O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi


O’zbekiston Respublikasi quralli kuchlarida jismoniy tayyorgarlik -



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə93/93
tarix21.04.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#85793
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi

O’zbekiston Respublikasi quralli kuchlarida jismoniy tayyorgarlik - O’zbekiston Mustaqil bo’lgach o’zining mustaqilligini xismoya qiluvchi qurolli kuchlariga ham ega bo’ldi. qurolli kuchlarimizning qo’shinlari armiyasi va flotida xizmat qiluvchilarning harbiy ta’lim va tarbiya berishning muxum va ajralmas kisim bo’lgan jismoniy tayyorgarlikning ilmiy jihatdan asoslangan tizimi ishlab chiqilmoqda. «Xozirgacha O’zbekiston harbiylari sobiq ittifoq harbiylarining jismoniy tayyorgarlik tizimidan foydalanib kelgan edilar. Lekin u nihoyatda murakkab bo’lib bizni yigitlarimizni jismoniy tayyorgarligi unga bardosh bera olmay qolgan edi.Biz o’z yigitlarimizni jismoniy tayyorgarligini inobatga olgan jismoniy tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishimiz kerak.

O’zbekiston qurollida kuchlarida xizmat qiluvchilarning jismoniy tayyorgarligi tizimi quyidagi umumiy va maxsus vazifalarni hal etishini nazarda tutishi kerak.



1. Umumiy vazifalar:

  • harbiylar uchun zarur bo’lgan chidamiylikni, kuchliilikni, epchillikni va harbiy harakat vaqtidagi tezkorlikni rivojlantirish,

  • tashabbuskorlik va topqirlikni dadillik va qat’iylikni, o’z kuchiga ishonch va jangchi uchun zarur bo’lgan boshqa qator fazilatlarini tarbiyalash,

  • sog’likni mustahkamlash va chiniqtirish, jismoniy rivojni yaxshilash, jangovor faoliyat vaqtida paydo bo’ladigan noqulay faktorlargavujudning qizib ketishi, kuchli radiatsiya ta’siri va boshqalarga nisbatan organizmni chidamligini oshirish,

  • yurib va yugurib tez harakat qilish, uzoq masofaga kross yugurish, suzish to’siqlaridan uchish, granata uloqtirish, qo’l jangi malakalarini shakllantirish jismoniy tayyorgarlikning maxsus vazifalari har xil qo’shin turi «ukchilar, tankchilar, artileriya bo’linmalari, harbiy dengiz floti va boshqalar uchun har xil, ular asosan jismoniy, irodaviy va ruhiy boshqa fazilatlar, hamda harakat malakalari tegishli harbiy mutaxassislikda talab etilganday yuksak darajaga etishishga bevosita qaratilgan bo’ladi.

Amir Temur o’gitlarida sog’lom avlodni tarbiyalashga oid ko’rsatmalar haqida. Yoshlarni yurt vatan himoyasiga tayyorlash qadim qadimdan beri eng muxum muqaddas burchlardan hisoblangan. Bu borada o’tmishning eng dono siymolari bosh qotirib bunday muqaddas burchni tan olish yo’llarini o’rganib, tahlil qilib o’zlarining qimmatli maslaxatlarini aytib bizga meros qilib qoldirganlar, jumladan ijtimoiy boshqalardan hisoblangan yurt vatan ximoyasidagi acosiy tayyorgarliklardan biri kishilarni jismoniy tayyorgarligi muxum ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tgan. Jumladan u «shunday degan» olimpiya o’yingoxida mashq qilayotgan o’n kurashchi olimpiadalarini ko’rib ularni baqquvatliklari, epchil, chaqqon, tezkkor harakatlarini kuzatib, agar yunonitsonda ana shunday alp bahodirlardan 6-mingta bo’lsa yurtimizga har qanday bosqichidan himoya qila olamiz degan. Bunga amal qilgan yunonlarning kuch kudrati tarixdan bizga ma’lum.

Yoshlarni kuchli, quvvatli qilib jismoniy fazilatlarni rivojlantirib o’q yoy otishga, suzishga o’rganish haqida xodislarda ham aytib o’tilgan. Jismoniy tayyorgarlikning muhim tomonlaridan biri, suzishning qancha hayotiy zarurligi uning amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida qobusnoma ham aytilgan. M.N.Kaykovus shunday dedi: O’n yashar bo’lganimizda otam ot utsida mashq qilish, nayza urish, zubin otish, chavgon urish, kamon otish kabi hunarlarni o’rgatib boshladi. Bu hunarlarni o’rgangandan so’ng ularni namoyish qilganimdan keyin otam zarur hunar qolganligi aytdi. Bu shunday hunar ediki zarur bo’lgan vaqtda o’zi uchun faqat o’zi qiladigan. Boshqa kishi uni o’rniga o’tib qila olmaydigan hunarni aytib. Bu hunar suvda quloch otib suzishini va bu hunarga albatta o’rganish zarurligini jalb qildi. Dar xakikat suzish harbiy amaliy ahamiyatga ega ekanligini 2-jaxon urushi yana bir karra ko’rsatib, bu narsaga amal qilmaslik o’rta osiyolik jangchilarga juda qimmatga tushgani eslash o’rinlidir urushda qurbon bo’lgan jangchi ota bobolarimiz akalarimizning 60 foizga yaqin daryolardan kechayottanda suzishni bilmay suvga cho’kib kettanlar. Yoshlarni harbiylikka, mustaqil muqaddas zamin, yurt vatan himoyasiga tayyorlashda bunday tarix soboqlarini unutmasligimiz kerak.

Lashkar tuzishda soxibkiron Amir Temur bobomiz ham o’z tadbiriga ega bo’lib uch qoidaga amal qilgan. Birinchidin-yigitning kuch quvvatiga, ikkinchidan - qilichni o’ynata olishga, uchinchidan-aql zakovatiga, kamolatiga e’tibor qilgan. Shu uch fazilat jamuljam bo’lsa navkarlik xizmatiga olingan. Necha kam kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchilik, azobu-uqubatlarga chidamli bo’ladi. qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi. Oqil navkar har joyda aql-idirokni ishga solib mashg’ulotni bartaraf etmog’i mumkin. Bu qoidalarga amal qilgan Amir Temur harbiy yurishlarida qanday muvaffaqiyatlarga erishgani bizga ma’lum. Nosog’lom odam nima kilaoladi? Barcha zamonlarda ham kuch-quvvatga Amir Temur hayotida extiyoj katta bo’lgan zero u salomatlik sog’lomlik kuch­ quvvat qadri o’rni kuch quvvatga bergan ahamiyati haqida timsolidir. Sog’lom odam kuchli bo’ladi hamda yaxshi ishlar qila oladi. Chunki u yashagan davrda har qanday tadbir bilan kuch-quvvatning ham o’z o’rni bo’lgan. Undan tashqari yaxshi o’gitlar ham qoldirgan. «Askari quvvatli mamlakat boy bo’lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo’lur». O’gitning nechog’lik hayotiy ekanligi bugun zarurdir.

Yoshlarni jismoniy barkamolikka zrishtirish va bunday ishni yurt, Vatan uchun nechog’lik zaruryati jismoniy barkamollik harbiy ilmlarni o’zlashtirishga, o’rganishga nechog’lik muxim ekanligi Buyuk Turon zaminida yashab o’tgan barcha donishmandlarni diqqat markazida bo’lgan. Jumladan Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy, Oybekning romanida chavgon o’yini orqali bulajak harbiy rahbariyatlarni aniqlash mumkinlgi to’g’risida aytilgan.

Shuni ham takidlash lozimki xalq ogzaki ijodi, ertaklar, dostonlarda yoshlarni baquvvat, jasur, o’z yurtini, elini, himoya qilishga tayyorlashni ko’p tomonlari yaxshi ifodalanib bu borada xalqimizning orzu niyatlari batavsil bayon qilingan. Bularga Alpomish, Rustamxon, Go’ro’g’li, Muqbil toshotar va boshqalar misol bo’la oladi.

XIX asrlarga kelib bizga yoshlarni harbiy jismoniy tayyorgarlik,
haqidagi bilim tajribalarni Evropa xalqlari davlatlari bilan bog’lanib ketdi. Bu jarayon albatta ham salbiy ham ijobiy tomonlari bor. Salbiy tomoni biz bu borada ota-bobolarimiz qoldirgan boy merosdan uzoqlashdik ijobiy tomoni biz yoshlarni harbiyga tayyorlashda jismoniy tarbiyadan foydalanishni Evropa xalqlari tajribasidan baxramand bo’ldik.

Jumladan engil harbiy tayyorgarlikda jismoniy tayyorgarlikni ahamiyati to’g’risida ba’zi fikrlarni aytib o’tgan shulardan birida shunday deydi Hozirgi paytda qilinayotganidek yigirma yoshli yigitlarni qora terga botirib o’zlari ham terlab pishib ishda dag’allashib ketgan suyaklarini, muskullarini va paylarini avvalgi serharakat va epchil holiga qaytarishga bexuda urishishdan ko’ra barcha sinflardagi o’quvchilarning a’zolaridagi elatsiklik va epchillik yo’qolmasdan turib, ularga gimnastika snaryadlarida erkin gimnastika va mashqlarni muntazam ravishda hamda asosli o’rganish yaxshirok zmasmikan? Avvalo odamlarni moyil qilib keyin esa harbiy xizmatda ularni tag’in qaddi-qomati kelishgan va serharakat qilishga intilish bemanilik emaslik axir? Basharti boshlang’ich va o’rta maktablarda bu mayinlikning oldi olinsa askarlar uch chandon yaxshi bo’lishini chinligini tushunmaydilar». deb takrorlaydi. Sobiq ittifoqda ham harbiyga tayyorlashda katta etibor berilar zdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach bizni xalqimiz uchun mustaqil muqaddas zaminimizni, yurtimizni himoya qilishni mustaqillikni himoya qilishni mustaqillikni saqlab qolish va uni yanada mustahkamlash endi o’z zimmamizda tushdi.



Biz endi yoshlarimizni mustaqil ravishda ota-bobolarimiz qoldirgan barcha boy merosiy tajribalardan foydalangan holda, har tomonlama tarbiyalab ta’minlashimiz muxim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlardan biri bo’lib qoladi. Bu borada Prezidentimizning «Sog’lom avlod uchun» farmoniga nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Respublikamiz yoshlarini sog’lom baquvvat qilib tarbiyalash respublika rahbariyati va Prezidentimizning diqqat markazida turibdi. Bu borada respublikamizda sport inshoatlarini qurilishini kengashirish «Samarqand tsadionini ta’mirlash futbol maydonlarini kengaytirish va h.k.». Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha qabul qilinayotgan qonun, farmonlar fikrlarimizning dalilidir. Biz jaxon sport harakatiga ham munosib xissa qo’sha olamiz. Buni ham tan olib Prezidentimizga XOK ordeni bilan takdirladi.
Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə