O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ro’yxatga olindi: “tasdiqlayman”


Kelishildi Institut o’quv bo’limi boshlig’i Xodjabekov M. 1.Fanning oliy ta’limdagi o’rni va maqsadi



Yüklə 269 Kb.
səhifə2/11
tarix12.09.2023
ölçüsü269 Kb.
#121689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ишчи дастур 301 ХФХ Лотинча

Kelishildi
Institut o’quv bo’limi boshlig’i Xodjabekov M.
1.Fanning oliy ta’limdagi o’rni va maqsadi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda „Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o’rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro’y berishi, insoniyat tomonidan qo’llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko’plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o’rin olgan.
Aynan shu muammolarning yechimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o’rganadi.
Dasturni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4.03.1996 yildagi “O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni, adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo’riqnoma”si, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashgaoid yo’riqnomani o’quv jarayoniga tatbiq etish to’g’risida”gi 318- son buyrug’i asos qilib olindi.

Yüklə 269 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə