O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə14/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, o’zatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, o’zatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Аxbоrоt tеxnоlоgiyasi o‘zi uchun аsоsiy muhit bo‘lgаn аxbоrоt tizimlаri bilаn bеvоsitа bоg‘liqdir. Chunki аxbоrоt tеxnоlоgiyasi аxbоrоt tizimlаridа mаvjud bo‘lgаn mа’lumоtlаr ustidа bаjаrilаdigаn turli xil murаkkаblikdаgi оpеrаsiyalаr, аmаllаr vа аlgоritmlаrni bаjаrishdаn ibоrаt bo‘lgаn tаrtiblаshtirilgаn jаrаyondir.
Hozirda zamonaviy elektron hisoblash qurilmalar va uni dasturiy ta’minotini rivojlanishi bilan bo‘g‘liq holda axborot texnologiyalari quyidagi turlarga ajratiladi:
Video texnologiya - ma’lumotlarni turli tasvirlash ko‘rinishida ifodalaydi.
Multimedia texnologiya - ixtiyoriy ma’lumotlarni kompleks ko‘rinishda tasvirlashga asoslangan. Bu texnologiya matnlar, grafiklar, chizmalar, tasvirlar, tovushlar va harakatlarni yagona bir tizimga birlashtirib namoish etadi.
Neyrokompyuterli texnologiyalar - mikroprosessorlar bazasida bir-biriga o‘zaro bog‘langan maxsus neyrokomponentalardan foydalanadi. Bu texnologiya asab katakchalarining hatti-harakatlarini modellashtirishga asoslangan. Neyrotexnologiyalar murakkab masalalarni yechishda sun’iy intellekt metodlarini qo‘llashga tayanadi: kredit tavakkalchiliklarini boshqarish, bilimlarni aniqlash, fondlar holatini bashoratlash va boshqalar.
Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalar - bir nechta ob’yektlarning hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va loyihalash va dasturlash jarayonlarida kompyuter tizimlarini to’zishda qo‘llaniladi. Bu yerda ob’yektlar sifatida foydalanuvchilar, dasturlar, mijozlar, hujjatlar, fayllar, jadvallar va ma’lumotlar bazalarini kiritilish mumkin. Ob’yektga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish natijasida boshqaruv tizimida o’ta tezkor samarali qarorlarni qabul qilishga olib keladi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə