Umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari annotatsiya



Yüklə 35,08 Kb.
səhifə3/5
tarix23.04.2023
ölçüsü35,08 Kb.
#106737
1   2   3   4   5
umumta\'kim maktab

TAHLILLAR VA NATIJALAR. Musiqa darslarini rejalashtirar ekan, pedagog o'quvchilarning o'rgatiladigan repertuar va faoliyat turlarini ketma - ketligini to'g'ri tuzishi kerak. Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg'ulotini qiziqarli va o'quvchilar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko'rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur darsni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:
- mashg'ulot bayoni, yangi qo'shiq, foydalaniladigan cholg'u asboblari uchun tayyorlangan ko'rgazmalar;
- qismlarni bir-biriga uzviy bog'lay olish;
- o'quvchilarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda sodda va past ohangda muloqatda bo'lish;
- texnika vositalaridan foydalana olish; - musiqiy ta'limiy va didaktik o'yinlar yordamida o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab borish; Darsni rejalashtirishda quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
- Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;
- Ovoz diapozonini kengaytirish mashqlarida musiqali zinacha ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalanish;
- Qo'shiq kuylaganda rasmlarga qarab qo'shiq nomini topish;
- Laparlar va raqslarni ijro etganda atributlar (gullar, lentalar, v.b.) foydalanish;
- Bolalarni ijodiy kobiliyatini rivojlantirishda musiqali harakatli va obrazli o'yinlarni o'rgatilganda shu o'yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o'rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni mustaqil harakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o'rin egallaydi. 7 Hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, o'z kasbiga cheksiz sadoqat, ilg'or pedagogik tafakkur egasi bo'lmog'i lozim. U o'zining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega bo'lishi shart.8 U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa o'qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi bo'lmog'i darkor. Ayniqsa, musiqa o'qituvchisi ixtisosida zarur me'yorda cholg'uchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo'lmog'i lozim. U milliy musiqa hamda o'zbek adabiy tilini mukammal bilmog'i, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif bo'lishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi bo'lishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik ta'sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo'lmog'i lozim.
XULOSALAR. Musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilg'or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo'lib, musiqa o'qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog'i lozim. U musiqa ta'lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog'lab, boyitib olib borishi darkor. Boshlang'ich maktab (1- 4-sinflar). Boshlang'ich maktabda o'quvchi musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Musiqani tinglash, qo'shiq aytish, raqs tushish, oddiy cholg'ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka ko'nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o'quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uyg'otadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega bo'ladilar(1-jadval):

Yüklə 35,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə