Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari annotatsiya



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə2/5
tarix23.04.2023
ölçüsü35,08 Kb.
#106737
1   2   3   4   5
umumta\'kim maktab

ADABIYOTLAR TAHLILI: O'zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta'minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda bo'layotgan o'zgarishlarga bog'liq bo'lib, bunday o'zgarishlarda faol ishtirok etish uchun kasbiy soha egalaridan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, intelektual salohiyat, keng dunyoqarash va axborot kommunikatsiyalaridan ustalik bilan foydalanish malakalariga ega bo'lishlik talab etiladi. Ana shu talablar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanib borishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri, bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz".1 Maktablardada interaktiv rejimida o'qitish jarayonini qo'llash asosiy masalalari quyidagilar bo'lib hisoblanadi:
- musiqa fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarlarning qiziqishini ko'tarish;
- o'qitish jarayonini o'qituvchi faoliyati hayot real sharoitlariga yaqinlashtirish;
- samarali kommunikatsiya usullari, ya'ni o'qituvchi-o'quvchi va o'zaro, muloqot ko'nikmalarini to'g'ri shakllantirish;
- yangi nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonini yangi darajaga ko'tarish;
- ta'lim olish jarayoniga o'quvchilarning ma'suliyatini oshirish. 2
Interaktiv usullarni qo'llashda o'quvchi sinfda dars jarayonini o'zlashtirish asosiy a'zosi bo'ladi va uning fundamental bilimi o'qitish o'chog'ining asosi bo'lib hisoblanadi. O'qituvchi o'z navbatida o'quvchilarga yangi, tayyor bilim bermaydi, aksariyat o'quvchilar orasida mustaqil ravishda izlanish va fikrlash jarayonini rivojlantirish orqali o'zlashtirishni oshiradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI. A'nanaviy o'qitish usullardan interaktiv usullarning farqi - o'qituvchi va o'quvchi orasidagi to'qnashish jarayonini o'zgartiradi: o'quvchi faolligi o'qituvchining faolligidan ustunlashadi, o'z navbatida o'qituvchining asosiy maqsadi bo'lib, o'quvchilarning initsiativ fikrlash jarayoniga yuqori darajali sharoit yaratib berish bo'ladi. O'qituvchi asosan dars jarayonini tashkillashtirish umumiy masalalari, oldindan tayyorlangan kerak bo'lgan topshiriqlarni tayyorlash, o'quvchilar orasida muloqot uchun savol va mavzularni shakllantirish, konsultatsiya berish, vaqt meyyorini va reja boskichlarini amalga oshirish jarayonini nazorat kiladi. 3
Interaktiv usullar:
- o'quvchilarda qiziqishni oshiradi;
- bir vaqtni o'zida gurux barcha o'quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qiladi;
- har bir o'qish materiallarini qo'llash natijasini oshiradi;
- o'quv dasturini o'zlashtirish jarayonini faol o'zlashtirish samaradorligini oshiradi;
- qaytarma bog'liqligini ta'minlaydi;
- o'quvchilar orasida mustaqil fikr va bilimiga nisbatini shakllantiradi va oshiradi;
- amaliy ko'nikmalarni jadallashtiradi;
- shaxslararo muloqot ko'nikmalarini yaxshilaydi;
- xulq-atvorini o'zgarishiga olib keladi.
Qo'shiqlarni o'rganishda interaktiv usullardan foydalanish Insonning yoshiga xos umumiy xususiyatlarini o'rganish bilan psixologiyaning maxsus sohasi - yosh psixologiyasi shug'ullanadi. Eng umumiy ko'rinishida maktab yoshi, o'smirlik va ijtimoiy yetuklik davri kabi yosh bosqichlari ajratiladi. Shu asosda quyidagi yosh davrlarini va ularga muvofiq ta'lim-tarbiya muassasalarini ko'rsatish mumkin: Shaxsning musiqiy rivojlanishi, tarbiyasi va shakillanishi musiqiy pedagogikasining umumiy asoslari bo'limi bosh mavzulari xisoblanadi. Insonning musiqiy rivojlanishi uning musiqiy qobiliyatlari va musiqa madaniyatining bir butun tashkil topishi va shakillanishi jarayoni sifatida namoyon bo'ladi. Musiqiy rivojlanish bu shaxs musiqa madaniyatining jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishdagi tug'ma va o'zlashtirilgan, miqdor va sifat o'zgarishlarining xar tomonlama takomillashuvi. Inson o'zining musiqiy rivojlanishida qator yosh bosqichlardan o'tadi. 4 "Interfaol usullar" haqida Interfaol usuli hamkorlikda faoliyat olib borish ma'nosini anglatadi.
• "Doira" usuli
• "Akvarium" usuli
• "Muzyorar" usuli
• "Mozaika"
• "Tarmoqlar" (Klaster)
• "Suratli diktant"
• "Zanjir"
• "Enerjayzerlar"
Ularni dars mashg'ulotlari jarayonlarida qo'llashni sizga tavsiya etamiz. 5
"Doira " usuli
Bunda o'quvchilar doira shaklida o'tirib, turli Mashqlarni bajaradilar. Bu usulning o'quvchilarni qator qilib o'tkazish usulidan qulay tomoni shundaki, hech bir o'quvchi o'zini ajratilganligini, ya'ni kimdir orqada, kimdir oldinda ekanligini 16 sezmaydi. Har bir o'quvchi tarbiyachi nazari va e'tiboridan chetlanib qolmaydi. Hamma o'zini "teng" his qiladi.
"Akvarium " usuli
Bu usulda bir nechta o'quvchi doira ichida turli vazifalarni bajarishadi. O'rtadagi bu o'quvchilar "Akvaruim" ichidagi baliqchalar kabidir. Ularning har bir harakati doira atrofida o'tirgan o'quvchilar tomonidan Aniq kuzatib boriladi.
"Muzyorarlar" usuli
Maqsad: Ishtirokchilarni o'zaro tanishuvlari uchun erkin muhitni yaratish. "Muzyorarlar" boshqacha tanishuvlar deb ataladi. Bu mashg'ulot qisqacha qilib aytganda, o'quvchilarning o'zlarini tutishlariga, bir-birlari bilan tanishishiga va guruhda o'zaro ishonch muhitini yaratishga ko'maklashadi. Ularni ishtirok etishga va o'zaro qo'llab-quvvatlashga dav'at etadi. Ta'lim jarayonida biz bunday mashqlarning yangi turlarini yaratishimiz mumkin. Musiqa mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi bu ta'limning kompetensiyaviy yondashuviga asoslangan davr talablaridir. 6

Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə