O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix30.06.2022
ölçüsü265,43 Kb.
#90267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
EPILEPSIYA

Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro 
 tasnifi (1989,Nyu-Deli)
1.
Maxsus ixtisoslashgan shakllari (o’choqli,fokal,lokal,partsial) 
Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 
Simptomatik (tanish etiologiyali va verifitsirlangan morfologik buzilishlar); 
Kriptogenli. 
2.
Epilepsiyani generallashgan shakllari 
2.1. Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 
2.2. Kriptogen va/yoki simptomatik; 
2.3. Simptomatik. 
3.Epilepsiya shakllari,aniq tasnif kerak bo’lmagan xuddi partsial yoki
generalashgan. 
4. Maxsus sindromlar. 
Xalqaro epilepsiya birlashmasida qabul qilingan Vena klassifikatsiyasini ko’pgina 
olimlar e’tiroz qiladi. Biz hisoblaymizki, Lennoks (1960) tomonidan ishlab chiqilgan 
klassifikatsiya tajribada qo’llashda eng o’ng’ay va omadlisidir.
Hamma turli ko’rinishdagi epilepsiya orasida ta’sirchan yirik tutqanoq tutish 
(grandmal). Oldindan xabar berilish belgilari. Yirik tutqanoq tutishdan oldin bir necha 
soat yoki kun oldin har xil ko’rinishda funktsional buzilish holatlari ko’rinishida oldindan 
xabar beriladi. Qon aylanish, nafas olish, uyqu, tanadagi moddalar almashuv yuqori 
bo’lishi, oshqozon buzilishi va oligouriya. 
Ayniqsa, ruhiy holatdagi o’zgarishlarda ko’rinadi: kuchli bezovtalanish yoki hech 
narsaga aralashmaslik, qaltirash kayfiyati, ta’sirlanishning kuchayishi, hayratlanish, 
eksploziv va shiddatlilik. 
Aura – epileptik yiqilishning boshlang’ich fazasi, hushdan ketish, bu haqda kasalda 
xotira qolishi mumkin va ta’riflay oladi. Bu faza juda qisqa vaqt ichida bo’ladi. Aura 
majburiy emas, lekin 60-70% holatda kuzatiladi. Auraning hamma aniq ko’rinishlarini 
birga-bir ko’rsatib o’tish imkoni yo’q.. Ba’zi kasallar qorinda paydo bo’lgan kuchlanish, 
boshqalari hech qachon his kilmagan huzur – halovat (Dostoevskiyning, “Idiot”idagi 
ko’rsatilganidek). Aura murakkab ko’z, eshitish va boshqa gallyutsianator kechinmalar, 



gavdaning tuzilishidagi asabiylashish (favqulodda engillik yoki oriqlash va hokozalarga 
ko’ra). Aura sifatida murakkab ruhiy zo’riqish holatida, ya’ni avvaldan ko’ringandan 
hayajonlanish yoki “hech qachon ko’rinmaganning takrorlanishidan tashvishlanib 
takrorlanish mumkin. Aura tutqanoq tutib yiqilish darajasida kuzatiladi, uning 
simptomlari tutqanoqning keingi bosqichlarida rivojlanmasligi mumkin. Aura epileptik 
o’choqni aniqlashda va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega. 
Auradan keyin tutqanoqning tonik fazasi keladi. U to’liq hushidan ketish, 
boshlang’ich qichqiriq, ya’ni tutqanoq tutishdan oldin havo nafas yo’lini qisqatiradi. 
Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron a’zosi sinadi yoki 
chiqadi. Bosh orqaga qayriladi , ko’z katta ochilgan, nazari harakatsiz. Gavdasi 
kuchlanishli, qo’l barmoqlari mushti tugilgan bo’ladi. Dastlabki oqarish tsianoz bilan 
almashadi. 
Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut klonik faza keladi. U 
gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas yo’lida xirillash 
va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. 
Harakatdagi kuchlanish ko’pincha chuqur va og’ir nafas olish bilan yakunlanadi. 
Tutqanoqli yiqilishdan keyin kasal odamda yana bir necha minut es-hushi tiniq 
bo’lmagan holatda bo’ladi. Ba’zi kasallar yiqilganidan so’ng o’ziga kelganidan keyin 
darhol turib o’zining ishini davom ettiradi, boshqalar esa 10-20 minut chuqur uyquga 
ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so’ng uning to’liq amneziyasi boshlanadi. 
Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez uchrab turadi. 
Uch yoshgacha bo’lgan davrida huruj xarakterlikdir, gavdaning yarmini qamrab oladi, 
tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko’rinishdagi yana bir holati, bolaning boshi 
bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o’ng yoki chap tomonga qaragan bo’ladi. 
Uch yoshdan katta bolalarda esa yirik qaltiroq kattalarda bo’ladigan hurujni 
eslatadi. Aura kattalarga qaraganda bolalarda kamroq bo’ladi. Bolalarda qaltiroq 
qichqirish bilan emas, ingranish, va hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin tonik 
faza keladi. Bu faza (odatda, uzoq davom etadi) tomirlarning intensiv tonik qisqarishi 
bilan xarakterlanadi. Bolalarda tonik fazadan klonik fazaga o’tish jarayoni aniq 
ifodalanmaydi. Klonik fazada tutqanoq tutishi generalizovan holatida va ritmik 
xarakterda, ko’pincha lokalizatsiya boshlanishi ko’rinishiga ega. Epileptik huruj bir 
necha sekundga cho’ziladi, kamdan-kam bir necha minut bo’ladi. 
Kichik tutqanoq (petit mal) katta tutqanoqqa o’xshagan tipik holatlardan ajratib 
turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir. 
Absans tutqanoq hurujining oddiyroq ko’rinishdir. U birdaniga qisqa vaqtda 
ko’rinadi (bir necha sekundgacha) va to’liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal soviydi, 
lekin yiqilmaydi, gavdani tutqanoq huruji boshlanishidan oldingi holatda tutib turadi. 
Huruj ba’zida avtomatik xususiyatda ojiz ko’rinishda (masalan, kasal barmoqlarini 
harakatga keltiradi va labini qimirlatadi). 
Absans huruji qanday tez boshlangan bo’lsa, shunday tez tuxtaydi. Kasal esa o’z 
faoliyatini hech narsa bo’lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini bilmaydi.
Absanslarning bunday ko’rinishi bolalar yoshida kichik hurujning tez 
takrorlanadigan ko’rinishi emas. Ko’pincha bolalarda kichik hurujlar guruhiga kiruvchi 
triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi. 
Bunga qo’yidagilar kiradi: 



a) Propulsiv kichik hurujlar. Absanslarga o’xshagan qisqa muddatli, xotirani 
butunlay yo’qotadi, ular turli harakatlanish ko’rinishida, gavdaning butunligicha yoki 
qisman olg’a intilishga olib keladi. Propulsiv hurujlar guruhini “salaamov”, “yashin 
tezligida”, “kivatel”, va “astatik”ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan bolaning boshi va 
gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi, tomirlar atrofga va yuqoriga 
harakatlanadi, yashin tezligidagi hurujdan intensivligi bilan farqlanadi. Shunday vaqtda 
harakatlanish tez va birdaniga yuz beradi. Yotganda bosh ko’tariladi, o’tirganda esa 
kutilmagan paytida oldinga egiladi. 
Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar ekan , 
tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hurujlar bolalik yoshining ilk davriga to’g’ri keladi, 
ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi. 
b) Retropulsiv kichik hurujlar ko’pincha 6-7 yoshlarda bo’ladi, 16-17 yoshdan 
keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 gacha va undan 
ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi yuqoriga qaraydi, shu 
holatda ba’zan ritmik harakati vertikal yo’nalishida bo’ladi). Bosh tez-tez orqaga 
tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan harakatlanib, egiladi. 
Hozirgi paytda ko’pgina mualliflar bunga piknolepsiyani qo’shadilar, absans 
hurujlar tipini, epileptik kasallikka qarshi davolashda o’zgarish yo’qligi, samara 
bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi. 
v) Impulsiv (yoki mioklonik) kichik hurujlar asosan bolalik va o’smirlik 
rivojlanish davrida bo’ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli qo’rquvdan 
birdaniga qaltirashni eslatadi. Bunday holatda qo’llar tez harakat bilan ochilib yopiladi, 
unda mavjud bo’lgan narsalar otilib ketadi. Agar kasal yiqilsa, yashin tezligida 
yiqilganidek, ko’pincha shu zahoti o’rnidan turadi. Odatda qator itarishlar ketma- ket 
keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi. 
Mayda hurujlarning hamma ko’rinishlari og’riq qo’shilishi bilan murakkablashadi 
yoki kichikroq holatda (chaynalish, yutinish, ovoz chiqarish va boshqa oddiy 
harakatlarda). 
Kichik hurujlar triadasining har bir shakli klinik ko’rinishda va oqimda o’z 
xususiyatiga ega. Propulsiv shaklda ko’proq qo’pol nevrologik buzilish va qisman 
psixikaning to’liq rivojlanmaganidan bo’ladi. 
Mioklonik hurujda qo’pol asabiylik uchramaydi, lekin epilepsiya uchun xos 
bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi. 
Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib turadi, 
bunda uzoq davom etgan kasallik natijasida shaxsning holatida o’zgarish bo’lishi 
mumkin. Qattiqroq chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, keng miqyosda 
bo’lishi mumkin. 
Qattiqroq huruji ketma-ket kelgan paytda, hatto kichik to’xtashi bo’lganida ham 
hotirani yo’qotish to’xtamaydi. Epileptik status ko’p soatda, ba’zan esa bir necha kun 
davom etishi mumkin. Og’ir komatoz holati rivojlanadi, gavda harorati ko’tarilib 40 
darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo’ladi, yurak faoliyati buziladi. 
Status davomida miyaning o’tkir shishi bo’ladi. Bo’larning barchasi bemor o’z 
vaqtida davolanmasa, hayoti uchun havflidir. Statusdan so’ng davolanish jarayoni og’ir 
kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba’zan asablarning buzilishiga olib keladi. 



Kichik hurujlar ham status shaklida bo’lishi mumkin. 
Paroksizmal qaltiroqqa psixomotor va psixosensor hurujlar ham kiradi. Ular 
ososan lokalizatsiya epilpeptiyagen o’choqda aniqlanadi. Odatda psixomotor huruji 
xotiraning qorong’lashishi va keynchalik amneziyaga olib kelish xususiyatiga ega. 
Hulqning buzilish hech bir maqsadsiz harakatlanish stereotip xatti-harakat, masalan, 
kiyimlarni taxlab qo’yish, qo’lni artish, atrofdagi jihozlarini maqsadsiz tartibga keltirish. 
Boshqa hollarda bolalar chapak chaladi, turli so’zlar aytadi, maqsadsiz kuladi, qaergadir 
borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-3 minut. 
Psixomotorli hurujda bemor gavdasini vertikal holatda aylantiradi. Vaqtincha 
chaynaladi, so’lak chiqishi, tamshanish, yutinish yuz beradi. Tashqaridan qaraganda
bemor ovqatning ta’mini tatib ko’rgandek ko’rinadi. Huruj hotiraning qorong’ilashishi 
ko’rinishida bo’ladi. Psixomotor huruji bolalarda tez-tez uchrab turadi. 
Psixosensor huruj esa bolalarda kattalarga qaraganda kam uchraydi. Psixosensor 
paroksizm klinik ko’rinishiga aura, epigastral, kardinal va vistseral xususiyatlarda ruhiy 
kechinmalar kiradi. 
Shuningdek, ba’zan bolalarda uchraydigan dientsefal epilepsiyani eslatib o’tmoq 
lozim. Dientsefal epileptik huruj vositalari avvalo turli hayajonlanish, yurak va nafas 
yo’llarining ritmi buzilishi, termoregulyatsiya, gipergidrozom, poliuriya va boshqalarning 
buzilishidan paydo bo’ladi. Huruj harakatdagi hayajonlaning majburiy qilish, yig’lash 
hamroxligida bulish mumkin. Bunday paytida xotira chukur buzilmaydi yoki umuman 
buzilmaydi. Epilepsiya bilan og’rigan bemorlarda aytib o’tilgan paroksizmal 
hayajonlanish bilan bir qatorda ruhiy ekvivalentlar ham kuzatilish mumkin. Bu turli 
jihatdan ruhiyatning hayajonga tushishi natijasida hurujlar o’rtalig’ida yuz beradi. Huruj 
ekvivalenti, deb shunga aytadilarki, u o’zining kutilmaganda tezligi, epizodikligi 
jihatidan qattiqroq hurujni eslatadi, ba’zan uni almashtirilgandek bo’ladi. Yosh bolalarda 
ular kattalarga qaraganda kam uchraydi. Psixik ekvivalentlarga disforiya, xotiraning 
......holatni keradi. 
Disforiya-xotiraning epileptik hayajonlanishi, u bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etadi. Bemor qo’pol, jirkanch, hayajonli, havotirli, kamdan -kam 
xafaqon , ipoxondrik shikoyatli va o’z joyiga qasd qilishga urinish holatlari kam bo’lsa, 
ham uchraydi. Gohida kayfiyati yuqori bo’lgan holda uchraydi. Ba’zida epilepsiya 
qo’rqish holatida xush o’zgargan tusda bo’ladi (o’jarlik qilish, surbetlik, qahrlilik, 
odatdan tashqari harakatlanish, uyatsizlik). Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda 
xotiraning xiralanishi holati turlicha bo’ladi. Bolalarga va o’smirlarda xotiraning 
xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi. 
Somnambulizmda (uyquda yurish) bemor tunda turadi va uyg’onmasdan xonada 
yuradi, ba’zan xonadan chiqadi. Bir necha minutdan keyin bemor qaytib o’z o’ringa 
yotadi. Bemor o’zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib bilib oladi. 
Epileptik fug jarayonida bolalar birdaniga uydan chiqib ketadilar va tentirab 
yuradilar. 
Tartibga solingan xiralashish holatida-transda bemorlar murakkab harakatlarni 
bajaradilar, tashqaridan qaraganda tartibli ko’rinadi, zarur bo’lmagan tomonga ketish, 
biron erga, ba’zan uzoq sayohatga jo’nab qaytish. Bemorlar ba’zi darajada atrofga qarab, 
qaerdanligini belgilab oladi, shuning uchun ular atrofdagilarning diqqatini tortmaydilar. 
Xotira xiralashishi holatining boshqa va klinik ko’rinishda ruhiy hayajonlanish egallaydi. 


10 
Gallyutsinatsiya xususiyatlari: o’t, qo’rqish, birovga tashlanish, qo’rqinichli ko’rinishda 
bo’ladi. Bemorlar ba’zida favqulodda havfli ko’rinishda bo’lishi mumkin, gohida 
epilepsiya bilan kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og’ir jinoyatlarni sodir 
qiladilar. O’ldirish, yirtish va boshqa harakatlarga ingtiladilar. Bemorlar duch kelgan 
narsalar bilan himoyalanadilar, eshiklarni to’sadilar, stul bilan siltanadilar, derazaga 
chiqib oladilar. O’z joniga qasd qilishga harakat qilish hollari uchraydi. Ruhiy 
kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir. 
Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o’tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya barcha 
ruhiy kechikmalarni chiqarib tashlamaydi. Bu kasallik ko’pincha hollarda ruhiy 
buzilishni rivojlanitiradi. 
Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o’rganishga asos bo’ladi. 
Epileptik jarayon dastlab xarakter yadrosiga tegmasligi mumkin, ruhiy holatlarini 
o’zgartiradi, qayg’urish va intilish reaktsiya va xulq-atvorning o’zgarishida sekinlik va 
boshqalar. Bemorlar asta-sekin harakatlanish qobiliyatini yo’qotadi, yuqoriga 
ko’tarilishda qiynaladi, oshirib gapirishga moyillik paydo bo’ladi, maydachi, pedantlik 
xususiyatga ega bo’ladi. Hayajonlanish oqibatida muloqatda egoizm, o’zining haq 
ekanligiga ishonch hosil qilish, yuqori taassurat va hayajonlanish, o’ch olish hamda 
shijoatlanish o’zining sog’ligi uchun ko’proq qayg’urish va umuman shaxsiy farovonlikni 
o’ylashi. Ko’pgina bemorlar kasallikning keyingi bosqichlarida o’zlarining yaqin 
qarindosh urug’larining vafotiga ajablanarli darajada unga qayg’urmaydilar. Bemorlar 
bunday paytda o’zlarining sog’ligiga diqqat bilan qarasalar ham. 
Bemorlik jarayonida payda bo’lgan alomatlar asta-sekinlik bilan avvalgi ruhiy 
kechinmalarni siqib chiqara boshlaydi. Bemorlar xarakteriga qarama -qarshilik xos, shu 
zahoti hisoblashish va g’azabga kelib, qo’pollik qilish hamda foydalanish. Epilepsiya 
bilan kasallangan bemorlar mayda-chuydaga katta e’tibor beradi. Bemorlar ko’pincha 
yovuz xotirali, shu bilan birga ozodalikni yaxshi ko’radilar, o’z jihozlariga o’rganib 
qolgan bo’ladilar. Ko’pincha, ular mehnatsevar bo’lishadi, ko’p vaqlarini bironta 
murakkab bo’lmagan ishga sarflaydilar, hamma narsaning mayda-chuydasigacha e’tibor 
berishadi. Ayniqsa, epilepsiya vaqtida o’y-fikrlashdagi buzilishlar xususiyatlidir. 
Bemorning o’y-fikrlashdagi sekinlashadi, tor doirada bo’ladi. Epilepsiya bilan og’rigan
bemor ko’p so’zlaydi, kerak bo’lmagan so’zlarni gapiradi, mayda-chuydaga to’xtaladi. 
Fikrlash tor doirada bo’lib, yangi fikrga o’tishi qiyin kechadi. Epileptiklarining nutq 
darajasi sekin, bir xil ba’zida tiniq, erkalovchi tusda bo’ladi. Bemor vrach bilan uzoq 
vaqt axamiyatsiz hodisalar to’g’risida suhbatlashadi, o’z fikr mulohazasini keyinchalik 
ifodalay olmaydi. Uy-fikri bo’yicha suhbat boshlasa, boshqa tomonga o’y-fikrini 
o’zgartirish qiyinroq bo’ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi. 
Bemorlik davrida ko’rib o’tilgan xususiyatlar kuchayadi, unga xotiraning 
ojizlanish qo’shiladi. U xotira yomonlashganligi, intellektual qobiliyatlilik kamayishda 
ifodalanadi. 
Logik fikrlash qobiliyati kamayadi, fikrlash konkretlanadi. Professional tajriba va 
qiziqish kamayadi. 
Epilepsiya bilan og’rigan bolalarda hamisha ham aytib o’tilgan xususiyati
individual o’zgarishlar bo’lavermaydi. Bunday bolalarga 3-4 yoshda ko’prok yuqori 
motorik xususiyatlidir. Bolalarning ota-onasi so’ziga qaraganda “bir minut ham bir 


11 
paytda o’tirolmaydi”, intilish, qo’liga tushgan hamma narsani olishga urinish, ularga 
qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e’tiborsizlik ularning xususiyatiga xosdir. 
Epileptik boladagi hayajonlanish tez xafa bo’lishida ko’rinadi, agressiv, o’ch 
oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish yuzasidan 
uning talabini qanoatlantirmaslik, agarda u keyinchalik amalga oshsa ham epileptik 
bolalarda ko’p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda atrofdagilar bilan janjal 
chiqarishiga sabab bo’ladi. 
Uning diqqatini boshqa tomonga yo’naltirish qiyin kechadi, bola uzoq vaqt bir 
nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg’ulot bilan shug’ullanadi, muntazam gavdasini silkitib 
turadi. 
Alohida ta’kidlash kerakki, epilepsiya bilan kasallangan bolalarning ba’zilarida 
asabiylashish oshgan, egoizm kuchaygan, atrofdagilarni ta’siriga beriluvchan, 
erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi bolalarda xulq-atvor 
belgilari kasallik davomida bir xil, ayrimlarida esa qarama-qarshi, biridan ikkinchisiga 
tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda bo’lmasligi xarakterning epileptik 
tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi. 
Epilepsiya oldidan bo’ladigan simptomlarning xususiyatini ko’rib chiqamiz. 
Odatda, epilepsiyaning dastlabki simptomi qaltirash huruji. Bu fakat bolalarning 
dastlabki yoshiga nisbatdan to’g’ridir, chunki bu yoshda epilepsiyani aniqlash qiyin, 
sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi. 
Maktab yoshidagi va maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda epilepsiyanikng 
boshlanish alomatlari o’rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan oldinroq 
paydo bo’ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang’ich davri bir necha oydan bir necha 
yilgacha cho’ziladi. 
Kasallikni rivojlanishi jarayonidagi dastlabki bilinadi. Epilepsiyadan oldin uyqu 
buzilishi jihatlari shundan iboratki: 
a) odatdan tashqari yorug’lik 
b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi 
v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish
g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi 
d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati 
e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi
j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi. 
Ko’rilgan tushlari boshqa hayajonli tushlar simptomi bilan uyg’unlashishi 
xarakterli belgilari (tushda gapirish, tushda yurish, yig’lash, kulish, tushda qichqirish) 
umumiy qaltirash, bosh aylanish, ayniqsa xotiraning o’zgarishi. Bularning har biri 
alohida holatda epilepsiya uchun o’ziga xos xususiyati emas, ammo ularning uygunligi 
epilepsiyaning dastlabki alomatlarini aniqlashga imkon beradi. Epilepsiyaning dastlabki 
davrida bosh og’rigi ko’pgina kasallarda paydo bo’ladi. Biroq, ko’pchilik kasallarda u 
intensiv emas va klinik ko’rinishda etakchi o’rin egallamaydi. Epilepsiya oldidan bosh 
og’rishining asosiy farqlanishi shundaki, progredientlik ko’rinishdagi belgilar 
aniqlanmaydi, umumiy jarayonda o’rin topgandek. Shuningdek, tungi bosh og’rig’i 
bo’lmaydi. Ba’zi bemorlarda bosh og’rig’i keyinchalik epileptik hurujdan xabar 
beruvchiga aylanadi. 


12 
Bolalarda epilepsiyaning boshlang’ich darajasi kattalarga qaraganda ikki martda 
ko’proq bo’ladi, vistsero-vegetativ paroksizm kuzatiladi, qisqa muddatli va ojiz klinik 
holatda ajralib turadi. Gohida esa ular faqat vistseral simptom bilan chegaralanadi. 
Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd qilish ehitiyoji paydo 
bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm xotiraning o’zgarishi bilan, 
qator vegetativ simptomlardan iborat bo’lib, gohida turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq 
yoki tomirlarning bo’shatib qolishi, bilmagan holda siyib qo’yish va boshqa holatlar. 
Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-
qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida 
nevropatiya, glistnoy invaziya, ovqat toksikoinfektsiyasi, deb yanglishiladi. Ajralib 
turadigan belgilari: 
a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter 
b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi 
v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut) 
Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki martda 
kam uchraydi va avval aytib o’tilgan holatlarda kechadi (tonik xarakterda, qisqa 
muddatli). 
Kasallikning rivojlantirishini kuzatib, og’irlashish chastotasi va hurujlarning 
polimorfizmini aniqlash mumkin. Kasallik hamisha ham progredient holatda 
bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin. 
Klinik xaritada oldingi o’rinda polimorfizm turadi. Boshlang’ich darajasida 
xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh og’rig’i 
va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik emas. 
Kattalarda uchramaydigan tonik qaltirash va vistsero-vegetativ paroksizm, 
bolalardagi propulsiv retropulsiv xurujlar bosh miyasining tula shakllanmaganligi 
sabablidir. 
Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida o’lim 
ko’pincha epileptik status jarayonida sodir bo’ladi, ayrish hollarda bemorlar hurujning 
o’zida bug’ilish va boshqa baxtsiz hodisalarda halok bo’lishadi. Kayfiyatning og’ir 
buzilishi, suitsidal urinishlarga olib kelishi ahamiyat kasb etadi. Kasallik oqibati va 
epileptik aqliy zaiflik ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra 50% holatda kuzatiladi. Bolalikda 
boshlangan kasallik ko’pincha og’ir aqliy zaiflikka olib keladi. 
Epilepsiyaning rivojlanishida alohida holatda qanday faktorlar ahamiyatli? 
Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq. 
Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj sifatida 
xato tushunish mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan epileptik bo’lmagan 
paroksizm bilan anglashilmasligi mumkin. Epileptik xurujni shunday qilib quyiidagi 
paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi. 
Spazmofiliya xuruji. Spazmofiliya mineral almashinishi buzilishi bilan bog’liq 
holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab tomirlari o’ynashi 
kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo’l panjalari “akusher qo’li” holatida, bosh 
egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og’izdan ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi 
qaltiroq xuruji maktaboldi yoshida yuz beradi, keyinchalik epilepsiya xususiyati borligi 
bilinadi. Shu sababli ko’pincha uni spazmofil yanglishadilar. Spazmofil bilan epileptik 


13 
xurujni ajraytib olishda esdan chiqarmaslik kerakki, birinchi marta xotirani yo’qotish 
uncha chuqur bo’lmaydi, yirik xurujga nisbatdan. 
Spazmofil xuruj ayniqsa, ko’pincha qishning oxirida va bahorda uchraydi. 
Epileptik xuruj esa yil davomida yuz beradi. 
Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez ko’tarishidan 
paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda uchraydi. Lixoradik 
xuruj ko’pincha hayotning birinchi yilida bo’ladi, ammo maktaboldi, gohida maktab 
yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya tashhisini qo’yishga shoshilmaslik 
kerak. 
Shuningdek, alimentar xurujni ham baholash lozim, u emizikli yoshdan keyingi 
bosqichgacha (4-5 yoshgacha) ichak infektsiyasi kasalligi bo’yicha davom etadi. Miya 
meningiti, meningoentsefalit, entsefalitlar ko’pincha simptomatlik qaltirash xurujini 
keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik kerak. 
Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. Ushbu 
spazm bola boshini ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini qimirlashish 
harakati, ko’z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo’ladi. Bunday buzilish boshi vertikal 
holatda tutish jarayonida ushlanib qolishda, deb e’tirof etiladi. Harakatlanishdan xotira 
buzilishi sodir bo’lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz yo’qoladi. 
Affektiv respirator qaltirash bolalarda maktabgacha bo’lgan yoshda uchraydi. 
Affektiv respirator qaltirash hayajonga tushish ta’sirida paydo bo’ladi, qandaydir qanoat 
hosil qilmasdan g’azablanish, qichqirish, yig’lashdan iborat bo’ladi. Bolaning nafasi 
to’xtaydi, yuzi oqaradi, muskullari tonik kuchlanadi, undan keyin harakatsizlanish, 
muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat
1 minutgacha, ba’zida ko’prok davom etadi. Shundan keyin bemor bolaning xotirasi 
to’liq o’z holatiga qaytadi. 
Epilepsiyaga qaraganda obmorok (behush bo’lish) uncha tez bo’lmaydi. Uning 
xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi. 
Isterik behushlikda quyidagi belgilar ahamiyatga ega, atrofdagilarning diqqatini 
o’ziga tortadi. Ko’z yoshi, ingranish, teatral ko’rinish, kulish isterik jazava xarakterli, 
ammo epileptik ko’rinish emas. Tilni tishlash, isterik xurujda siydikni ushlab qola 
olmaslik holatlari bo’ladi. Xotirani to’liq yo’qotish bo’lmaydi. Isterik xuruj epileptik 
xurujga qaraganda davomiydir. 
Simptomatik epilepsiya. Qaltirash va qaltirashsiz epileptiformdagi xuruj ko’pgina 
organik miya buzilishi kasalligidan bo’ladi. Ular ko’pgina bosh miyaning shishishi, 
tug’ma va nasldan-nasliga o’tish, asab tizimining buzilishi kongenital sifilis oqibatida, 
gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi. 
Miyaning chegaralangan organik buzilishida xurujni aniqlash oddiy vazifa emas, 
hamma holatda ham vrach to’g’ri tashhis qo’yishi, ularning uyg’unligini aniqlash, 
anamnezi chuqur tahlil qilish, psixopatologik, nevrologik va somatik izlanishlar qilish 
hamda kasallik yo’nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni ham aytish lozimki, hozirgi 
paytda paraklinik usularni izlanish epilepsiyaning maxsus tomonlari to’g’risida bir 
muncha ma’lumot beradi. Shu bilan birga ba’zi kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan 
klinik o’xshashlikni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi. 

Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə