O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
Keltirilgan xarajatlar usulidan
foydalangan holda ham eng samarali 
loyihani aniqlash mumkin. “Keltirilgan xarajatlar” deganda jahon tajribasida 
investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti yoki foiz stavkasi 
darajasi yordamida yagona yillik hajmga keltirilgan bir qismigina tushuniladi. 
Bu shu bilan bog‘liqki, investitsiyalar katta hajm, mablag‘ kiritish uchun 
cheklangan vaqt, o‘zini qoplash muddatining uzunligi bilan tavislanishiga 
bog‘liq, ishlab chiqarish xarajatlari esa odatda yillik bo‘ladi. Bozor 
iqtisodiyotida har bir korxona r foiz stavkasi darajasida En normativini yoki Rn 
investitsiyalar rentabelligi normativini belgilaydi. Bundan kelib chiqqan holda, 
keltirilgan xarajatlar quyidagi nisbatlardan kelib chiqadi: 
Sp = S + rxK = min, Sp = S + Rn x K = min yoki Sp = S + EnxK (5) 
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая 
культура”, 2000, 43 c.


40 
bu yerda S – yillik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari; K – 
investitsiyalar; En = 0.1 – iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti. U 
taqqoslanayotgan loyihalarda investitsiya kiritish uchun birinchi va ikkinchi 
loyihalarning yillik xarajatlari nisbati sifatida aniqlanadi (3-jadval). 
3-jadval
Investitsiya loyihalarining asosiy ko‘rsatkichlari
1
(ming so‘m) 
Loyihalar Investitsiyalar 1dona mahsulotni 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari
Yillik ishlab 
chiqarish 
hajmi, ming 
dona 
Kelitirilgan xarajatlar 
Birinchi 
500000.0 
0.15 
1000 
(0.15x1000)Q 0.1x500000 q 
50.150 
Ikkinchi 
450000.0 
0.16 
2000 
(0.16x2000) Q 0.1x 450000 

45 320 
Demak, ikkinchi loyiha samaraliroq hisoblanadi. 
Shu tariqa, loyiha samaradorligini aniqlash usullaridan foydalanish yo‘li 
bilan lizing kompaniyalari eng samarali loyihalarni tanlab oladilar. Bunda lizing 
kompaniyasi zarurat tug‘ilganda ekspertizaning har bir bosqichida malakali 
maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing 
kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosaga keladi. O‘z navbatida 
lizing oluvchi lizing kompaniyasiga murojaat qilishdan avval uning loyihasidan 
foydalanishga tarafdor va qarshi bo‘lgan barcha holatlarni o‘rganib chiqishi 
lozim. Masalan, asbob-uskunalar narxi, undan samarali foydalanish imkoniyati, 
buzilish xavfi, loyihaning likvidligi. Agar lizing va kredit (yoki 
moliyalashtirishning boshqa usullari) variantlari o‘rtasida taxminiy paritet 
kuzatiladigan bo‘lsa, u holda lizing loyihasini batafsil ishlab chiqish mumkin 
bo‘ladi.
Lizing oluvchining kredit layoqatini, ya’ni lizing to‘lovlarini lizing 
shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarga mos ravishda o‘z vaqtida to‘lash 
layoqatini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan 
bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая 
культура”, 2000, 45б.


41 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə