
tarbiyalashga ko‗maklashadi.
Uni Rossiyada birinchi bo‗lib A.B.Suvorov soldat va ofitserlarni
jismoniy va harbiy tayyorgarligi uchun harbiy dala gimnastikasini maxsus
tanlagan. Majmua mashqlardan iborat bo‗lgan, tabiiy sharoitda bajariladigan
mashqlar (maydonda, o‗rmonda, tozalangan maydonchada va boshqalar)ni joriy
qildi. Hozirgi vaqtda u ancha takomillashtirilgan.
Harbiy-amaliy gimnastika vositalariga
saf mashqlari,
yurish va
yugurish, umumrivojlantiruvchi
mashqlar, o‗rmalab o‗tish, o‗rtoqni ko‗tarib
o‗tish, tirmashib chiqish va tirmashib oshib o‗tish, muvozanat saqlash mashqlari,
sakrashlar, qo‗shin turlari uchun maxsus tanlangan to‗siqlarni zabt etish
mashqlari, ayrim o‗yinlar va estafetalar gimnastika snaryadlaridagi mashqlar va
boshqalar kiradi (187, 188, 189, 190-rasm).
Mashg‗ulotlar turli qurolli kuchlar va qo‗shin turlari shaxsiy tarkibning
jangovor faoliyatini xisobga olgan holda tashkil qilinadi va maxsus yo‗nalishda
o‗tkaziladi. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgalik asosida eng zarur jismoniy,
maxsus iroda sifatlar va hayotiy zarur bo‗lgan ko‗nikamalrni rivojlantirishni o‗z
ichiga oladi.
468
To‗g‗ri tashkil qilingan mashg‗ulotlar jihozlangan gimnasitika
shaharchasi va ixtisoslashgan to‗siqlar mavjud bo‗lsa amaliy gimnasitikaning
vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga ko‗maklashadi. Mashg‗ulotlarning
maxsus yo‗naltirilganligi mashg‗ulotlar dasturiga
u yoki bu jismoniy mashqlar
kiritilganda vujudga keladi.
171-rasm. Tirmashib chiqish
172-rasm. YOrdam
bilan tirmashib
ko‘tarilish
173-rasm. Muvozanat uchun mashqlar
174-rasm. Sakrashdagi mashqlar
Harbiy amaliy gimnasitikada ham gimnasitikada qabul qilingan
mashg‗ulotlarni o‗tish metodikasi qo‗llaniladi. Biroq mashg‗ulotlarni o‗tish
469
sharoiti (maydon, o‗rmon, maxsus jihozlangan shaharcha,to‗siqlar) shuningdek,
qo‗shimchi vositalardan foydalanish (devor, ariqlar, jarlik, daraxtlar va
hokazolar) mashg‗ulotlarni tashkil qilishga, ularning mazmuni va o‗tish
metodikasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday mashg‗ulotlar jarayonida kam kuch
sarflanadiga va ratsional harakat usullariga o‗rgatish ba‘zi bir mashqlarni
murakkablashtirish, maxsus topshiriqlar berish kerak bo‗ladi. Qo‗llaniladigan
mashqlar shug‗ullanuvchilarning mehnat va harbiy faoliyatida zarur bo‗ladigan
amaliy ko‗nikmalarni turli sharoitda takomillashtirishga ko‗maklashishi zarur.
Harbiy amaliy gimnasitika mashg‗ulotlari to‗siqlarni oshib o‗tgan holda
3 kilometrgacha suniy va tabiiy sharoitda yugurishlani o‗z ichiga olgan o‗quv
darslari ertalabki jismoniy badan tarbiya ko‗rinishida o‗tkaziladi.
Bundan
tashqari shaxsiy tarkibning yuqori ish qobilyatini va jangovor qobilyatini
saqlash uchun maxsus majmualar bajariladi.
Jismoniy tayyorgarlik ham, shuningdek, gimnasitika vosita va metodlari
ham, harbiy tayyorgarlikning vazifasi hamda, talablariga yaqinlasha borgan sari
muntazam takomillashib boradi. Ular yordamida askar va ofitserlar oliy
burchlari-Vatanimizni qo‗riqlash va himoya qilish uchun xizmat qilishga
muvaffaqiyatli tayyorlanadilar.
Amaliy mashqlar gruhiga quyidagilar kiradi: yurish va yugurish;
muvozanat saqlash; tirmashib chiqish va oshib o‗tish; buyumlarni uloqtirish va
ilib olish; yuk ko‗tarish va tushirish; o‗rmalab o‗tish, har hil to‗siqlardan o‗tish.
Sanab o‗tilgan mashqlar, insonni jismoniy faoliyatining turli sohalari uchun
bevosita amaliy ahamityaga ega bo‗lishidan tashqari kuch, tezkorlik,
chidamililik va chaqqonlikni takomillashtirish uchun ham katta ahamiyatga ega.
Harakat tuzilishining oddiy bo‗lganligi sababli amaliy mashqlar
shug‗ullanuvchilarning istalgan kontigenti uchun osondir. Bu mashqlarning
ayrimlari bir qator jismoniy nuqsonlarni bartaraf etishda yaxshi vosita bo‗lib
xizmat qiladi, shuning uchun ham maktab bolalari va o‗quvchi yoshlar jismoniy
tarbiyasi dasturlarida amaliy mashqlar salmoqli o‗rin egallanganligi tasodifiy hol
emas, albatta.
470
Amaliy mashqlar O‗zbekiston armiyasi
xizmatchilarini jismoniy
tayyorlashda eng muhim mashqlar xisoblanadi. Amaliy mashqlar kasbiy -
amaliy tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida qo‗llaniladi.
Amaliy mashqlar tabiiy sharoitlardan foydalanib, ochiq joylarda
bajarilishi mumkinligi bilan ham qimmatlidir: mashg‗ulot joylarini jihozlash
ham oson, ham arzon.
Aktiv dam olish vaqtida amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan
birgalikda eng yuqori malakali sportchilar tomonidan muvaffaqiyatli qo‗llanishi
mumkin.
Amaliy mashqlarga qo‗yilgan vazifalarga qarab mashg‗ulotning
barcha
qismlarida qo‗llanishi mumkin, asosiy mashqlarga o‗rgatish esa mashg‗ulotning
asosiy qismida amalga oshiriladi.
Har qanday mashg‗ulotning tiklanish jarayoni uchun sharoit yaratish
vazifasi qo‗yilgan yakunlovchi qismini yurish mashqsiz tasavvur qilib
bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: