Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə75/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
sitologiya majmua

Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum va qoplagich oynalar, igna, suvdon, pinset, filtr qog'oz, mox bargi, spirogira suvo'ti, NaCI, KCI ning bir normal eritmasi.
Hujayralardagi tonoplast membrana tufayli sitoplazmadan chegaralanib turgan bo'shliqlar - vakuolalardir. Vakuolani hujayra shirasi to'ldirib turadi. Yosh hujayralarda vakuola va hujayra shirasi aniq ko'rinmaydi. Yetilgan hujayralarda yirik vakuolalar yoki bitta markaz vakuola bo'ladi. Bunday hujayralarda sitoplazma va yadro hujayra po'sti bo'ylab joylashadi. Hujayra shirasi suv va unda erigan turli organik va anorganik moddalardan tarkib topgan. Hujayra shirasi tarkibida organik moddalar ko'p to'plansa, uning konsentrasiyasi ortadi, bunday hollarda vakuolaga hujayra po'sti va sitoplazma orqali suv va unda erigan mineral moddalar kirib turadi, hujayra shirasining miqdori ortadi, natijada bosim ham ortadi va sitoplazmaga bosadi. Sitoplazma esa hujayra po'stiga bosadi. Hujayraning ichki bosimi tufayli u kattalashadi, hujayra po'sti taranglashadi. Bunday holat turgor deyiladi. Hujayralarning turgorlik darajasi hujayra shirasining osmotik bosimiga hamda hujayra po'stining elastikligiga bog'liq (5-rasm).


5-rasm. Turgor va plazmoliz.
1-hujayraning turgor holati; 2-4-plazmoliz holati.



Hujayralarning turgor holatida asosiy hayotiy siljishi, assimilyasiya, transpirasiya normal boradi. O'simliklarning o'sishi, barglarining yozilishi, gulining ochilishi hujayralarining turgor darajasiga bog'liq.
Turgor holatidagi hujayralarga kuchli konsentrasiyali bironta eritma - qand yoki NaCI, KCI ning bir normal eritmasi ta'sir ettirilganda, protoplastning hajmi kichraya boradi, sitoplazma hujayra po'stidan sekin asta ajraladi, bu hodisa plazmoliz deyiladi. Plazmoliz kuchli bo'lgan taqdirda sitoplazma hujayra po'stidan batamom ajralib, hujayra o'rtasiga to'planadi. Plazmoliz holatidagi hujayralarga qaytadan suv shimilishi natijasida ular oldingi holatini qayta tiklaydi, bu hodisa deplazmoliz deyiladi.
Hujayralarda ro'y beradigan turgor va plazmoliz hodisalari hujayra shirasining konsentrasiyasiga va osmotik bosimiga bog'liq.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə