O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

O‘zini qoplash usuli
eng oddiy usul bo‘lib, dastlabki ma’lumotlar 
sifatida In boshlang‘ich investitsiyalarni qoplash zarur bo‘lgan yillar, yillik 
daromad va RS xarajatlar o‘rtasidagi farqni aniqlash yo‘li bilan hisoblanuvchi 
1
Лещенко М.И. Основы лизинга – М.: Финансы и статистика, 2001, 235б.


38 
VK har yillik badal hajmi olinadi. O‘zini qoplash davri quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi: 
Tok + In / Dp – Rs (1) 
Mazkur usulning afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligi, boshlang‘ich 
kapital qo‘yilmalarining aniqligi, loyihalarni o‘zini qoplash muddatiga qarab 
taqsimlash imkoniyatining mavjudligidir. Bir xil hajmdagi investitsiyalarga 
o‘zini qoplash muddatidan qat’iy nazar bir xil baho belgilanishi (ya’ni bir yildan 
so‘ng olingan 5 ming so‘m besh yildan so‘ng olingan 5 ming so‘m bilan bir 
baholanadi) bu usulning kamchiligi hisoblanadi. 
O‘rtacha qaytish darajasi usuli
kiritilgan kapital va amortizatsiyani 
hisobga oladi. Mazkur usulning afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligi, 
amortizatsiya hisobi va muqobil loyihalarni taqqoslash imkoniyatidan iborat. 
Usulning kamchiligi turli davrlarda investitsiya va daromadlar darajasidagi 
o‘zgarishlarga e’tibor qaratilmasligidadir, chunki u o‘rtacha bajarish darajasiga 
asoslangan. Shuningdek, bu usul keyinroq olingan pul daromadlari ilgari olingan 
daromadlar qiymatiga ega emasligiga ham e’tibor qaratmaydi, ya’ni birinchi yili 
olingan 5 ming so‘m besh yildan keyin ham xuddi o‘sha qiymatga ega 
hisoblanadi. Foydalilik quyidagicha aniqlanadi:
P+Vg/A (2) 
Kiritilgan kapitalning o‘zini qoplash muddati Tok o‘rtacha qaytish 
kattaligi quyidagicha aniqlanadi:
Vot + K/Tok (3) 
Mablag‘larni diskontlash usuli (DSG usuli
). Mazkur usulning bir necha 
xil variantlari mavjud. Ularning barchasi kelajakda olinadigan (yoki 
sarflanadigan) pullar hozirgi paytga qaraganda kamroq qiymatga ega bo‘ladi deb 
hisoblashga asoslanadi. Kelgusidagi pul tushumlarining diskontlangan qiymatini 
quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 
R + S x 1/ (1+ r)
n
(4) 
Bu yerda R – diskontlangan qiymat; S – n-yil oxirida olingan kattalik;
r - % stavkasi; n – xarajat va natijalari hisob-kitob yilida keltirilayotgan 
yil.; maxraj 1/(1+r)
n
– diskontlangan qiymat omili (diskontlash koeffitsiyenti). 
Masalan, lizing kompaniyasi 500 ming so‘mli loyihaga boshlang‘ich 
investitsiyalarni kiritadi. Uch yil mobaynida yillik pul oqimi 200 ming so‘mni, 
foiz stavkasi (r) esa 25 %ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, loyihani 
amalga oshirish yillari bo‘yicha sof joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyenti 
mos ravishda quyidagilarga teng bo‘ladi (2-jadval). 


39 
2-jadval
Yillik sof joriy qiymatini hisoblash
1
Yil 
Diskontlash koeffitsiyenti 
Yillik sof joriy qiymat 
1 yil 
1/(1+0.25) = 0.800 
R=200x0.800=160.00 
2 yil 
1/(1+0.25) = 0.640 
R=200x0.640=128.00 
3 yil 
1/(1+0.25) = 0.512 
R=200x0.512=102.40 
Jami 
390.40 
Mazkur loyihani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida 
qaror qabul qilish uchun boshlang‘ich investitsiyalar va sof joriy qiymat 
o‘rtasidagi farqni aniqlash kerak bo‘lib, u quyidagiga teng: 390.40 – 500 = 109.9
Bundan kelib chiqadiki, ko‘rib chiqilayotgan loyiha rentabelli emas, 
chunki bunda olinadigan daromadlar boshlang‘ich investitsiyalardan kam. 
Investitsion loyihalarini baholashda inflyatsiyani hisobga olish zarur. Buning 
uchun hisob-kitoblarni biroz modifikasiyalash, ya’ni diskontlangan qiymat 
formulasiga inflyatsiya darajasini kiritish lozim. Shunda kelajakda kelib 
tushadigan pullarning diskontlangan qiymati quyidagi formula asosida 
aniqlanadi: 
R= Sx 1/ (1+r+ h)
n
, bu yerda h –inflyatsiya darajasi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə