O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ro’yxatga olindi: “tasdiqlayman”


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 269 Kb.
səhifə3/11
tarix12.09.2023
ölçüsü269 Kb.
#121689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ишчи дастур 301 ХФХ Лотинча

1.1. O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Fan o’qitilishining maqsadi – bo’lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqausdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohatolganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini o’rgatishdan iborat.
O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikasiyalash va ularni o’rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarinikamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora- tadbirlarni o’rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofat, avariyava halokatlardan himoyalanish usullariga o’rgatish, zararlangan shikastlanish o’choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklovishlarini o’tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko’rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish vaboshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko’nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.


1.2. Talabalarning fan bo’yicha bilimi, ko’nikma va
malakasiga qo’yiladigan talablar
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib «Hayot faoliyati xavfsizligi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to’g’risida;
- o’z bo’lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to’g’risida;
- xavf-xatarlarni identifikasiyalash;
- xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;
- faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalash;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi.
- hayot-faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;
- faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda mansabdor shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini;
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;
-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigiyenik me’yorlarini tashkil etishni bilishi kerak.
- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;
-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko’rsatganda va ta’mirlashda ko’riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;
- zararsiz ish sharoitini ta’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari;
-yong’in chiqish sabablari, ular oldini olish va o’chirishning tashkiliy va texnik vositalari;
- favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi kerak.
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.
-turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsata olish;
- texnika, elektr va yong’in xavfsizligi talab va me’yorlarini tez va qatiylik bilan bajarish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Qo’yilgan vazifalar o’qish jarayonida talabalarning ma’ruza, amaliy mashg’ulot va seminarlarda faol ishtiroki hamda o’qituvchi kuzatuvida mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshiriladi.

1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro



Yüklə 269 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə