O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


slayd Pedagogik texnologiya –



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə64/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

1 slayd
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakli, usuli, uslublari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’ilishini aniqlovchi psixologik – pedagogik ko’rsatmalarning majmuidir.
Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonini amalga oshirilishining sermazmun texnikasidir (G.Bespalko).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish jarayonining tavsiflaridir.
Texnologiya – bu san’at, mahorat va qobiliyat, ishlov uslublarining majmui. (Shepel).
Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonining loyihalashtirilishi, tashkil etilishi, o’tkazilish bo’yicha barcha tafsilotlari bilan o’ylab chiqilgan jamoa pedagogik faoliyatining modeli hisoblanadi. U talaba va pedagoglarga qulay sharoitlar yaratishi shart. (Monaxov).
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimizatsiyasini o’ziga maqsad qilib olgan inson va texnik resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda o’qitish jarayonini tashkil etish, qo’llash va aniqlashning hamda bilimlarni o’zlashtirishning uslublaridir.(YuNESKO)
Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladigan shaxsiy, intellektual, uslubiy vositalarning amal qilish tartibidir. (Klarin).

2slayd


Pedagogik texnologiya aspektlari.
Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo’lishi mumkin:

  1. Ilmiy aspekt – pedagogik texnologiya pedagogik fanning qismi sifatida ta’lim uslublari, tarkibi va maqsadlarini ishlab chiqadi va o’rganadi, hamda shu bilan birga pedagogik jarayonlarini loyihalashtiradi.

  2. Protsessual–tavsifiy aspekt – ta’limda rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun jarayonni tasvirlash, maqsad, tarkib, uslub va vositalar majmuidir.

  3. Protsessual-seminar aspekt – pedagogik (texnologik) jarayonning amalga oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarning amal qilishi.

3 slayd
Pedagogik texnologiya turlari va ularning tavsifi
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə