Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari annotatsiya


-jadval 1-jadval. Ta'lim jarayonida o'quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə4/5
tarix23.04.2023
ölçüsü35,08 Kb.
#106737
1   2   3   4   5
umumta\'kim maktab

1-jadval

1-jadval. Ta'lim jarayonida o'quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar
Mavzu mazmunidagi amaliy mashg'ulotlar jarayonida nota yozuvi, oddiy kuylar tuzilishi misolida o'rganiladi, notaga qarab kuylashning dastlabki malakalari hosil etiladi. Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan o'rni muhim bo'lib, musiqiy ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini to'liq anglab mashg'ulotlarni samarali tashkil etish, o'qituvchining dolzarb vazifalaridandir. Musiqa pedagogikasi, uslubiy va moddiy ta'minot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional ta'sir, ruhiy ta'sir, ta'lim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning o'zgarmas va o'zgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash. Musiqa madaniyati o'quv predmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o'quv fani umumiy ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari, jumladan adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'lanadi. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topadi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi. Musiqa ta'limidan davlat ta'lim standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quvchilarning musiqiy-yestetik rivojlanishlari uchun o'qituvchi o'zining ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o'tilishini ta'minlashi lozim. Zero, dars o'qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt o'qituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi. Musiqa madaniyati darsi - maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqiy to'garaklar, fakultativ mashg'ulotlar ham amaliyotda bo'lsada, dars hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini o'z ichiga oladi. Bular - ommaviy jamoaviy aytim, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholg'u asboblarida chalish faoliyatidir. Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o'zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda ko'proq ijodiy zavq, emotsional tuyg'ular va obrazli kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zero, "Musiqa tarbiyasisiz bolalarga aqliy tarbiyani etarli darajada bajarib bo'lmaydi". Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmunidir. Musiqa darslari quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, u muciqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan-xor mashg'ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg'u asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Shuning uchun u aralash dars tipiga kiradi. Ikkinchidan, musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, "tili" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot, badiiy so'z , tasviriy san'at ranglar va grafik chiziqlar, raqs, badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy san'at va haykaltaroshlik asarlarini ko'rish orqali, badiiy adabiyotni o'qish va eshitish vositasida, kino va teatrni ko'rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz. Buning uchun hatto ko'zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqa ijrochilarining yetishib chiqishlari bejiz emas. "Faqat musiqiy quloqgina musiqaviy hissiyotni uyg'ota oladi". Musiqa aniq vaqt o'lchovi bilan bog'layotgan san'atdir. Ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini ilib olib tinglamasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni ham bir qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz. Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg'ularni so'z bilan ifodalash qiyin. "Qachonki so'z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi" Uchinchidan, musiqa bolalarga faol estetik ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg'otadi. Yahshi, mazmunli, qiziqarli muciqa darsid an bolalar quvnoq, xursand bo'lib, xordiq chiqaradilar. Demak, agar musiqa darsi oxirgi darsda qo'yilgan bo'lganda ham, bolalar hordiq chiqarib, charchoqlari tarqaladi. Musiqa darsi o'zining aralash dars tipi (tuzilmasiga ega), ifoda vositasi (tili) va aktiv psixologik ta'siri bilan farq qiladi. Demak, musiqa darslari bolalarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich o'quvchilari milliy musiqa vositasida musiqaga bo'lgan qiziqishni kuchaytiribgina qolmay, Vatanga,xalqqa,san'atga madaniyatga, o'z xalqi va o'zga xalqlar tarixiga hurmat e'tiborini oshiradi. Shu asosda mustahkam vatanparvarlik tuyg'ulari hamda o'quvchining e'tiqodi uning axloqiy-estetik fazilatlarining ijobiy shakllanishi va rivojlanishining omili hisoblanadi.Musiqa muallimiga qo'yiladigan asosiy talablar: Har bir kasb o'ziga xos xususiyatga ega. Musiqa muallimining o'z "sirlari" bor. Musiqa muallimi musiqaga muhabbat, haqiqiy musiqa tarbiyasisiz komil inson sifatida shakllantirish mumkin emasligi to'g'risidagi g'oya va tasavvurlar bilan yashaydi. Bu kasbning murakkabligi shu bilan belgilanadiki, deb ta'kidlaydi taniqli pedagog O.A.Apraksina - "o'qituvchi" va "musiqachi" tushunchalariga kiruvchi har bir elementning mustahkam o'zaro bog'liqligidadir. Bu tushunchalar har biri o'z navbatida ko'p qirralidir. Musiqa muallimi o'quv-tarbiyaviy ishlarni olib boradi, o'quvchilarning qarashlarini shakllantiradi, ularning ma'naviy ehtiyojini, didini tarbiyalaydi. Uning faqat o'z fanini biluvchi chuqur ma'lumotli kishi bo'lishi kamlik qiladi, shuningdek, o'qituvchi shaxs sifatida ham shakllangan bo'lishi kerak.

Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə