O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Kiritilgan kapital daromadi
balans bo‘yicha foyda (zarar) miqdorining 
jami passiv miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich lizing 
oluvchining asosiy va aylanma vositalardan foydalanish samarasini tavsiflaydi 
hamda tarmoq yoki mintaqaning boshqa korxonalari ko‘rsatkichlari bilan 
solishtiriladi. 
Shuningdek, lizing oluvchining o‘tgan davrdagi faoliyatini baholash va 
uning istiqbollarini aniqlash uchun foydalilik ko‘rsatkichlari “Sotilgan mahsulot 
hajmida foydaning ulushi”, “Aylanma vositalarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi 
foyda”
 
ni qo‘llash tavsiya etiladi. 
“Likvidlik”, “asosiy va aylanma kapitallarning aylanuvchanligi”, “jalb 
qilinuvchi vositalardan samarali foydalanish” ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun 
balans moddalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash lozim: 
korxonaning o‘z mablag‘lari, joriy aktivlar, likvidli aktivlar, tez sotiluvchi 
aktivlar, joriy majburiyatlar. 
Likvidlik balans aktivi va passivi bo‘yicha mablag‘larni taqqoslash yo‘li 
bilan aniqlanadi. Bunda balansning aktiv qismida lizing oluvchining pul 
mablag‘lari hisobiga tezroq joylashtirish muddatlari bo‘yicha taqsimlangan 
aylanma vositalarga (asosiy fondlarga) joylashtirilgan mablag‘lari, passiv 
qismida esa to‘lanishi lozim bo‘lgan muddatlar bo‘yicha joylashtirilgan 
mablag‘lar aks ettirilishi lozim. Balans likvidligi tahlili qarzlarning qaysi qismi 
ishlab chiqarish jarayonini buzmasdan tezda to‘lanishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
Likvidlik koeffitsiyenti
tez sotiluvchi aktivlarning joriy majburiyatlarga 
(qarzlarga) nisbati sifatida hisoblanadi. Bu koeffitsiyent darajasi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, qarzdor shunchalik ishonchli bo‘ladi. 
Balansni qoplash (to‘lov layoqati) koeffitsiyenti
korxonaning o‘z 
majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan barcha aktivlarni sotish yo‘li bilan 
hisob-kitob qilish istiqbollarini tavsiflaydi. U joriy aktivlarning joriy 
majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Balansni qoplash va likvidlik 
koeffitsiyentlarini tahlil qilishda lizing oluvchining zaxiralari va debitorlik 
qarzlarini ham hisobga olish zarur. Baholashda debitorlik qarzlaridan 
foydalanishda 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə