Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/93
tarix19.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#152443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
1 ATJ fanidan Laboratoriya 2023-2024 (1)

Kirish


Fizikaviy kimyo fizikaviy va kimyoviy hodisalar orasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Kimyoviy reaksiyalar turli fizikaviy jarayonlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalar issiqlik ajralib chiqishi, yutilishi, yorug‘likning yutilishi yoki ajralib chiqishi, elektrik hodisalar, hajmning o‘zgarishi kabi turli fizikaviy jarayonlarning borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishida kimyoviy va fizikaviy hodisalar o‘zaro bog‘liqdir. Bu bog‘liqlikni o‘rganish fizikaviy kimyoning asosiy vazifasidir.
Fizikaviy kimyo kimyoviy reaksiyalarning o‘tish qonuniyatlarini, o‘tish mexanizmini, reaksiyalarda sodir bo‘ladigan energetik o‘zgarishlarni, turli reaksiyalarning o‘tish shart-sharoitlarini, reaksiyalar tezligini va reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganadi.
Fizikaviy kimyoning nomini va mohiyatini birinchi bo‘lib M.V.Lomonosov (1752) yoritib berdi. Keyingi yuz yillikda bir necha kashfiyotlar va tajribalar fizikaviy kimyoni fan sifatida kengroq tahlil qildi. Shvetsiyada Sheyele (1773) va Fransiyada Fontana (1777) gazlarning adsorbsiyalanishini, Fransiyada Lavuze va Laplas (1779- 1784) moddalarning issiqliq sig‘imlarini va reaksiyalarning issiqlik effektlarini o‘rganishdi. Shvetsiyada Berselius (1835) kataliz haqidagi tushunchani rivojlantirdi. Italiyada (1799) Galvani va Voltlar galvanik element tuzib, elektrokimyoga asos soldilar. 1805 yil Rossiyada Grotgus elektr o‘tkazuvchanlikka asos soldi. 1800 yilda Devi kimyoviy tadqiqotlarga elektrolizni keng tadbiq etdi. 1833-1834 yillar Faradey elektrolizni miqdoriy jihatdan izohlab berdi. 1836-yil Rossiyada Yakobi galvanik elementni tuzib, elektrokimyoni rivojlantirdi.
XIX asrning birinchi yarmida Angliyada D.Dalton (1801-1803), Fransiyada A.Gey-Lyussak (1802), Italiyada A.Avogadro (1811) lar kimyoviy muvozanatni termodinamik talqin qildilar. 1884-yilda Fransiyada Le-Shatele tashqi ta’sirlar natijasida muvozanatning siljishini ta’kidladi. Gollandiyalik kimyogar Vant-Goff kimyoviy muvozanatni termodinamik tahlil qilish nazariyasini yaratdi. 1885-1889-yillarda Vant-Goff suyultirilgan eritmalar xossalarini termodinamika nuqtai nazaridan ta’kidlab o‘tdi. Shvetsiyalik olim S.Arrenius 1883-1887- yillarda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratdi.
Rus olimi D.Mendeleyev kritik haroratni (1860), gazlarning holat tenglamasini (1874), eritmalarning termodinamik nazariyasini (1887) ta’kidlab o‘tdi. 1889-yil D.Konovalov eritmalar nazariyasini yaratdi.
XX asrning boshlarida fizikaviy kimyo mustaqil fan sifatida ajralib chiqib, moddalar tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyo kabi bo‘limlarni o‘z ichida qamrab oldi.
Hozirgi vaqtda fizikaviy kimyo mustaqil fan hisoblanib, o‘zinig usullari va mohiyati bilan kimyoviy va texnologik jarayonlarning bazasi hisoblanadi. Fizikaviy kimyoni o‘rganish kvant kimyo, termodinamika va kimyoviy kinetikalarning usullarini o‘rganishga asoslangan.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə