O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə51/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Qobiliyatlar va ularning turlari. 
Qobiliyatlar - shaxsning ma‟lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan
biron faoliyatni egallay olishni ta‟minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik
bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Qobiliyat turlari quyidagilar:
6-shakl 
Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lgan kishi faoliyatning turli xillari bilan
muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega bo`lgan o`quvchilar odatda
barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay qo`yadilar.
Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli
shug`ullanish imkonini beradi.
Insonning qobiliyatlari uning mayllari bilan maxkam bog`liqdir. Shuning uchun
biror narsaga qiziqish, unga berilish ko`pincha faoliyatning ana shu turiga bo`lgan
qobiliyatlarning mavjudligidan darak beradi.
Umumiy qobiliyatlar 
Maxsus qobiliyatlar 


58


Layoqat nishonlari va qobiliyat. Ko`pgina olimlari qobiliyatlar tug`ma bo`ladi va
avloddan-avlodga o`tib turadi, deb hisoblaydilar. Unchalik qobiliyatli bo`lmagan
ko`pchilik kishilar orasida layoqatli kishilar oilalari kam bo`ladi, bu oilalardagi
kishilarnig qobiliyatlari avloddan-avlodga o`tib keladi. Lekin qobiliyatlar to`g`risida
bunga butunlay qarama-qarshi bo`lgan nuqtai nazar ham mavjud, bu nuqtai nazar
tug`ma sifatlarni butunlay inkor qiladi va hamma narsa tarbiyaga, shart-sharoitga
bog`liq deb hisoblaydi. Ana shu nuqtai nazarni ham to`g`ri deb hisoblab bo`lmaydi.
Qobiliyatlar miya va sezish organlarining tuzilishiga bog`liq, ular har-xil kishilarda
tug`ilgan vaqtidayoq turlicha bo`ladi. Har bir kishida tug`ma layoqat nishonlari bor
bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan
moyillik ana shunga bog`liq. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli
faoliyatning to`la-to`kis shart-sharoitlari bo`la olmaydi. Layoqat nisholarini
rivojlantirish kerak, bu esa ta‟lim tarbiya jarayonidagina ro`y beradi. Bundan tashqari,
layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir, ya‟ni tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda
faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.
Layoqat nishonlari kishining go`yo «mudrab yotgan» kuchlari bo`lib, agar kishi
tegishli faoliyat bilan shug`ullanmasa, bu imkoniyatlarni «uyg`otishi» mumkin emas.
Bunday mashg`ulotlar uchun ijtimoiy shart-sharoit: moddiy ta‟minot, muhit, o`qish
imkoniyatlari va hokazolar zarur bo`ladi. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim
kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy sanhatga
bo`lgan layoqat unda ertaroq paydo bo`ladi. Kishilarda musiqa va tasviriy sanhatga
bo`lgan layoqatdan bir muncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo`lgan. Qobiliyatni
rivojlantirishning ayrim shartlari. Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Shuning
uchun qobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan ehtiyojni 

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə