O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə47/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil
bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p
narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin.
Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro yordam
ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik xususiyatlardir.
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo`lsak, uning borliqdagi
obyektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
S
huning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e‟tirof etiladi:

mehnat faoliyatida namoyon bo`ladigan xarakterologik xususiyatlar -
mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat,
mas‟uliyat, dangasalik,
qo`nimsizlik va boshqalar;

insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan 
xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsara
klik, muloqotga
kirishuvchanlik, altruizm, g`amho`rlik, rahm-shafqat va boshqalar;

o`z-o`ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik,
kamsuqumlilik, mag`rurlik, o`ziga bino qo`yish, o`z
-o`zini tanqid qilish, ibo, sharmu-
hayo, manmansirash va boshqalar;

narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlar -
tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo`li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik
va boshqalar.

Xarakter temperamentdan farqli o`laroq hayotda, muomala va hamkorlikdagi


faoliyat jarayonida vujudga kelishi va shakllanishida farq qiladi. Xarakter
xususiyatlarining nimalarda namoyon bo`lishi, ularning belgilari masalasi ham amaliy
jihatdan muhimdir. Avvalo xarakter insonning xatti-harakatlari va amallarida
namoyon bo`ladi - odamning ongli va maqsadga qaratilgan harakatlari uning kim
ekanligidan darak beradi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta‟sirida amalga oshib, uning har
bir xislati shaxs munosabatlariga bog`liq bo`ladi, ular o`z navbatida ijtimoiy
munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaqlarda turlicha ijtimoiy
muhitda har xil xarakter xislatlari shaqllanishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shu sababdan
ijtimoiy to`zumni tavsig`lovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik
xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari va xislatlari tarkib
topishiga ham katta ta‟sir o`tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita
bog`liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrihohlik, o`rtoqlik, o`zaro
yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjaxllik kabi shaxslararo
munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar,
farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlarning ko`rinishi, ota-ona
munosabatiga asoslangan holda xarakterning o`ziga xos xususiyatlari shakllantirilsa,
bolalar bog`chasidagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus
xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter
xususiyatlarida sezilarli o`zgarishlar yo`zaga kelib, ilk yoshlik davrida esa shakllangan


55


xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo`lib, ularga ayrim o`zgarishlar kiritish
juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog`liq
holda tarkib topgan munosabatlar o`zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Xarakter
xislatlarining
chuqurligi,
barqarorligi,
doimiyligi
ko`p
jihatdan
shaxs
munosabatlarining onglilik darajasiga bog`liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik
xislatlari tasodig`iy tarkib topmagan bo`lib, uning ongli qarashlariga, ishonch
aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo`ladi.
Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang-
barangligi va o`ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan ig`odalanganligida ham
namoyon bo`ladi. Xarakter xususiyatlarining miqdoriy ifodalanishi, ya‟ni ayrim
belgilarning haddan tashqari kuchli namoyon bo`lishi shaxs xulq-atvori me‟yorining
eng oxirgi marrasiga borib, patologik belgilar bilan chegaralanish holatida ko`zatiladi.
Bu holat psixologiyada xarakter aktsentuatsiyasi ya‟ni, me‟yordan ortishi deb ataladi.
Bunda shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo`lgani holda bir xil qattiq
hayajonlantiruvchi omillarga zaig`lik ortishi ko`zatiladi.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə