59
xizmatlar bozori
jadal rivojlaninishi tufayli,
yangi shakldagi moliyaviy
kreditlash va past foizli stavkalar taklifi ko‘paydi. Ushbu xolat lizing faoliyatini
soliqqa tortishning har tomonlama qulayligi bilan birgalikda lizing kelishuvlarini
rivojlantirdi. 2002 - yilda jahon iqtisodiyoti
pasayishiga qaramay,
Yevropa
lizing kompaniyalari tomonidan lizing orqali 200 mlrd. yevro mablag‘
investitsiya qilindi. Bu esa 2001 - yilga nisbatan 3,4 %ga ko‘p edi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 1994 va 2002 - yillar oralig‘ida
lizing sektori
yaxshi rivojlanib, har yiliga 11 %dan o‘sishi kuzatildi. Agarda lizing faoliyatini
jug‘rofiy jihatdan taqsimlanishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
Yevropadagi
umumiy moliyalashtirish hajmining 72 %i to‘rtta
mamlakat - Fransiya,
Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.
Yevropada lizing operatsiyalarini ikki yo‘nalishga ajratish qabul qilingan bo‘lib,
bu — ko‘chmas mulk lizinga va uskunalar lizingidir. 2002 - yilda ko‘chmas
mulk lizingi 39 mlrd. yevro miqdoridagi hajmda bo‘lib (bu 2001 - yilga nisbatan
18 %ga ko‘proq), shu davrdagi uskunalar lizingi hajmi o‘zgarmagan holda 160
mlrd. yevroni tashkil etdi (2001 - yilga nisbatan 0,45 %ga o‘sgan).
1
Germaniyada
hozirgi kunda ko‘plab lizing kompaniyalari mavjud bo‘lib,
Lizing uyushmasi tashkil etilgan va unga 57 ta nemis lizing kompaniyalari a’zo
bo‘lgan. Eng katta kompaniyalardan "Mitfinans Gmbx" va "Gefa-lizing Gmbx"
yirik kompaniyalar hsoblanadi.
Dostları ilə paylaş: