Oʻzbekiston respublikasi


Qatnashish  huquqi  mavjud  imtiyozli  aksiyalar



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Qatnashish  huquqi  mavjud  imtiyozli  aksiyalar 
–  egasiga 
daromad  olish  huquqi  (qoʻyilgan  kapitalga  qatʼiy  foiz  tariqasida 
belgilangandan  yuqori  qoʻshimcha  dividendlar  olish)  va  jamiyatni 
boshqarishda  qatnashish  huquqini  (aksiyadorlar  umumiy  yigʻilishida 
ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksi-
yalar  kabi  boʻlib  qoladi.  Odatda,  bunday  aksiyalar  aksiyadorlik  kapi-
talda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi. 
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar 
– korporatsiyalar qayta 
chaqirib  olinadigan  imtiyozli  aksiyalarni  emissiya  qilganda,  ularni 
nominalga nisbatan ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida 
qoldiradi.  
Qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar ularni muomalaga chi-
qargan  korporatsiya  faoliyat  yuritayotgan  muddatgacha  soʻndiril-
maydi.  Shu  bilan,  qayta  chaqirib  olinmaydigan  prefaksiyalar  oʻz 
navbatida  shakllangan  kapital  tarkibini  belgilangan  bir  muddatga 
muzlatib qoʻyadi. 
Qayta  chaqirib  olinadigan  imtiyozli  aksiyalarga  xos  xarakterli 
belgilari quyidagilar: 

 
aksiya  egasi  prefaksiyani  qayta  sotib  olish  holatida  yuzaga 
keladigan noqulayliklar uchun oʻzgacha qoplama sifatida boʻlgan aniq 
premiyaning  mavjudligi  (odatda,  katta  boʻlmaydi).  Odatda,  qayta 
chaqirib  olish  toʻgʻrisida  emitent  30  kun  oldin  ogohlantiradi  (misol 
uchun,  kumulyativ  qayta  chaqirib  olinadigan  preferensial  aksiyalar 
ularni  chiqargan  kompaniya  xohishiga  koʻra  ogohlantirgandan  keyin 
30  kundan  oshmagan  muddat  ichida  istagan  vaqtda  qisman  toʻlab 
boriladi).  Toʻlanish  tartibi  toʻlov,  yaʼni  qoplash  sanasida  aksiya 
qiymatiga  aniq  belgilangan  premiya  va  qoplanmagan  barcha 
preferensial dividendlar summasi qoʻshiladi va toʻlanadi; 

 
koʻpgina  qayta  chaqirib  olinadigan  aksiyalarni  qayta  chaqirib 
olish  sharti  –  qayta  sotib olish  uchun  yoki  maxsus  jamgʻarilgan  fond 
mavjudligidir.  Bunday  jamgʻarilgan  fond  mavjudligi  kompaniya 
aksiyalarni qayta sotib olish uchun bozorda bunday aksiyalarning aniq 
belgilangan  sonini  kelishilgan  narxda  sotib  olish  yoʻli  orqali  yillik 
toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼminot manbai boʻladi; 


 
53 

 
qayta  chaqirib  olinadigan  preferensial  aksiyalar  boʻyicha 
toʻlovlarni amalga oshirish kafolat taʼminoti. Bunday taʼminot retrek-
tiv prefaksiyalarni muomalaga chiqarish yoʻli orqali erishiladi. 
Shunday qilib, aksiyani xarid qilish yoʻli orqali qimmatli qogʻozni 
qayta  chaqirib  olish  turli  shakllarda  amalga  oshirilishi  mumkin. 
Birinchi – nominalga nisbatan yuqori bahoda sotib olish (yoki premiya 
bilan); ikkinchi – qayta sotib olish uchun shakllantirilgan maxsus jam-
gʻarilgan fond orqali; uchinchi  – retrektiv prefaksiyalarni muomalaga 
chiqarish. 
Aksiyalarni  qaytarib  sotib  olish  maqsadida  maxsus  jamgʻarila-
digan  fond  tashkil  etilishi  mumkin.  Qayta  sotib  olish  fondini 
shakllantirishdan  maqsad  –  bu  fond  narxlar  pasayishi  holatida  amor-
tizator  rolini  bajaradi,  misol  uchun,  aksiyalar  muomalaga  chiqaril-
ganda  tasdiqlangan  narxning  pasayib  ketgan  holat.  Bunday  oldindan 
shakllangan fond yordamida kompaniya ushbu aksiyalarni toʻliq yoki 
qisman  sotib  olish  mumkin.  Qayta  sotib  olish  fondi  mavjud  boʻlgan 
aksiyalarni  sotib  olishning  ijobiy  tomoni  shundaki,  u  aksiyalarni  har 
yili qisman qoplash (qayta sotib olish) yoʻli orqali qimmatli qogʻozlar 
bozori  muntazam  koʻmaklashadi.  Imtiyozli  aksiyalar  ikkilamchi 
bozorda oldindan kelishilgan bahoda sotib olinadi. 
Qayta  sotib  olish  fondi  funksiyasiga  xos  vazifani 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə