O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə4/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

Ishning amaliy ahamiyati. Malakaviy ishda olingan natijalar Professional ta’lim tizimida yosh o’qituvchilarga “O`zbekisto parlamenti yangi bosqichda” mavzusi o’tish bo’yicha foydalanish uchun tavsiya etiladi
Malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I. Metodlari
1.1. Oʻqitishning interfaol metodlari
O’qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim.
Ta'limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi. O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida oldiga qo’yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan.
Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O’qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi.
Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya'ni ularni o’qitish (ta'limning bir tomonini)ni ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta'limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim momentlarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e'tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi.
Bu hol ma'lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi.
Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba'zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta'kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi.
Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi». O’qitish metodlarini ba'zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi.
Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir.
O’quv materialini o’quvchilarning xotirasida mustahkam o’rnashishiga yordam beradigan bu va shunga o’xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usullar bilan o’zviy bog’langan ikkinchi gruppaga kiritish mumkin. Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha o’quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o’quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi. Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O’qituvchi va o’quvchilar o’quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va umumlashtirishlari lozim.
Tarixiy tushuncha o’quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Tarixiy tushunchalarni o’zlashtirish juda katta ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o’stiradi.
Keyingi yillarda, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o’zlashtirishni ta'minlaydigan o’qitish va o’rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.
Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har kaysi tarix o’qitish metodiga metodik usullarni uchinchi guruhi bo’lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda o’qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi, mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir.
Shunday qilib, mazmunning o’ziga xos xususiyatlari, ta'lim-tarbiya vazifalari, o’quv materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq ruhiy jarayonlarning, idrok qilish, xotirada saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi metodik usullar tizimini belgilash mumkin:
1. O’quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari.
2. O’quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya, mahalliy va statistik ma'lumotlarni mustahkamlash usullari.
3. Tarixiy materialni o’zlashtirish va o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari.
Ta'lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan holda ishtirok etadi Metodik usullarni tanlash o’quv materialining xarakteri bilan bog’liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o’rganishga qanday usullardan foydalanish kerakligini bilish bilan birga ularni o’quvchilarning bilimi va bilish malakalariga muvofiq tarzda qo’llash mahoratini ham egallash kerak Hozirgi kunda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari amaliyotida qo’llanib kelinayotgan, amaldagi o’qish metodlarini asosan uch guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin: 1. Og’zaki bayon qilish metodi. 2. Ko’rgazmalilik metodi. 3. Amaliy metod.

Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə