O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə72/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
ПТЭ узб

IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun
harakat tarkibi
§1. Lokomotivlar

85. Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun tegishli konstruksiyaviy tezlikka ega maxsus ajratilgan lokomotivlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda tayinlanadi.


86. Tezyurar yo’lovchi poezdlari lokomotivlariga xizmat ko’rsatishga lokomotiv brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan intensiv texnologiyalar bilan ishlash bo’yicha o’rnatilgan tartibda kasbga oid tanlash va tibbiy tekshirishdan o’tgan birinchi klass malakali mashinistlar va lokomotivlarni boshqarish guvohnomalariga ega mashinist yordamchilaridan tayinlanadi.
Tezyurar yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish brigadalari tarkibidagi o’zgarishlarga, istisno tariqasida, faqat depo boshlig’i shaxsan ruxsatiga ko’ra yo’l qo’yilishi mumkin.
87. Tezyurar harakat tortish harakat tarkibining yo’l bosish me'yori, uning rejaviy ta'mir turlari, ularning davriyligi, ta'mir texnologik jarayonlari va texnik holatiga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
88. Asosiy depoda, aylanish punktlarida, lokomotiv brigadalarining almashinish punktlarida lokomotivni qabul qilish-topshirishda, shuningdek harakat yo’nalishidagi to’xtashlarda lokomotiv brigadasi: g’ildirak juftlarining, buksa va reduktor podshipniklarning (qizishi bo’yicha), tortish dvigatellari va reduktorlari osmalarining, tortish uzatmasi, gidroamortizatorlar detallarining, ALS g’altaklarining, tormoz richag uzatmasi va ressor osmasining mahkamlanish detallarining holatiga asosiy e'tibor qaratishi shart.
89. Mavjud va qayta ishlab chiqilayotgan tok qabul qilgichlarning parametrlarini ularning pasport ma'lumotlariga muvofiqligini tekshirish depoda va texnik xizmat ko’rsatish punktlarida amalga oshiriladi.
Tok qabul qilgichlarning ko’riklari lokomotiv depo va elektr ta'minoti distansiyasining maxsus ajratilgan xodimlari tomonidan, 161-200 km/soat tezlikni amalga oshiradigan elektr harakat tarkibi uchun esa har bir reys oldidan aerodinamika stabillashtirish qurilmalari (ekranlar) va avtomat tarzda tartibga solinuvchi tok qabul qilgichlarda muhofaza metall o’zakchalarining mavjudligini lokomotiv depo va elektrta'minoti xodimlari tomonidan komissiyaviy tekshirib amalga oshiriladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə