O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix05.06.2018
ölçüsü240,95 Kb.
#47437
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

Kichik hurujlar ham status shaklida bo’lishi mumkin. 



Paroksizmal  qaltiroqqa  psixomotor  va  psixosensor  hurujlar  ham  kiradi.  Ular 

ososan  lokalizatsiya  epilpeptiyagen  o’choqda  aniqlanadi.  Odatda  psixomotor  huruji 

xotiraning  qorong’lashishi  va  keynchalik  amneziyaga  olib  kelish  xususiyatiga  ega. 

Hulqning  buzilish  hech  bir  maqsadsiz  harakatlanish  stereotip  xatti-harakat,  masalan, 

kiyimlarni taxlab qo’yish, qo’lni artish, atrofdagi  jihozlarini maqsadsiz tartibga keltirish. 

Boshqa hollarda bolalar chapak chaladi, turli so’zlar  aytadi, maqsadsiz kuladi, qaergadir 

borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-3 minut. 

Psixomotorli  hurujda  bemor  gavdasini  vertikal  holatda  aylantiradi.  Vaqtincha 

chaynaladi,  so’lak  chiqishi,  tamshanish,  yutinish    yuz  beradi.  Tashqaridan  qaraganda, 

bemor  ovqatning  ta’mini  tatib  ko’rgandek  ko’rinadi.  Huruj  hotiraning  qorong’ilashishi 

ko’rinishida bo’ladi. Psixomotor huruji bolalarda tez-tez uchrab turadi. 

Psixosensor  huruj  esa  bolalarda  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi.  Psixosensor 

paroksizm  klinik  ko’rinishiga aura,  epigastral, kardinal va vistseral  xususiyatlarda ruhiy 

kechinmalar kiradi. 

Shuningdek,  ba’zan  bolalarda  uchraydigan  dientsefal  epilepsiyani  eslatib  o’tmoq 

lozim.  Dientsefal  epileptik  huruj  vositalari  avvalo  turli  hayajonlanish,  yurak  va  nafas 

yo’llarining ritmi buzilishi, termoregulyatsiya, gipergidrozom, poliuriya va boshqalarning 

buzilishidan  paydo  bo’ladi.  Huruj  harakatdagi  hayajonlaning  majburiy  qilish,  yig’lash 

hamroxligida  bulish  mumkin.  Bunday  paytida  xotira  chukur  buzilmaydi  yoki  umuman 

buzilmaydi.  Epilepsiya  bilan  og’rigan  bemorlarda  aytib  o’tilgan  paroksizmal 

hayajonlanish  bilan  bir  qatorda  ruhiy  ekvivalentlar  ham  kuzatilish  mumkin.  Bu  turli 

jihatdan ruhiyatning  hayajonga tushishi  natijasida hurujlar o’rtalig’ida yuz beradi. Huruj 

ekvivalenti,  deb  shunga  aytadilarki,  u  o’zining  kutilmaganda  tezligi,  epizodikligi 

jihatidan qattiqroq hurujni eslatadi, ba’zan uni almashtirilgandek bo’ladi. Yosh bolalarda 

ular  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi.  Psixik  ekvivalentlarga  disforiya,  xotiraning 

......holatni keradi. 

Disforiya-xotiraning  epileptik  hayajonlanishi,  u  bir  necha  soatdan  bir  necha 

kungacha  davom  etadi.  Bemor  qo’pol,  jirkanch,  hayajonli,  havotirli,    kamdan  -kam 

xafaqon , ipoxondrik shikoyatli va o’z joyiga qasd qilishga  urinish  holatlari kam bo’lsa, 

ham  uchraydi.  Gohida  kayfiyati  yuqori  bo’lgan  holda  uchraydi.  Ba’zida  epilepsiya 

qo’rqish  holatida  xush  o’zgargan  tusda  bo’ladi  (o’jarlik  qilish,  surbetlik,  qahrlilik, 

odatdan  tashqari  harakatlanish,  uyatsizlik).  Epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlarda 

xotiraning  xiralanishi  holati  turlicha  bo’ladi.  Bolalarga  va  o’smirlarda  xotiraning 

xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi. 

Somnambulizmda  (uyquda  yurish)  bemor  tunda  turadi  va  uyg’onmasdan  xonada 

yuradi,  ba’zan  xonadan  chiqadi.  Bir  necha  minutdan  keyin  bemor  qaytib  o’z  o’ringa 

yotadi. Bemor o’zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib bilib oladi. 

Epileptik  fug  jarayonida  bolalar  birdaniga  uydan  chiqib  ketadilar  va  tentirab 

yuradilar. 

Tartibga  solingan  xiralashish  holatida-transda  bemorlar  murakkab  harakatlarni 

bajaradilar,  tashqaridan  qaraganda  tartibli  ko’rinadi,  zarur  bo’lmagan  tomonga  ketish, 

biron erga, ba’zan uzoq sayohatga jo’nab qaytish. Bemorlar ba’zi darajada atrofga qarab, 

qaerdanligini  belgilab  oladi,  shuning  uchun  ular  atrofdagilarning  diqqatini  tortmaydilar. 

Xotira xiralashishi holatining boshqa va  klinik ko’rinishda ruhiy hayajonlanish egallaydi. 




 

10 


Gallyutsinatsiya  xususiyatlari:  o’t, qo’rqish, birovga  tashlanish,  qo’rqinichli  ko’rinishda 

bo’ladi.  Bemorlar  ba’zida  favqulodda  havfli  ko’rinishda  bo’lishi  mumkin,  gohida 

epilepsiya bilan kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og’ir jinoyatlarni sodir 

qiladilar.  O’ldirish,  yirtish  va  boshqa  harakatlarga  ingtiladilar.  Bemorlar  duch  kelgan 

narsalar  bilan  himoyalanadilar,  eshiklarni  to’sadilar,  stul  bilan  siltanadilar,  derazaga 

chiqib  oladilar.  O’z  joniga  qasd  qilishga  harakat  qilish  hollari  uchraydi.  Ruhiy 

kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir. 

Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o’tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya barcha 

ruhiy  kechikmalarni  chiqarib  tashlamaydi.  Bu  kasallik  ko’pincha  hollarda  ruhiy 

buzilishni rivojlanitiradi. 

Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o’rganishga asos bo’ladi. 

Epileptik  jarayon  dastlab  xarakter  yadrosiga  tegmasligi  mumkin,  ruhiy  holatlarini 

o’zgartiradi,  qayg’urish  va  intilish  reaktsiya  va  xulq-atvorning  o’zgarishida  sekinlik  va 

boshqalar.  Bemorlar  asta-sekin  harakatlanish  qobiliyatini  yo’qotadi,  yuqoriga 

ko’tarilishda  qiynaladi,  oshirib  gapirishga  moyillik  paydo  bo’ladi,  maydachi,  pedantlik 

xususiyatga  ega  bo’ladi.  Hayajonlanish  oqibatida  muloqatda  egoizm,  o’zining  haq 

ekanligiga  ishonch  hosil  qilish,  yuqori  taassurat  va  hayajonlanish,  o’ch  olish  hamda 

shijoatlanish o’zining sog’ligi uchun ko’proq qayg’urish va umuman shaxsiy farovonlikni 

o’ylashi.  Ko’pgina  bemorlar  kasallikning  keyingi  bosqichlarida  o’zlarining  yaqin 

qarindosh    urug’larining  vafotiga  ajablanarli  darajada  unga  qayg’urmaydilar.  Bemorlar 

bunday paytda o’zlarining sog’ligiga diqqat bilan qarasalar ham. 

Bemorlik  jarayonida  payda  bo’lgan  alomatlar  asta-sekinlik  bilan  avvalgi  ruhiy 

kechinmalarni  siqib  chiqara  boshlaydi.  Bemorlar  xarakteriga  qarama  -qarshilik  xos,  shu 

zahoti  hisoblashish  va  g’azabga  kelib,  qo’pollik  qilish  hamda  foydalanish.  Epilepsiya 

bilan  kasallangan  bemorlar  mayda-chuydaga  katta  e’tibor  beradi.  Bemorlar  ko’pincha 

yovuz  xotirali,  shu  bilan  birga  ozodalikni  yaxshi  ko’radilar,  o’z  jihozlariga  o’rganib 

qolgan  bo’ladilar.  Ko’pincha,  ular  mehnatsevar  bo’lishadi,  ko’p  vaqlarini  bironta 

murakkab bo’lmagan  ishga sarflaydilar, hamma narsaning  mayda-chuydasigacha  e’tibor 

berishadi.  Ayniqsa,  epilepsiya  vaqtida  o’y-fikrlashdagi  buzilishlar  xususiyatlidir. 

Bemorning   o’y-fikrlashdagi sekinlashadi, tor doirada bo’ladi.  Epilepsiya bilan og’rigan  

bemor  ko’p  so’zlaydi,  kerak  bo’lmagan  so’zlarni  gapiradi,  mayda-chuydaga  to’xtaladi. 

Fikrlash  tor  doirada  bo’lib,  yangi  fikrga  o’tishi  qiyin  kechadi.  Epileptiklarining  nutq 

darajasi  sekin,  bir  xil  ba’zida  tiniq,  erkalovchi  tusda  bo’ladi.  Bemor  vrach  bilan    uzoq 

vaqt  axamiyatsiz  hodisalar  to’g’risida  suhbatlashadi,  o’z  fikr  mulohazasini  keyinchalik 

ifodalay  olmaydi.  Uy-fikri  bo’yicha  suhbat  boshlasa,  boshqa  tomonga  o’y-fikrini 

o’zgartirish qiyinroq bo’ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi. 

Bemorlik  davrida  ko’rib  o’tilgan  xususiyatlar  kuchayadi,  unga  xotiraning 

ojizlanish  qo’shiladi.  U  xotira  yomonlashganligi,  intellektual  qobiliyatlilik  kamayishda 

ifodalanadi. 

Logik fikrlash qobiliyati kamayadi,  fikrlash konkretlanadi. Professional  tajriba va 

qiziqish kamayadi. 

Epilepsiya  bilan  og’rigan  bolalarda  hamisha  ham  aytib  o’tilgan  xususiyati, 

individual  o’zgarishlar  bo’lavermaydi.  Bunday  bolalarga  3-4  yoshda  ko’prok  yuqori 

motorik  xususiyatlidir.  Bolalarning  ota-onasi  so’ziga  qaraganda  “bir  minut  ham  bir 




Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə