Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə80/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
sitologiya majmua

Ribosomalar. Ribosoma zich dumaloq shaklda bo'lib (Pallade donalari) endoplazmatik to'r komponentlaridan biri hisoblanadi. Ribosomalar yadro qobig'ining tashqi membranasida ham joylashadi. Ribosomalar oqsil sintezida faol qatnashadi. Ribosomalarning bir to'dasi polisomalar deyilib, ularning tarkibida 5­70 ta ribosomalar bo'ladi.
Ko'pgina olimlar zamonaviy dalillarga asoslanib (K.A.Zufarov va b.q.) ribosomalar yadroda-yadrochada sintez bo'ladi. RNK donachalari holatida sitoplazmaga o'tadi deb hisoblaydi.


10.1.-rasm. Ribosomalar.



Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o'rami orasida oqsil molekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak.
Muayyan organizm oqsillarining o'ziga xos xususiyati ribosomalar tufauli kelib chiqadi, chunki "kodlangan" tegishli axborot muayyan tarkibga ega bo'lgan oqsillar sintezi uchun matrisa bo'lib xizmat qiladi (10.3.-rasm).
Ribosomalar tomonidan sintezlangan oqsillar endoplazmatik to'rga o'tadi va hujayraning turli qismlariga tarqaladi.
Mikronaychalar - elektron mikroskopning kashf etilishi sitoplazmaning ko'p xususiyatlarini, organella va boshqalarni o'rganishga asos bo'ldi. SHular qatorida muhim hujayra sitoplazmasini ichki harakatida muhim organoidlardan xisoblangan 3 ta fibril tolalar ko'rinishidagi tuzilmalar mikronaychalar, mikrofilamentlar va oraliq filamentlar muhim ahamiyatga ega.

Centriole

Mikronaychalar barcha eukariot hujayralarda uchraydigan silindrik organelladir. U juda yupqa, diametri 24 nm, devori 5 nm. Tarkibi tubulin oqsilini globulyar birikmasidan va uni spiralsimon joylanishidan vujudga kelgan. Uzunligi bir necha mikronga etishi mumkin. Ba'zan hujayra devoridan boshlab (Masalan: qil va tuklar) hujayrani markazigacha cho'zilgan bo'ladi. Ularni o'sishi tubulin moddasini hosil bo'lishi bilan amalga oshadi. Unda albatta boshqa moddalarni roli bor. Masalan: tukni o'sishi mikronaychalarni hosil bo'lishida xolxisin muhim rol o'unaydi. Bunda hujayra markazining ham roli bor degan nazariyalar ham mavjud. CHunki hujayra markazi kalta mikronaychalarga ega.



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə