O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə44/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

emotsional qo`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va
tashqi ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda, temperament turlariga
psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan:
4-shakl 
Asosiy sifatlar 
Holerik 
Sangvinik 
G`legmatik 
Melanholik 
Senzitivlik
Past
Past
Past
Yuqori
Reaktivlik
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Past
Faollik
Yuqori
Yuqori
Yuqori
Past
Reaktivlik va faollik
Reaktiv va
faol
Og`ir vazmin
Faol va reaktiv Past faollik o`rta
reaktilik
Reaksiya turi
Tezlashgan
Tezlashgan
Sekinlashgan
Sekinlashgan
Plastiklik
-
+
-
-
Rigidlik
+
-
+
+
Ekstravertlik
+
+
-
-
Introvertlik
-
-
+
+
Emotsional
qo`zg`aluvchanlik
Yuqori
Yuqori
Past
Sekinlashgan

Inson asab tizimi bilan bog`liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita


mehnat va o`qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos
tarzda tashkil etish mumkin. Asabga bog`liq bo`lgan tabiiy xususiyatlarni umuman
o`zgarmas deb bo`lmaydi, chunki tabiatda o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q.
V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda
namoyon bo`lishini boshqarish masalasida ko`p ishlar qilgan.


52


Shuni alohida ta‟kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita
bogliqdir. Psixologik ma‟lumotlarda e‟tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari
ham temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisi bo`lishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko`rib chiqamiz.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini
tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko`p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini
anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta‟sirni seza olmaydi,
serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi,
imtizomli, o`zini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq
sur‟ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki teran, qiziqishlari, kayg`iyati, intilishlari
o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi, ko`ngli ochiq, dilkash,
muloqotga tez kirishadi, uning g`antaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi
ta‟sirlarga xozirjavob. Besabab xoholab kulish mumkin, arzimagan narsaga qattiq
jahlini chiqarish ko`zatiladi. Barcha narsa faollik va intilish bilan munosabat bildiradi.
Uning yo`zidan kayg`iyatini bilish mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga
beriluvchan. Past ovoz va past yorug`lik qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. Uzoqvaqt
ishlab charchamasligi mumkin, ishiga ishtiyoq bilan kirishadi. Tartib intizomli.
Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez kirishadi, yangi odamlar,
vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez
ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda uzoqishlay olmaydi. Va‟da
berib ba‟zan bajaraolmasligi ham mumkin.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə