Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə72/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
sitologiya majmua

sitoplazma

Bakteriya hujayrasining tuzilishi



Bakteriyalarning organik olamdagi ahamiyati o'ta muhim: ular tabiat sanitari, ya'ni organik moddani emiruvchi, o'simlik va hayvon organizmi uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiluvchi va ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida muntazam ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan, ko'pgina bakteriyalar ham mavjud. Ular inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yo'g'on ichakda yashovchi ayrim bakteriyalar ishtirokida odam organizmi uchun o'ta zarur vitaminlar hosil bo'ladi.
Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Ularda haqiqiu yadro va organoidlar mavjud. Bir hujayrali suv o'tlari, zamburug'lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi.
3-AMALIY MASHG'ULOT: EUKARIOT HUJAYRANING TUZILISHI
Kerakli jihozlar va reaktivlar: mikroskop, mayda asboblar, suv, pinset, skalpel, pipetka, shisha tayoqcha, preparoval nina, filtr qog'oz, J-KJ eritmasi, piyoz.
Mavzu davomida hujayraning submikroskopik qismlari to'g'risida qisqacha ma'lumotlar keltiriladi. Ularning tuzilishi joylashgan o'rni, bir-biri bilan o'zaro aloqalari o'rganiladi. Joylashgan o'rni va bajaradigan vazifasiga qarab hujayraning shakli va o'lchamlari turlicha bo'ladi. Aksariyat hollarda u ko'p qirrali bo'ladi. Erkin holatda esa sharsimon, yulduzsimon, silindrsimon shakllarda bo'ladi. Tashqi ko'rinishiga qarab ularni 2 guruhga: parenxima va prozenxima hujayralariga ajratish mumkin. Parenxima hujayralarining bo'ui eniga teng yoki 2-3 marta uzun, prozenxima hujayralarida esa u bir necha marta uzun bo'ladi. YUksak o'simliklar hujayrasining uzunligi o'rtacha 10-100 mkm bo'ladi. Lekin ayrim o'simliklar, masalan, tarvuz, limon va kartoshkada ular bir necha mm gacha etadi va oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Boshqa o'simliklarda bundan ham yirik bo'lishi mumkin. Masalan, zig'irning prozenxima hujayrasi 40 mm, chayon o'tniki 80 mm gacha etadi. Bir vaqtning o'zida ayrim bakteriyalarning hujayrasi shunchalik kichikki (atigi 0,5-5mkm), ular yorug'lik mikroskoplarida arang ko'rinadi.



4.1.-rasm. Hayvon va o'simlik hujayrasi.


Hujayra qobig'ining tuzilishini o'rganishda piyozning yupqa po'sti (epidermisi) eng yaxshi va qulay ob'ekt hisoblanadi.
Piyozbosh shakli o'zgargan novda bo'lib, juda kalta poyadan va bir necha qalin etli (zapas oziq moddalar to'plangan barglardan) qobiqlarldan tashkil topgan. Etli barglarning har ikki tomoni yupqa parda - epidermis bilan qoplangan. Quuida epidermis Hujayralaridan mikropreparatlar tayyorlash usuli bayon etiladi.
1-ish. Ulotriks, spirogira va boshqa suvo'tlari hujayra tuzilishini
o'rganish.
Asbob va reaktivlar hamda ob'ekt: mikroskop, mayda asboblar, suv, pinset, skalpel, pipetka, shisha tayoqcha, preparoval nina, filtr qog'oz, J-KJeritmasi, tirik suvo'tlari ulotriks, spirogira va boshqa bir Hujayrali kon'yugatlar (suvli bankada loyi bilan).
Ulotriks, asosan tez oqar suvlardagi tosh yoki boshqa jismlarga yopishgan holda uchraydi. Uning shoxlanmagan oddiy ipi bir-biriga o'xshash qalin po'stli hujayralardan iborat. Xromotoforining tuzilishi o'ziga xos bo'lmb, ikki cheti bir tekis qaurilgan plastinkasimon halqani hosil qiladi. Tallomi ko'p hujayrali bo'lib, har hujayrada bittadan hujayra mag'zi bo'ladi. Xromotoforida bir necha pirenoidlarni kuzatish mumkin. U substratga ponasimon, ragsiz-rizoidlar vositasida yopishadi.
Kon'yugasimonlar sinfi vakillari bir Hujayrali klosterium va ko'p Hujayrali spirogira oddiy insimon suvo'tlardir. Ular asosan chuchuk suv, to'xtab qolgan suvlarda uchraydi. Lentasimon spiral shaklda joylashgan xromotoforasi bilan boshqa vakillardan farqlash mumkin (9-rasm).



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə