O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix30.06.2022
ölçüsü265,43 Kb.
#90267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
EPILEPSIYA

Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim: 
1.
Davolash uzoq vaqt uzluksiz bo’lishi. Xuruj to’xtashi bilan davolashni to’xtamaslik 
kerak. Oxirgisi uch yildan kam bo’lmasligi, ehtiyotlik bilan dori-darmonlarni 
kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha. 
2.
Ko’pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo’llash. 
3.
Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish. 
4.
Epilepsiyaga qarshi dorilar hamma holatlarda modda almashuvi jarayoni 
yaxshilaydigan bo’lishi lozim (glyutaminlar, kislota, vitaminlar). 
5.
Epilepsiyani davolash bilan birga albatta, organizmdagi boshqa kasalliklarga e’tibor 
berish. 
6.
Har bir holatda ham yuqori natijalarga erishishning muhim sharti: bola hayoti rejimi, 
tarbiya, o’qitish va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish. 
Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to’g’ri qo’llay bilish kerak. 
Hozirgi paytda antiepileptik dori-darmonlar ko’p, ammo shundan eng muhim 
lyuminal hisoblanadi. Geksamedik turli qaltiroq xurujlarida qo’llaydilar. Uning ta’sirida 
ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo’ladilar. 
Benzonal tutli hurujlarda qaltirashga qarshi ishlatiladi. Psixomotorli xurujda esa 
kam samara beradi. 
Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi. 
Bura tonik qaltirashda qo’llaniladi. 
Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi. 
Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir. 
Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo’laniladi. 
Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir. 
Finlepsin tegretolga o’xshash, lekin ko’p ta’sirli emas. 
Epilepsiya davolashda turli dorivor giyohlar qo’llaniladi (Sereysk, Vorobyov, 
Bexterev, Brodskiy va boshqalar). 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, Brodskiy miksturasi va aminazin yaxshi ta’sir ko’rsatadi 
(ayniqsa katta qaltirash xurujida).Epileptik status shoshilnch xolat, tez tibbiy yordam 
ko’rsatish lozim. 
Harorat darajasi yuqori ko’tarilgan-antibiotiklar, yurak faoliyati buzilganida 
kordiamin, kofein, nafas yo’li buzilganida-lobelin. 
Dori-darmonlarning faqat o’zi epilepsiyani davolashda to’liq samara bera olmaydi. 
Kasallikka qarshi kurashda bolaning to’g’ri hayot kechirish ahamiyatli. Bola ko’p vaqtini 
toza havoda o’tkazishi lozim. O’z vaqtida doimiy va etarli uyqu bo’lishi kerak. To’g’ri 
ovqatlantirish, ovqat to’yimli va vitaminlarga boy bo’lmog’i lozim. O’tkir, tuzli ovqatlar 
to’g’ri kelmaydi. Spirtli ichimliklar ichmasligi kerak. Uyqu oldidan yuvintirish zarur. 
Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya bilan shug’ulanish, ko’p cho’zilmagan 


16 
holatda. Tajriba ko’rsatadiki, hech qanday ma’lumot bilan shug’ullanmagan kishilarda 
epilepsiya ko’proq bo’ladi. Bola kasallikka qaramasdan maktab programmasini 
o’zlashtira olsa, maktabga boradi, sinfda og’ir kechikmalar, xuruj bo’lsa, vaqtincha 
to’xtatiladi, bu bolalar bog’chasiga ham tegishlidir. Katta epilepsiya bilan kasallangan 
o’smirlarni mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo’ladi. Har qanday foydali mexnat 
miya faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi. 

Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə