O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə48/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Xarakter aktsentuatsiyasi turlari olimlar tomonidan turli xil ko`rinishda ajratib
ko`rsatiladi. Ularning ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz:
Gipertim tip - bu toifadagilar o`ta kirishimli, so`zamol bo`ladilar, imo-ishoralar,
mimika va pantomimika orqali o`z his-tuyg`ularini namoyon qiladilar. Ular to`satdan
suhbatning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar. Bu toifadagi odamda o`z xizmat va
oilaviy majburiyatlariga etarli tarzda jiddiy e‟tibor bermasliklari oqibatida atrofidagi
odamlar bilan qisqa kelishmovchiliklar yo`zaga keladi. Ularning ijobiy tomonlari
ishchanlik, optimistlik, faoliyatlilik, tashabbuskorlik kabi sifatlari orqali namoyon
bo`ladi. Ularning salbiy xislatlari - engiltabiat, jizzaki, o`z majburiyatlariga befarq
munosabatda bo`lish kabi sifatlardir.
Distim tip - bu toifadagilar kamgap, tortinchoq bo`lishadi. Ularning aksariyati
uyda o`tirishni xoxlashadi. Ular sershovqin davralarni yoqtirmaydilar va atrofdagilar
bilan kamdan-kam nizoga boradilar. Ularning ijobiy xislatlari: jiddiy, haqiqatgo`y,
sofvijdonli. Salbiy tomonlari: sustkash, shaxsiyatparast, fikrlash doirasi tor.
Sikloid tip - bu toig`adagilarning kayfiyati tez-tez davriy o`zgarishi, buning
oqibatida ularning atrofidagi odamlar bilan bo`lgan muomalasi ham o`zgarib turishi
ko`zatiladi. Ularning kayfiyati chog` bo`lganda yaxshi hamsuhbat, kayfiyati yomon
bo`lganda esa tundroq bo`lib qoladilar.
Ta’sirchan tip - bu toifadagilar muomalada tortinchoq, ko`p hollarda tund va
injiq bo`lib, yolg`onchilikka, surbetlikka, nizoga moyildirlar. Shuningdek, bunday
holatlarda ular doim faol bo`ladilar. Bu toifadagilar xotirjam bo`lganlarida sofdil,
hayvonlar va kichkina bolalarni yaxshi ko`radilar, kayfiyatlari yomon bo`lganida esa
injiq, jaxldor, o`zlarini idora eta olmaydilar.
To`xtaluvchan tip - bu toifadagilar me‟yorida hamsuhbat, pismiq, aql
o`rgatuvchi, kamgapdirlar. Ular nizoli holatlarda faol, tashabbuskor bo`lib, tanlagan
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga intiladilar. Ular o`ziga nisbatan o`ta


56


talabchan bo`lib, ijtimoiy adolatga xayrihoh, shuning bilan birga arazchi, hamda
qasoskor bo`ladilar. Ba‟zida haddan ziyod o`ziga bino qo`ygan, to`g`riso`z, rashkchi,
yaqinlariga va qo`l ostidagi xodimlarga nisbatan o`ta talabchan bo`lib qoladilar.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə