O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix30.06.2022
ölçüsü265,43 Kb.
#90267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
EPILEPSIYA

ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ 


14 
Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya 
bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish, 
rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning 
epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi. 
Ko’pgina bolalarda bosh suyagi jarohatlangan bo’ladi, infektsiya oladi, miyaning 
shikastlanishiga olib keladigan boshqa holatlar yuz beradi, ammo hamisha epilepsiyaga 
olib kelavermaydi. 
Ko’pincha bolalardagi asab sistemasi zararli hodisalarni yaxshi kechiradi, u to’liq 
sog’lom holatda qoladi. 
Etiologiya kasalligi – aktual, ammo to’liq o’rganilmagan muommalardan biri. 
Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya 
kategoriyasiga kirmaydigan, ma’lum bo’lmagan etiologik kassaliklar mavjudligi uchun 
aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-
avlodga o’tishi epilepsiya uchun ko’proq tegishlidir. Lennoks ta’rifiga kasalning 
qarindosh-urug’lar o’rtasida epilepsiya chastotasi 1,8 %, gendan o’tish esa 3,6 %. 
Lennoksning fikricha, ko’pgina kasallarda mavjud bo’lgan faktor genetik, avloddan-
avlodga o’tganlik oqibatidir. Penfild va Erikson ham shunday fikrda qolgan. Konrad 
aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 % jiyanlar 
o’rtasida bo’ladi. 
Alkogoli avloddan-avlodga o’tish hollari etarli o’rganilmagan. Ba’zi olimlar 
oilaviy anamnezda birinchi o’ringa alkogolizm qo’yadi. Ayniqsa, bayram va dam olish 
kunlari spirtli ichimliklari iste’mol qilish ko’p bo’ladi. Shuning uchun “yakshanba 
bolalari “ termini mavjud. Epilepsiya asosida miyaga zararli ta’sir ko’rsatilishi kasallik 
o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish 
va keyingi bosqichlarda davom etadi. 
Epilepsiya patogenezida kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta 
ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi. 
Miyaning tuzilish paytidagi jarohatlanishi epilepsiyaning paydo bo’lishining bir 
sababidir. 
Postnatal davrda epilepsiya ko’plab va rang-barang faktorlarini keltirib chiqaradi: 
miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi. 
Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar. 
Ko’pgina hollarda kasallik paydo bo’lishini ikki va undan ortiq patogen 
faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir. 
Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga 
etakchi o’rin berdilar. 
Epileptik huruj miyada tomirlarning buzilishi, tomirlardagi spazm tufayli hosil 
bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi 
buzilishi aniqlangan. Epileptik huruj alkoloz holatda bo’lganidan ham ko’rinadi. 
Murakkab epilepsiya patogenezi tushunarliroq bo’lmoqda, agarda masala I. P. 
Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha, 
epileptogen o’chog’i hayajonlanish favqulodda uchlanish, birdan ko’tarilib ketish, 
davomiylik bilan xarakterlanadi. 
Kreyndlerning fikriga ko’ra, epileptik kasallik uch faktordan iborat. Albatta, 
ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz. 


15 
Qo’shimcha faktorlarga lixoradik ahvol, charchash, qayg’urish, menstrual davr
uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon strixnining 
va hk. 
Shunday qilib, epilepsiya butun organizmning faoliyatida rang-barang buzilish 
sodir bo’lishidan paydo bo’ladi. 
Ta’kidlash kerakki, bunday kasallikni davolashda terapevtik davolash samara 
beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi. 

Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə