Oʻzbekiston respublikasi


  Kuponsiz  obligatsiya  joriy  qiymati  qaysi  formula  yorda-



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

10.  Kuponsiz  obligatsiya  joriy  qiymati  qaysi  formula  yorda-
mida aniqlanadi?  
a) 
;
(1
)
n
F
V
r


    
b) 
100
;
(1
)
n
V
r


 
d) 
;
(1
)
n
F
V
k


    
e) 
.
(1
)
xn
n
F
V
r


 


 
46 
 
 
 
IV BOB. AKSIYALAR BOZORI 
 
4.1. Aksiyalarning qo
ʻ
llanishi va aksiyalar  
bozori o
ʻ
ziga xos xususiyatlari 
 
Oʻzbekiston  Respublikasi  “Qimmatli  qogʻozlar  bozori”  toʻgʻrisi-
dagi qonunda belgilanishicha, aksiya  –  oʻz egasining aksiyadorlik  ja-
miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik 
jamiyatini  boshqarishda  ishtirok  etishga  va  u  tugatilganidan  keyin 
qoladigan  mol-mulkning  bir  qismiga  boʻlgan  huquqini  tasdiqlovchi, 
amal  qilish  muddati  belgilanmagan,  egasining  nomi  yozilgan 
emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga 
boʻlinadi. 
Oddiy  aksiya  oʻz  egasiga  aksiyadorlarning  umumiy  yigʻilishida 
oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik 
jamiyati  tugutilganda  mulkning  bir  qismiga  ega  boʻlish  huquqini 
beruvchi  qimmatli  qogʻoz.  Aksiyadorlar  umumiy  yigʻilishida 
aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.  
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega: 

 
ovoz  berish  huquqi  yoki  korporativ  tuzilmani  boshqarishda 
ishtirok  etish.  Oddiy  aksiyalar  egalariga  aksiyadorlarning  yillik 
umumiy  yigʻilishlarida  va  korporativ  tuzilma  faoliyatiga  doir  muhim 
qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi

 
korporativ  tuzilma  daromadlarida  qatnashish  yoki  dividendlar 
olish  huquqi.  Dividend  bu  korporativ  tuzilma  daromadlarining  qismi 
boʻlib,  aksiyalar  soniga  qarab  aksiyadolarga  taqsimlanadi.  Oddiy 
aksiyalar  boʻyicha  dividendlar  barcha  soliqlar,  kreditorlik 
majburiyatlar,  obligatsiya  boʻyicha  foizlar  va  imtiyozli  aksiyalar 
boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi; 

 
yangi  emissiya  qilingan  aksiyalarni  boshqa  shaxslarga  taklif 
etishdan  oldin  sotib  olish  huquqi  afzalliklari.  Bu  huquqning  afzalligi 
yangi  emissiya  qilingan  aksiyalarni  sotib  olgan  yangi  aksiyadorlar 
oldida  ularning  ulushini  himoya  qilishdadir.  Bunday  huquq  ayniqsa 


 
47 
nazorat  hamda  yirik  paket  aksiyalar  egalari  uchun  muhimdir.  Ushbu 
huquqdan  foydalangan  holda  aksiyadorlar  oʻzlarining  kompaniyadagi 
ulushi  miqdorida  aksiyalarni  sotib  olishlari  mumkin.  Huquq  afzalligi 
yana  yangi  aksiyalar  ochiq  bozorga  chiqmasidan  oldin  nominal  yoki 
bozor  bahosidan  arzon  narxda  aksiyador  tomonidan  xarid  qilinishi 
mumkin.  Buning  natijasida  bunday  afzaliy  huquq  oldi  sotdi  obyekti 
boʻlishi mumkin; 

 
korporativ  tuzilma  tugatilishida  mulk  qismidan  ulush  olish 
huquqi.  Kompaniyaning  tugatilishi  –  bu  kompaniya  oʻz  faoliyatini 
toʻxtatishi, barcha kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi, 
qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.  
Ovoz  huquqi  –  oddiy  aksiya  egalari  uchun  muhim  xususiyat. 
Ammo xorijiy kompaniya oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga 
eʼtibor 
berish 
lozimki, 
oddiy 
aksiyalarni 
chiqarayotganda 
kompaniyalar investorlarning ovoz huquqini cheklovchi yoki umuman 
rad etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin. Aksincha, bunga 
qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta aksiya egasiga bir nechta ovoz huquqini 
beruvchi aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet el kapitali 
ishtirokidagi kompaniyalarda). 
Umumiy  holda  aksiyadorlar  huquqlariga  quyidagilarni  kiritish 
mumkin (4.1-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4.1-rasm.
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə