O'zbekiston respublikasi parlamenti va undagi islohotlar Reja


Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari quyidagi 13 ta qo‘mita ham faoliyat ko‘rsatdi



Yüklə 233,5 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü233,5 Kb.
#157825
1   2   3   4
O\'zbekiston respublikasi parlamenti va undagi islohotlar

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari quyidagi 13 ta qo‘mita ham faoliyat ko‘rsatdi:
- Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi;
- Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qo‘mitasi;
- Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi;
- Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasi;
- Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi;
- Matbuot va axborot qo‘mitasi;
- Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi;
- Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi;
- Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi;
- Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi;
- Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi;
- Yoshlar ishlari qo‘mitasi;
- Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.
Parlamentda, shuningdek 3 ta doimiy komissiya ishlagan: Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi; Oila va ayollar muammolari komissiyasi; Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Mazkur bosqichda qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‘nalishiga aylandi. 1995-2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritdi, 130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini, fuqarolar tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, jamiyatda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot yo‘lidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlarda, boshqa qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan normalar yanada rivojlantirildi.
Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko‘rib chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi. Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi. Ikkinchidan, qonun ijodkorligi ishi borgan sari tarmoq tusini kasb etib, ayrim sohalardagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga intildi. Uchinchidan, bir necha qo‘mita va komissiyalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib bordi.

Yüklə 233,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə