O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix30.06.2022
ölçüsü265,43 Kb.
#90267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
EPILEPSIYA

epilepsiyaG40-47.
O’z ichiga oladi: 
G40 – Epilepsiya (MKB 10 -5-bob”Nerv tizimi kasalligi”); 
G41- Epileptik status(MKB 10 -6-bob) 
F02-F07-Epilepsiyada psixik buzilish(MKB 10 -5-bob”Psixik va xatti-harakat 
buzilishlari”); 
F80.3-Landau-Kleffner sindromi(MKB 10 -5-bob). 
Epilepsiya bilan kasallanishning o’rtacha darajasi dunyoning turli mamlakatlari 
bo’yicha aniqlangan hisob – kitoblarga ko’ra aholi soniga nisbatdan har 1000 kishiga 5 
holat to’g’ri keladi, umumiy bolalarga nisbatdan esa qachondir talvasaga tushgan, 
tutqanoq tutgan bolalar tahminan 4 marta ko’pdir (Kreyndler). Bu kasallikning 
boshlanishining 70-80 foizi bolalik va o’smirlik yoshiga to’g’ri keladi. Bolalikda paydo 
bo’lgan epilepsiya kattalarda uchraydigan, epilepsiya kasalligining kelib chikishiga asos 
bo’ladi. Kattalarda uchraydigan epilepsiyaning oldini olish bolalarda uchraydigan 
epilepsiya kasalligining oldini olish va proffilaktik ishlarni olib borishdan boshlanadi. 
Bolalikda uchraydigan epilepsiyani davolash kattalardagi epilepsiyani to’la 
yo’qotolmasa ham, har holda ma’lum darajada chastotasini kamaytiradi, umumiy ma’lum 
bo’lganidek, epilepsiyani keltirib chiqarish holatlari kattalarda kamroq bo’ladi. 
Shunday ekan, bolalardagi epilepsiya faqat tibbiyotdagina emas, balki ijtimoyi 
sohadagi muhim muomalardan hisoblanadi. 
Epilepsiya klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish darajasini aniqlash, nafaqat 
nevropatolog va psixiatr vrachlar, balki poliklinikada ishlovchi barcha vrachlar bilishlari 
kerak, chunki epilepsiya bilan kasallangan bemorlar ko’pincha uning boshlanishi 
dastlabki ko’rinishi paydo bo’lganida uchastka vrachiga murojaat qiladilar. 
Epilepsiyaning har xil ko’rinishlari masalasida turlicha fikrlar mavjud. 
Ko’plar gendan, ya’ni avloddan, yoki essentsial epilepsiya, bunga tashqi holatning 
ta’siri bo’lmasa ham rivojlanadi, deyishadi. Demak, bunday ko’rinishda avloddan 
avlodga o’tishi mumkin, deb xisoblanadi. 
Shu bilan bir qatorda etiologik faktorlarga bog’liq bo’lmagan holda miya 
faoliyatining buzilishi, meningit-entsefalit asorati va shikastlanish oqibatida va boshqa 
sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. Xozirgi paytda avloddan- avlodga o’tish 
epilepsiyasi bilan simptomatik fokal epilepsiyani bir-biriga qat’iy qarama-qarshi 
quyishdagi tizim yo’qolib, ma’lum bir ko’rinish aniqlandi. 
Bu 
ko’rinish S.N.Davidenkoning ta’riflashicha: “epilepsiyaning hamma 
ko’rinishlarini bir qatorga qo’yish mumkin, bir tomonidan faqat avloddan- avlodga 
o’tishdan paydo bo’lgan holatda, ikkinchi tomonda ommaviy, aniq ko’rinishdagi 
ekzogeniy holatdagini. Epilepsiya tushunchasi alohida kasallik sifatida o’z kuchida 
qoladi, klinik aniqlashning vazifasi esa generalizovan epileptsiyani fokal epilepsiyadan 
qat’iy ajratish emas, balki epilepsiyani ozmi- ko’pmi miqdordagi boshqa kasalliklardan, 
miyaning shishishi yoki qorin bo’shlig’idagi infektsiyalar va hokozalar ham tutqanoq 
tutishiga sabab bo’lishi mumkin.” 



Epilepsiya nomi grekchadan olingan so’z bo’lib “ epilepsus” ya’ni “qamrab 
olaman”, - degani. Bu kasallikning asosiy belgisi tutqanoq tutish eski ruscha nomlanishi 
”yiqilayotgan kasallik”. 
Tutqanoq tutishi, talvasaga tushish epilepsiyaning patologik ko’rinishi bo’lsa ham , 
u birdan bir ko’rinishi emas, hatto u bu kasallikning shart yoki albatta bo’lishi lozim 
bo’lgan ko’rinishi emas. 
Epilepsiyaning klinik paydo bo’lishini, davomiyligini xarakteriga ko’ra ikki 
guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruh – ayni bir vaqtda keskin paydo bo’lib, qisqa vaqt ichida bo’ladigan 
tutqanoq, ya’ni epileptik paroksizmlar. 
Ikkinchi guruh – doimiy, ta’sirlaganda, zehn – farosat, kasalning shaxsiy 
holatlarida o’zgarish bo’lganida. 
Har bir guruhni kasallik belgilariga ko’ra alohida ko’rib chiqamiz. Hozirgi paytda 
epileptik paroksizmning umumqabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q. 

Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə