Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə79/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89
sitologiya majmua

w w
1 - rasm. Mitoxondriya. (a) Tirik fibroblastni faskantrast mikroskopda ko'rinishi. (b) mitoxondriyalar uzun va qorong'i tanachalar. (c)mitoxondriani ichki membranasini kristallari
ko'r shapalakni spermasi.
Bir hujayralilarda mitoxondriyalar bo'lishi mumkin. Dukkaksimon organellalarda shu to'qimaning o'zida lekin boshqa hujayralarida naysimon turdagi mitoxondriyalar bo'lishi mumkin. Eng qizig'i mitoxondriyalar bir biri bilan qo' shilishi mumkin yoki bir mitoxondriya ikkiga bo'linib ketishi mumkin.
Ichki membrana oqsillarga juda boy va mitoxondrial oqsillarni importiga javobgar. Ichki membranani boshqa domeni invaginasion qismlarga o'xshash tuzilgan bo'lib KRISTA lar deb ataladi. Kristalarda aerob nafas olish va ATF ni hosil bo'lishi kuzatiladi. Mitoxondriyaning ichki hajmi MATRISA deb ataladi. Tashqi va ichki membranasini orasi esa membranalar aro bo'shliq deb ataladi. Matrisa gelsimon holatga ega. Bizga ma'lumki mitoxondrianing membranalari aro oqsillari hujayrani o'z o'zini o'ldirish xususiyati ega. Mitoxondriyani tashqi va ichki membranalari har xil xususiyatlarga ega. Tashqi membrana taxmiman 50 % lipidlardan iborat. Ichki membrana taxminan yuzdan ortiq polipeptidlardan iborat va oqisil-lipid nisbati taxminan 3:1 nisbatda
Mitoxondrial matriks.
Mitoxondrialarda ko'pgina fermebtlarga qo'shimcha ribosomalar ham uchraydi. Lekin ular sitoplazmani ribosomalariga qaraganda maydaroq. SHo'tni o'zida. bir necha DNK xalqa malekulalari ham uchraydi. O'simlk va hayvonlarda u yumaloq (xalqasimon) bo'ladi. Demek mitoxondriyalarda o'zini genetok materiali bor va RNK ni hosil qiluvchi mexanizmi hisoblanadi. Xiromosomadan tashqari DNK irsiy axborotni saqlashda katta rol o'uniudi masalan odam organizimida 13 ta po'lipeptidni sinteziga javob beradi. Odam mitoxondriyasini DNK si 2 ta ribosom RNK ga va 22 ta t-RNK ga javob beradi. Mitoxondrial DNK (mt-DNK) bu qadimigi tarixiy noyob malekula hisoblanadi.Olimlarning fikri bo'yicha bu bir aerob bakteriyani merosi deb qabul qilingan va kelajakda bulardan eukariotik hujayralar kelib chiqqan. SHu qadimiy ko'pchilik genlari yoki yo'qolib ketgan, yoki evolyusiya jarayonida ho'jayin hujayra yadrosiga ko'chib ketgan va o'zida qolgan bir necha genlar - gidrofob oqsillarni ko'dliudigan genlar. mt- DNK odam migrasiyasini va evolyusiyasini o'rganish uchun juda qulay narsa. Bir qancha kompaniyalar mt-DNK ni nukleotid ketma-ketligini o'rganadi o'zlarini o'rganish uchun.
Mitoxondriyalarning ultrastrukturasi
Mitoxondriyalar ikki qavat membrana bilan chegaralangan bo'lib, tashqi membrana uni gialoplazmadan ajratib turib o'z-o'zida birikish hosil qiladi, ichki membranasi mitoxondriya ichki matriksi yoki mitoplazmasini ajratadi, membranalararo bo'shliq 10-20 nm tashkil qiladi. Ichki membrana mitoxondriya matriksi tomonga ichki burmalarni kristalarni hosil qiladi.
Kristalar mitoxondriya uzunligiga ko'ndalang yoki perpendikulyar ravishda joylashishi mumkin. Kristalarning shoxlanish va egilish hosil qilish turiga qarab: plastinkasimon, perforasiyali, naysimon va to'lqinsimon turlari farqlanadi. Kristalar ichki membrana maydonini kattalashtiradi.
Tashqi va ichki membranalarida mayda donachalar bo'lib, tashqi membranada silindr shaklida, ichki membranada- qo'ziqorin shaklidagi - oksiosomalar yoki ATF- somalardir.
Mitoxondriyalar matriksi gomogen tuzilishga ega bo'lib unda 2-3nm kattalikdagi ipsimon DNK molekulasi va 15-20nm kattalikdagi ribosomalar va turli kiritmalar uchraydi.
Kristalarning soni va rivojlanish darajasi hujayraning funksional holatiga bog'liq. O'simliklar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo'ladi, lekin o'simliklarning sekretor hujayralarida ularning soni hayvonlarnikidek ko'p bo'ladi. Mitoxondriyalar adaptasiya hosil qilish xususiyatiga ega. Masalan, kalamushlarni gipodinamiya (kam harakatlanish) sharoitiga joylashtirganda, mitoxondriyalardagi kristalar va ko'ndalang targ'il muskul tolasidagi mitoxondriyalar soni keskin kamaya borganligi kuzatiladi. Lekin, hayvonlar aktiv harakatga keltirilganda (suzdirilganda), mitoxondriyalar o'z sonini va holatini tezda tiklaganlar.
Mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranari tarkibi va fizik xususiyatlari bilan farq qiladi. Osmotik bosimning ortishi yoki kamayishidan ichki membrana burishib yig' ilib qoladi, lekin keyinchalik to' g'irlanishi mumkin. Tashqi membrana cho'zila olmasligi tufauli uziladi. Tashqi membranada lipidlar bilipid qatlamni hosil qilsa, ichki membranada faqat bir qism lipidlar bilipid hosil qilishda
ishtirok etadi. Tashqi membrana endoplazmatik to'r membranalari bilan o'xshash bo'ladi. Ichki membrana va mitoxondriya matriksi oksidlanish va fosforlanish fermentlariga boy bo'ladi.

Keyingi bosqichda hosil bo'lgan triozalar asosan pirouzum kislota mitoxondriyalarning o'zida sodir bo'ladigan oksidlanishda ishtirok etadilar. Bunda

Mitoxondriya vazifalari
Mitoxondriyalarni asosiy vazifasi organik substratlarning oksidlanishi va ADF ning fosforlanishi orqali ATF sintezlash. Bu jarayonlar uchun boshlang'ich substrat bo'lib uglevodlar, yog' kislotalar va aminokislotalar xizmat qiladi. Uglevodlar oksidlanishining boshlang'ich etaplari gialoplazmada kislorod ishtirokisiz o'tganligi uchun anaerob oksidlanish yoki glikoliz deyiladi. Glikolizning asosiy substrati glyukozadir. Tirik hujayrada glyukozaning oksidlanishi bosqichma- bosqich borib, bu jarayonni bir qancha oksidlanish fermentlari amalga oshiradi va uning natijasida ATF molekulasidagi makroergik bog'lar hosil bo'ladi.Birinchi bosqichda glyukoza triozagacha parchalanadi, bunda 2 molekula ATF sarflanib 4 molekula ATF sintezlanadi. Anaerobli parchalanish past energiya chiqimiga qaramay ko'pgina tirik organizmlarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Masalan, mikroorganizmlar, ichak parazitlari, shish hujayralari va mitoxondriyalari bo'lmaydigan sutemizuvchilarning eritrositlarida asosiy energiya manbai bo'lib glikoliz xizmat qiladi.





hamma kimyoviy bog'lar uzilib CO2 ajralib O2 sarflanadi, ajralgan energiya mitoxondriyalarda ATF ko'rinishida to'planadi.
Trikarbon kislotalar yoki Krebs siklida glikoliz mahsulotlarining to'liq oksidlanishi va undan keyin fosforli oksidlanish siklida oksidlanish natijasida ajralgan energiya maksimal ravishda ATF sintezi uchun sarflanadi.
Mitoxondriyalarning hosil bo'lishi
Fanda mitoxondriyalar hosil bo'lishining 3 xil farazi mavjud :

  1. Mitoxondriyalar hujayrada gialoplazmadagi ultramikroskopik tuzilmalardan hosil bo'ladi.

  2. Hujayraning boshqa membranali tuzilmalaridan hosil bo'ladi.

  3. Mavjud mitoxondriyalarning bo'linish yo'li orqali hosil bo'ladi.

Birinchi faraz o'z rivojini topmagani sababi shuki, mitoxondriya tarkibiga
kiruvchi ko'pgina fermentlar sitoplazmada uchramaydi. Ikkinchi faraz hujayrada hamma membranali strukturalar o'zaro bir - biri bilan bog'liqligiga asoslangan bo'lib, uning negizida universal elementar membrana gipotezasi yotadi. Lekin bu taxminlar ham biokimyoviy va morfologik dalillarga ega emas .
Uchinchi - mitoxondriyalar mavjud mitoxondriyaning bo'linishi orqali ko'payadi, degan g'oyani birinchi marta 1893 yilda Altman o'rtaga tashlagan. Uzun mitoxondriyalarning bir hujayrali suvo'tlarda fragmentasiyasini (maydalanishini) kuzatgan.
Jigar hujayralarida mitoxondriyalarning o'rtasidan uzayib, ingichkalashib bo'linishi kuzatilgan.
Achitqi zamburug'larda anaerob sharoitda sitoplazmasida promitoxondrial tuzilmalar bo'lib, aerob muhitda ularnig morfologiyasi o'zgarib mitoxondriya sifatida rivojlanadi. Promitoxondriyaning kelib chiqishi sitoplazmadagi mavjud mitoxondriya bilan bog'liq.
Mitoxondriyalar oqsili sintezi tizimiga DNK, unda sintezlanadigan mitoxondrial RNK va ribosomalarga ega. Mitoxondriyalarning DNKsi siklik shaklga ega bo'lib, bakteriyalarning DNK siga o'xshaydi va yadro DNK sidan nukleotidlarning ketma-ketligi bilan keskin farq qiladi. RNK ning hamma turi uchraydi.
Mitoxondriyaning bunday avtonom sistemaga ega bo'lishi uning kelib chiqishining endosimbiotik nazariyasining yaratilishiga olib kelgan. Unga asosan mitoxondriyalar bakteriyalar tipidagi organizm bo'lib, eukariotlar bilan simbioz hosil qilgandirlar. Bu g'oyani Altman o'zining bioblastlar nazariyasida ilgari suradi. Taxmin qilinishicha, evolyusiya jarayoni mobaynida anaerob oksidlanish jarayonlari evaziga yashovchi ho'jauin hujayra ichiga oksidlanish fosforlanish fermentlariga ega prokariot simbiont kiritilgan. Uning natijasida mitoxondriyalar genetik materialining bir qismini yo'qotib, avtonomlik xususiyatiga ega bo'lib qolganlar. Lekin mitoxondriyaning avtonomligi nisbiy hisoblanadi, chunki undagi ko'pgina oqsillarinig sintezi yadro tomonidan genetic nazorat qilinadi
9 - AMALIY MASHG'ULOT.
Mavzu: Ribosoma, mikronaycha va sentriolaning tuzilishi

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə