Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari annotatsiya



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə1/5
tarix23.04.2023
ölçüsü35,08 Kb.
#106737
  1   2   3   4   5
umumta\'kim maktab


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari xususida fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan. Shuningdek, musiqa darslarni pedagoglar tomonidan tashkil etish metodlari, usullari va zamonaviy interaktiv o‘qitish haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Ilmiy tadqiqotda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda uning natijalari, mavzu dolzarbliligiga oid takliflar yoritilgan. Kalit so‘zlar: musiqa san’ati, dars metodi, pedagog, zamonaviy usullar, maktab o‘quvchilari, milliy san’at, intereaktiv o‘qitish
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ МУЗЫКИ В ВУЗАХ
Аннотация: В данной статье высказываются мнения о современных методах преподавания уроков музыки в общеобразовательных школах. Также представлена ​​подробная информация о методах и методах организации уроков музыки педагогами и современного интерактивного обучения. В научном исследовании освещаются проведенные в сфере реформы и их результаты, предложения, связанные с актуальностью темы. Ключевые слова: музыкальное искусство, метод обучения, педагог, современные методы, школьники, национальное искусство, интерактивное обучение.
MODERN METHODS OF TEACHING MUSIC LESSONS IN HIGH SCHOOLS
Abstract: In this article, opinions are expressed about modern methods of teaching music lessons in secondary schools. Also, detailed information about methods and methods of organizing music lessons by pedagogues and modern interactive teaching is provided. In the scientific research, the reforms implemented in the field and its results, proposals related to the relevance of the topic are highlighted. Key words: musical art, teaching method, pedagogue, modern methods, schoolchildren, national art, interactive teaching
KIRISH.
Bugungi kunda musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o'quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish asosida o'qitish samaradorligini oshirish davr talabi sifatida barcha pedagog o'qituvchilar qatorida musiqa o'qituvchisining ham zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.Har qanday fanni, shu jumladan musiqa madaniyati darslarini o'qitish jarayonida ham faollashtirilgan, o'quvchilarni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fikrlovchi, mushohada qiluvchi,o'z fikrlarini bildira oluvchi shaxs sifatida namoyon qilishi 9 uchun imkoniyat yaratuvchi-bu o'qituvchidir. O'qituvchi o'zi va o'quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo'lgan o'qitish usullari, yo'llari, shakllari, vositalari bilan birgalikda ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg'or pedagogik texnologiyalar yordamida o'quv jarayonisamaradorligini oshirishga harakat qiladi. Shu boisdan ham innovatsion pedagogik texnologiya, ta'lim texnologiyalariga o'quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda. Interaktiv usullar orqali o'qitish va muloqotli ta'lim berish, standart o'qitishning resursi bo'lib hisoblanadi. Kichik guruhlarda o'qitish va ishlash usulini qo'llash natijasida o'qitish jarayonini jaddalashtirish mumkin, ya'ni rivojlanish potensialini yuqori darajaga ko'tarish, mashg'ulot mazmunini chuqur va keng miqyosida o'zlashtirishga sharoit yaratadi. Faol o'qitish usullardan hammasi xam interaktiv usullariga kirmaydi. Interaktiv o'qitish usullari deganimizda, avvalo, o'quvchilar orasida mavzuni o'rganish va o'zlashtirish usuli o'zaro muloqot va o'qitish jarayonini psixologik mexanizm nuqtasidan kuchaytiradiganlarni tushunish zarur. Bular orasida birinchi navbatda kichik guruhlarda ishlash misol bo'ladi. Kichik guruhlarda ishlash usullarini bugungi kunda o'qitish jarayonida kam qo'llanilishining sabablari ko'p bo'lib, ular orasida eski rusumli, ya'ni tushuntirish, demonstratsion va illustrasiya qilish usullari ustin bo'lib saqlanishi va yangi, innovatsion, muloqotga asoslangan o'qitish usullariga ishonch bo'lmaganligi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashkari, interaktiv o'qitish usullarini o'qituvchilarning o'zlari ham bilmasligi, metodik tayyorgarlik yetishmovchiligi bu usullarning keng tarqamasligining sababi bo'ladi.

Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə