Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə78/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
sitologiya majmua

Ishning maqsadi: O'simliklarning xloroplast, xromoplast, leykoplastlarni rangli rasmlarda, prezentasiya slaydlarida, mikroskopda kuzatish va tuzilishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: kompyuter, videoproektor, mikroskop, pinset, lupa, preparat oynalari, nina, piyoz va turli o'simliklarning barglari.
Ishning borish tartibi.
Plastidalarni 1676 yilda A. Levenguk birinchi o'rganadi, 1882 yilda A.SHimper davom ettiradi, ultrastrukturasini A. Freu-Visling 1982 yilda aniqlaydi. Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi eukariot organizmlar hujayrasida uchraydi. YUksak o'simliklarda plastidalarning 3 turi: xloroplast, xromoplast va leykoplastlar uchrab bir - biriga aylanib turish xossasiga egadir.
SHakli mitoxondriyalarga o'xshash bo'lib kengligi 2-3 mkm ni uzunligi 5­10 mkm ni tashkil etadi. YAshil suvo'tlarda uzunligi 50 mkmgacha bo'lgan gigant xloroplast (xromatofor) uchraydi. Hujayradagi o'rtacha soni 10-30 tagacha.
Xloroplastlar ikki qavat membrana bilan chegaralangan bo'lib, membranalar qalinligi 7nm. Ichki membrana plastida matriksiga ya'ni stromasiga botib kiradi.Ular uzun stroma - lamellalarini va disksimon vakuolalar- tilakoidlarni hosil qiladi. Lamellalar bir tekislikda joylashadilar. Tilakoidlar xuddi tangalarni taxlab qo'yganga o'xshash ustunchalarni hosil qiladilar. Bu ustunchalar granalar deyilib, ulardagi tilakoidlarning soni bir nechtadan 50tagacha, granalarning soni 40-60 tagacha. Granadagi tilakoidlar bir-biriga zich joylashganligi uchun tashqi membranalarining qavatlari qo'shilib ketadi. Tilakoidlar lipid va oqsil qavatidan iborat bo'lib, ular orasida xlorofill pigmenti, lipid qavati orasida esa karotinoid pigmentlari joylashadi. SHuningdek, granalar tarkibiga lammelalar ham kiradi. Bularning ham tilakoidlar bilan birikkan joylarida zich qatlam yuzaga keladi. SHu tariqa lammelalar granalarni biriktirish vazifasini bajaradi.
Xloroplast stromasida DNK molekulasi, ribosomalar va kraxmal donachalari uchraydi. Xloroplastlarda xlorofill pigmenti bo'lib, u yordamida o'simliklar yorug'lik nurini yutib uni kimyoviy energiyaga aylantiradi.
Rangli piyoz po'sti, bargi yoki mavjud boshqa o'simlik barglari va boshqa organlaridan vaqtinchali preparat tayyorlanadi. Tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko'riladi. Unda turli rangdagi plastidalar ko'rinadi. Faqat plastidalarning umumiy ko'rinishini ko'rish mumkin. Plastidalarning mikroskop ostida ko'rib bo'lgandan so'ng ichki tuzilishini rangli rasmlar va prezentasiya slaydlar orqali yanada yaxshiroq o'rganiladi. Uning vazifalari aytib o'tiladi.



Xloroplastning tuzilishi.


1-tashki membrana; 2-memranalararo bo'shlik; 3-ichki membrana;
4-tilakoidlar; 5-granalar; 6-kraxmal; 7-DNK; 8-ribosomalar; 9-stroma.
Rasmlardan plastidalarning ichki tuzilishiga diqqat bilan e'tibor berilib, uning tarkibiy qismlar chuqurroq o'rganiladi. Joylashgan joyi, tarkibiy qismlarining tuzilishi, granalar, tilakoidlar, stromasi, lamellalarining ichki tuzilishi o'rganiladi. So'ngra ularning rasmlari albomga chiziladi.
Savollar.

      1. O'simliklarda necha xil plastidalar uchraydi?

      2. Plastidalar o' simlikning qaysi organlarida uchraydi?

      3. Tilakoidning tuzilishini aytib bering?

      4. Lamella nima va u qanday tuzilgan?

8-AMALIY MASHG' ULOTI Mavzu: Mitoxondrya tuzilishini o'rganish.
Yerda hayot paydo bo'lganidan keyin atmosferada tiklangan molekulalar ko'p bo'lgan masalan: vodorod - N2 , ammiak - NH3 va suv parlaridan H2O bu paytda erda anaerob organizmlar yashagan va energiyani glikoliz va bijg'ish jarayon bilan ishlatishgan. 2,4 va 1,7 milliard yil ilgari sianobakteriyalar hosil bo'lgan. Ularda birinchi fotosintetik jarayon kuzatilgan va shuni o'zida malekulyar kislorod hosil bo'la boshlagan. Kislorodni atmosferada borligi va tabiy tanlanishga yirik omillardan biri bo'lgan. Turlarning evolyusiyasi shunday bo'lganki ularda kislorod malekulasi katta foyda bilan ishlatilgan.
Mitoxondriyalarni tuzilishi va vazifalari

Mitoxondriyalar bu kattagina strukturalar ularni bemalol yorug'lik mikroskopda ko'rsa bo'ladi.Har xil hujayralarda mitoxondriyalar har xil shaklda bo'lishi mumkin.





Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə