Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə77/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
sitologiya majmua

Kerakli asbob-uskuna: mikroskop, tayyor mikropreparatlar, rasmlar, prezentasiyalar.
Plastinkasimon kompleks. 1898 yilda Kamillo Goldji orqa miya tugunining nerv hujayralarida (neyron sitoplazmasida) aniqlab, uni Goldjining to r apparati deb nomlanadi. Elektron mikroskop yordamida plastinkasimon kompleks chuqur o'rganilib, uning 3 xil komponentdan tashkil topganligi aniqlandi.
Bularga: 1. Yassi sisternalar sistemasi - silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko'pincha 5-8 ta bo'lib bir-biriga yaqin yotadi.

    1. Mayda mikropufakchalar - sisternalar oxirida joylashib, diametri 30-50 nm. gacha bo'ladi.

    2. Yirik vakuolalar - ko'pincha yassi sisterna bog'lamalarining o'rta qismida joylashib 0,2-0,8 mkm bo'ladi.

Goldji kompleksi faoliyati sekresiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bez hujayralarida (me'da osti bezi) oqsil granulalarni hosil qilishda va tezlashtirishda muhim rol o'ynaydi. Oxirgi paytlarda Goldji kompleksining glikoproteidlar sintezida, yog'larni so'rilishida ishtirok etishi ham aniqlangan.
Golji apparatini tuzilishini tayyor preparatlardan yoki prezentasiyadagi rasmlardan rasmini chizib oling?
Lizosoma va uning turlari.
Lizosomalar bir membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida 1955 yilda belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan topilgan bo'lib, ularni o'rgangani uchun olim Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Kalamush jigaridan olingan fraksiyalarni o'rganish mobaynidaolim ularning ba'zilari turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega bo'lgan gidrolitik fermentlarga ega ekanligini aytgan. Bu fermentlar maxsus sitoplazmatik tanachalar lizosomalar ekanligi va ularning fermentlari faqatgina lizosoma membranasi shikastlanganda yoki lizosomalarning o'zi boshqa bir vakuola bilan qo'shilganda faollashadi.
Lizosomalarning membranasi polisaxaridlardan tuzilgan. Lizosomalarda 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo'lib, turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega. YAngi hosil bo'lgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi, ularning fermentlari passiv bo'ladi. Lizosomalar turli organ hujayralarida jumladan buyrak hujayralarida topilgan.
127
Bu erda lizosomalar organizmga kirgan begonaoqsillarni konsentrasiyalash vazifasini bajaradi. Ya'ni, ular hujayraga pinositoz va fagositoz yo'l bilan kirgan begona moddalarni parchalash xususiyatiga ega.
Morfologik jihatdan lizosomalarning 4 tipi farqlanadi: birlamchi lizosomalar, ikkilamchi lizosomalar, autofagosomalar, telolizosomalar (qoldiq tanachalar). Bu holatni rasmlarda ko'rib chiqamiz.
Lizosomalarning morfologik tuzilishini rasmlardan va prezentasiyalardan kuzatib o'rganing va rasmlarini chizing? Lizosomalarning hosil bo'lishiga e'tibor bering?
Ovqat hazm qilish jarayonini rasmlardan diqqat bilan o'rganib chiqing? Kuzatilgan barcha jarayonlardan xulosalaringizni daftaringizga yozing?
7-AMALIY MASHGULOT.
Mavzu: Plastidalarning mikroskopik tuzilishi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə