O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə50/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Ekstraversiv tip - o`ta kirishimli bo`lib, bunday odamlarning do`stlari va
tanishlari juda ko`p bo`ladi. Bunday odamlar ezmalik darajasigacha ko`p gapiradilar,
har qanday ma‟lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Bu toifadagilar
do`stlar davrasida, ishda, oilada, ko`pincha yetakchilikda boshqalarga yon bosib,
boshqalarga bo`ysunishni va chetda turishni afzal ko`radilar. Ular o`zgalarni diqqat
bilan eshitishga tayyorlik, so`rashgan narsani bajarish kabi ijobiy xislatlarga egadirlar.
Salbiy tomonlari: ta‟sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga o`ch, ig`vo va
g`iybatlarni tarqatishda ishtirok etadilar.


57


Introversiv tip - uning boshqalardan farqli tomoni shundaki, ular o`ta
iymanuvchan, haqiqiylikdan yiroqlashuvchan, o`z tuyg`ularini oshkor etishni
xohlamaslik, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar
yolg`izlikni yoqtiradilar, atrofdagilar bilan kam nizoga borib, qachonki ularning
shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga boradilar. Ularda
qat‟iyatlilik
,
prinsipiallik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda qaysarlik, fikrlashning
torligi, o`z g`oyalarini o`ta qat‟iyatlilik bilan himoya qilish kabi salbiy xislatlar
mavjud. Ular har bir narsaga o`z nuqtai nazarlari bilan qaraydilar, boshqalarning
fikrlaridan o`z fikrlarini ustun qo`yadilar.
Xarakter - shaxsning bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas. Ekstremal
vaziyatda yoki shunchaki tanlash vaziyatida qoldirilgan kishi holatlardan
ustun bo`lishga, shu jumladan, o`z xarakteridan ham yuqori ko`tarilishga qodirdir.
Kishining istalgan, shu jumladan, ichki, psixologik holatlarga qarshilik qilish qobiliyati
uning o`zini o`zgartiradigan qudratli kuchi borligini, uni shaxs sifatida rivojlantirish
negizini namoyish qiladi. Shuning uchun kishini xatti-harakatlarini tushuntirishga,
uning xulq-atvorini oldindan aytib berishga har qancha urinishlar prinsip jihatidan
o`zil-kesil bo`lishi mumkin emas, chunki shaxs bunday tushuntirishlarni
qadrsizlantirishi, ularga qarshi harakat qilishi va boshqacha bo`lib qolishi mumkin,
ya‟ni faqat tashqi va ichki holatlarga muvofiqligi foydasigagina emas, balki o`zi
ijtimoiy va umuminsoniy jihatdan qo`llanilishi foydasiga tanlash o`tkaziladi. Shaxs
bunga qay darajada qodirligiga qarab, unda konkret-xarakterologik emas, balki ijtimoiy
va umuminsoniy qadriyatlari yo`zaga keladi.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə