O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə45/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Holerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega bo`lib, juda faol va reaktivdir.
Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va giperaktivlikni
kutilmaganda portlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi. Sangvinikka
qaraganda qo`zg`aluvchan, lekin ko`proq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-
harakatlarda qat‟iylik mavjud bo`lsa-da, biroq diqqatni bir joyga to`plashda qiynaladi,
nutq sur‟ati tez. Egiluvchan emas, kuchli qat‟iylik, diqqatning ko`chishida
qiyinchiliklar mavjud. Yuqori tezlikda psixik tempga ega. Ekstravert. Tez
qo`zg`aluvchan, u mimika jestlardan ig`odalanadi. Qat‟iy tez, insonlarga nisbatan
intiluvchi.
Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra
bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg`iyatini bo`zish qiyin bo`lib,
ko`ngillsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi.
Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmasada, lekin
serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning nutq va harakat sur‟ati sust.
Diqqatni to`plashi osoyishta, rigid ko`rinishida bo`lib, diqqatni ko`chirishi qiyin
kechadi. Introvertlashgan, kam gap, ichimdagini top toifasidan bo`lib, yangilikni qabul
qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beruvchandir. Kuchsiz
mimikaga ega. Harakatlari ig`odasiz. Ishchan. Faollik reaktivlikdan ustuvor. Sabr-
bardoshli, o`z-o`zini boshqara oladi. Nutqi sekin, rigid, diqqatni sekin to`playdi. Bir


53


ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga sekin ko`nikadi. Ish boshlasa
qat‟iy va bir yo`nalishda ish qiladi.
Melanholik - senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon,
jimgina yig`laydi, kam kuladi, qat‟iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan
emas. Diqqati barqaror, his-tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori
senzitivlik, yuqori tuyg`uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va
jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan
narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat‟iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati
tez bo`ziladi.
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli.
Temperamentlarning turli-tumanligi to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan
emas. Ammo keltirilgan temperament tiplarini asosiy deb hisoblash mumkin.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə