Oʻzbekiston respublikasi


Aksiya egalarining huquqlari



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Aksiya egalarining huquqlari 
 
Aksiyadorlik  jamiyati  tashkil  qilinayotganda  uning  aksiyalari 
taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanadi. Taʼsischilar aksiyadorlik jamiyatini 
tashkil  qilish  toʻgʻrisida  qaror  qabul  qilgan  boʻlib,  ular  yuridik  va 
jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin. Jamiyat yuridik shaxsni taʼsis etish 
AJ foydasidan dividend AJ 
faoliyatini boshqarishda 
qatnashishAJ tugatilganda 
qolgan mulkka ega 
boʻlishtarzida daromad olish 
AJ faoliyatini 
boshqarishda qatnashish 
AJ tugatilganda qolgan 
mulkga egalik qilish 
foydasidan dividend AJ 
faoliyatini boshqarishda 
qatnashishAJ tugatilganda 
qolgan mulkka ega 
boʻlishtarzida daromad 
olish 
Aksiya – emissiyaviy qimmatli 
qogʻoz boʻlib, oʻz egasiga 
quyidagi huquqlarni beradi  


 
48 
yoki  qayta  tashkil  etish  (qoʻshib  yuborish,  boʻlish,  ajratib  chiqarish, 
oʻzgartirish)  yoʻli  bilan  tashkil  etilishi  mumkin.  Jamiyatning 
muassislari  uni  tashkil  etish  toʻgʻrisida  oʻzaro  taʼsis  shartnomasini 
tuzadilar,  shartnomada  ularning  jamiyatni  taʼsis  etishga  doirga 
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining 
(ustav kapitalining) miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim 
boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori 
va  uni  toʻlash  tartibi,  muassislarning  jamiyatni  tashkil  etishga  doir 
huquq  va  majburiyatlari  belgilanadi.  Aksiyadorlik  jamiyatni  taʼsis 
etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda 
jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv 
organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan 
qarorlarni aks ettiradi. 
Aksiyadorlik  jamiyatini  taʼsis  etish,  uning  ustavini  tasdiqlash 
toʻgʻrisidagi  va  muassis  tomonidan  jamiyatning  aksiyalari  haqini 
toʻlash  uchun  kiritilayotgan  qimmatli  qogʻozlarning,  oʻzga  mulkiy 
huquqlarning  yoki  pulda  ifodalanadigan  bahoga  ega  boʻlgan  boshqa 
huquqlarning  pulda  ifodalanadigan  bahosini  haqidagi  qarorlar 
muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.  
Korxonalar,  investitsion  kompaniyalar  va  fondlar,  banklar  aksiya 
emitentlari boʻlishi mumkin. 
Aksiyadorlik  jamiyat  tomonidan  aksiyalarning  dastlabki  chiqari-
lishini  joylashtirish  muddati  jamiyat  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazilgan 
paytdan eʼtiboran bir yilda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini 
birlamchi  ustav  kapital  hajmini  oshirishda,  yaʼni  qoʻshimcha 
aksiyalarni chiqarishda aksiyalar emissiya qilinadi. 
Birinchi  holatda,  chiqarilgan  aksiyalar,  yaʼni  ularning  soni  va 
nominal  qiymati  jamiyat  ustavi  bilan  belgilanadi.  Haqiqatda,  bu  ak-
siyalar  jamiyat  taʼsis  qilinayotganda  sotilib  boʻlgan  boʻladi,  aksiyala-
rning nominal qiymati summasi jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil 
etadi.  Ikkinchi  holatda,  ustav  kapital  nominal  qiymat  hajmidan  qoʻ-
shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha aksiya-
larni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi. 
Nomi  yozilgan  aksiyalarni  chiqarish  jamiyat  boshqaruviga 
aksiyadorlik  kapital  harakatini  va  aksiyadorlar  qoʻlidagi  qimmatli 
qogʻozlarni  nazorat  qilish  imkonini  beradi.  Aksiyadorlik  jamiyati 


 
49 
oddiy  aksiyalar  emissiyasi  bilan  birga  imtiyozli  aksiyalarni  ham 
chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali 
hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning 
imtiyozli  aksiyalar  deb  nomlanishi  imtiyozli  aksiya  egalari  oddiy 
aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi 
munosabati  bilan  ifodalanadi.  Har  bir  aksiya  turi  uchun  imtiyozli 
huquqlar  jamiyat  ustavida  belgilanadi.  Imtiyozli  aksiyalarga  bunday 
huquqlar  berish  taqdimotini  imtiyozli  aksiya  egalari  ovoz  berish 
huquqiga  ega  emasliklari  va  buning  uchun  imtiyozli  aksiya  egalariga 
qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin. 
Aksiyadorlar  –  imtiyozli  aksiya  egalari  aksiyadorlik  jamiyatining 
aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas. 
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini 
beradi va bir xil nominal qiymatga ega. 
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning 
har  bir  turi  boʻyicha  toʻlanadigan  dividend  hajmi  yoki  qiymati 
belgilanishi  kerak.  Dividend  hajmi  va  likvidatsion  qiymat  qatʼiy  pul 
summada  yoki  imtiyozli  aksiyalarning  nominal  qiymatiga  nisbatan 
foizlarda  belgilanadi.  Imtiyozli  aksiyalar  boʻyicha  dividend  hajmi  va 
likvidatsion  qiymat  jamiyat  ustavida  boshqa  shartlar  orqali  ham 
belgilanishi  mumkin.  Dividend  hajmi  belgilanmagan  aksiya  egalari 
oddiy  aksiya  egalari  qatorida  dividend  olish  huquqiga  ega.  Agar 
jamiyat  ustavida  imtiyozli  aksiyalarning  ikki  yoki  undan  koʻp  turini 
chiqarish nazarda tutilgan boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi 
va  muddati  ketma  ketligi  belgilanishi,  agar  ushbu  aksiyalar  boʻyicha 
likvidatsion  qiymat  belgilansa,  har  bir  imtiyozliaksiyalarga 
toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi lozim.  
Jamiyat  ustavida  imtiyozli  aksiyalar  boʻyicha  toʻlanmagan  yoki 
toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa-
rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin. 
Jamiyat  ustavida  imtiyozli  aksiyalarning  oddiy  aksiyalarga 
ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin. 
Imtiyozli  aksiyalarning  egalari  boʻlgan  aksiyadorlar  aksiyador-
larning  umumiy  yigʻilishi  vakolat  doirasiga  kiradigan  masalalar 
boʻyicha  ovoz  berish  huquqi  bilan  aksiyadorlarning  umumiy 
yigʻilishida  ishtirok  etish  huquqiga  imtiyozli  aksiyalar  boʻyicha 


 
50 
dividendlar  toʻlash  toʻgʻrisida  qaror  qabul  qilinmagan  yoki 
dividendlarni  toʻliq  toʻlamaslik  toʻgʻrisida  qaror  qabul  qilingan 
aksiyadorlarning  yillik  umumiy  yigʻilishidan  keyingi  yigʻilishdan 
boshlab  ega  boʻladi.  Imtiyozli  aksiyalarning  egalari  boʻlgan 
aksiyadorlarning  aksiyadorlar  umumiy  yigʻilishida  ishtirok  etish 
huquqi  mazkur  aksiyalar  boʻyicha  dividendlar  birinchi  marta  toʻliq 
miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi. 
Agar  jamiyat  ustavida  imtiyozli  aksiyalarni  oddiy  aksiyalarga 
ayirboshlash  mumkinligi  nazarda  tutilgan  boʻlsa,  jamiyat  ustavi 
imtiyozli  aksiyalar  boʻyicha  ovoz  berish  huquqini  nazarda  tutishi 
mumkin.  Bunda  ushbu  imtiyozli  aksiyaning  egasi  oʻziga  tegishli 
imtiyozli  aksiya  ayirboshlanishi  mumkin  boʻlgan  oddiy  aksiyalar 
boʻyicha  ovozlar  sonidan  oshib  ketmaydigan  miqdordagi  ovozlarga 
ega boʻladi. 
Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin; 
konvertlanadigan  va  konvertlanmaydigan;  daromadli  (ular  yana 
ishtirok  huquqi  mavjud  aksiyalar  deb  ham  nomlanadi)  va  muddati 
uzaytirilgan  jamiyat  foydasidan  yuqori  qatʼiy  belgilangan  dividendlar 
olish  huquqini  beruvchi;  qaytariluvchi  va  qaytarilmaydigan;  suzib 
yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar. 
Kumulyativ  imtiyozli  aksiyalar  imtiyozli  aksiyalar  boshqa  turlari 
orasida  keng  tarqalgan  aksiyalardir.  Kumulyativ  aksiyalar  emissiya 
qilinayotganida  jamiyat  ustavida  belgilanishi  lozim  boʻlgan  ular 
boʻyicha  toʻlanmagan  yoki  toʻliq  toʻlanmagan  dividendlar  miqdori 
jamgʻarilib  boriladi  va  keyinchalik  toʻlanadi.  Emitent  tomonidan 
ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni toʻlov-
ni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.  
Kumulyativ  imtiyozli  aksiya  egalari  jamiyat  umumiy  yigʻilish-
larida  oʻz  vakolati  doirasida  barcha  masalalarda  ovoz  berish  huquqi 
bilan  kumulyativ  aksiyalar  boʻyicha  toʻlanishi  koʻzda  tutilayotgan  va 
bu  masalaga  doir  qaror  qabul  qilish  rejalashtirilgan  kun  tartibidagi 
masalalarni ko‘rib chiqish va qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega. 
Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya egalarining aksiya-
dorlar  umumiy  yigʻilishlarida  qatnashish  huquqi–  ushbu  aksiyalar 
boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga oshirilgan-
dan  soʻng  tugatiladi.  Emitent  kumulyativ  imtiyozli  aksiyalarni 


 
51 
chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya 
(jamgʻarish)  muddatini  qatʼiy  belgilashi  shart.  Bunday  muddatda 
ushbu  aksiya  turi  boʻyicha  dividendlar  toʻlanmasdan,  keyingi  toʻlov 
muddatigacha yigʻilib boriladi. 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə