O’zbekiston respublikasi



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə5/7
tarix07.02.2022
ölçüsü151,5 Kb.
#83531
1   2   3   4   5   6   7
Mehrobdan chayon

Kesatuq hunaring esingdan chiqdimi, deb turg`an edim. Har nachuk yodingda ekan. Tag`in xo`sh? (104-b.)

Bu ixtiyoriy ravishdagi hozirlikdan so`ng, “mamlakatimdagi har bir xonadon bitta ketman va bitta mardikor bersin!” deb istisnosiz umumiy bir farmon ham bo`ldi. (116-b.)

  • Yo`q, taqsir, – dedi dehqon, – taqsirim shu qovozni pitib berdilar, tanopchig`a ko`rsatadug`an qovoz ekan. (118-b.)

Qoramtil bulutlardan quyiroqda olaqrg`alar qanot qimirlatmay sayohat qilar va onda-sonda yomg`ur qatralari tomchilar edi. (217-b.)

Romanda til taraqqiyoti jarayonida hozirgi o`zbek adabiy tilida boshqacha shakl olgan ayrim so`zlar ham kuzatiladi:



Masalan, tog`lardag`i ohular, o`rmonlardag`i to`tilar, chamandagi bulbullar ham yolg`iz emas, jufay yashaydirlar… (112-b.)

Biz ikav yoshliqdan birga yashab kelamiz, oramizda maxfiy sirlarimiz yo`q va bizning o`z aro sirlarimizga voqif bo`lg`an chet kishilar ham yo`q. (112-b.) Bas, shu holda biz ikav nega xafa bo`layliq, Ra`no? (221-b.)

U qadar keng bo`lmag`an sahn ostig`a xisht to`shalgan, havli yuzida to`rt- beshta qizil sholdan ko`ylak va boshlarig`a sarig` sholdan ro`ymol o`rab… (123- b.)

  • Budana bersangiz sho`xliq qilmayman. (126-b.)

Majoziy aralash ajralish emasdir, chunki biz bir-birimizga majoziy bog`lanmag`anmiz, haqiqiy bog`lanishni esa qat etish ifloslar uhdasidan kelmas.

Raqibni bu qadar jasoratda ko`rgan Xudoyorning kiprak ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so`z topolmag`andek tamshanib turdi. (277-b.)

Xayr, mulla, Solih, ko`rguncha Xudoyning panohiga. (152-b.)

Ra`no yuzini chetka o`gurib, boshidag`i ro`ymoli bilan yuzini artdi, uzun entikdi. (219-b.)

Yuroridagi gaplarda hozirgi juft, ikkov, g`isht, bedana, uddasidan, kiprik, xudo, ro`mol so`zlarining tarixiy variantlari qo`llangan.

Morfologik variantlarda variantdosh so`zlar morfologik belgilari bilan farq- lanadi:


  1. Balki quloqlarig`a chatilg`an bo`lsa kerak, ismim Sultonali mirzo. (26-b.)

  2. Qarshi quda bo`lmoq uchun qizliq va o`g`ulliq havlini uchratish va buning ustiga “nasl-u nasabda tekislik”, olinadirg`an kelinning silliqqina bo`lishi

  • ana shunday mushkilotlar orqasida ikki yil chamasi Na`imaning umri sarg`ayib o`tdi. (12-b.) kabi.

Gaplarda hozirgi o`zbek tilidagi sifodosh shakli -gan affiksining -g`an, -lik

mavhum ot yasovchi qo`shimchaning -liq tarixiy variantlari qo`llangan.

Romanda harakatning kuchsiz, kam va sustligini bildiruvchi, tavsiflovchi modal ma’no ifodalovchi -in, -imsa, -inqira kabi grammatik shakllar faol qo`l- langan:

Ra’no qizarinib onasig`a qaradi, yana mimit qo`lni o`pishka mashg`ul bo`ldi. (7-b.)

Solih maxdum kulimsigan ko`yi dahlizga yurub bordi va oyog`ini kafshiga uzatdi. (7-b.)

Ra’no tabassum bilan javob berdi va unda biroz qizarinish belgisi bor edi.

(105-b.)

Morfologik variantlarning vujudga kelishi tilning lug`at tarkibini boyitib boruvchi manbalardan biridir. Morfologik variantlarga xos xususiyatlardan biri ularning asosan adabiy tilga xosligidir. 1

Nigor oyim hozirg`ina qizlarni ozod qo`yub, ko`krak bolasini bag`rig`a

olg`an edi. (6-b.)

Solih maxdum bu kun odatdan tashqari yeshilib ketdi, masjiddan chiqib to`g`ri qassobning oldig`a bordi. (6-b.)

Ushbu misollarda esa -gina yuklamasi va -ga jo`nalish kelishigi qo`shim- chasining adabiy tilga xos -g`ina va -g`a shakllaridan foydalanilgan.



Darhaqiqat, er-u xotin oralarida o`tkan ikki kalima so`z shu oila gulshanida

o`skan Ra`noning istiqbolini ochiq belgilar edi. (8-b.)

Yuqoridag`i ruh tushish davrida ul moziysidag`i kabi erkalik, amr-u farmon va shuhrat uchun qayg`irg`an… (77-b.)

Nasim bilan Anvar juda yaqin do`st, bir-birini onglag`uchi sirdosh o`rtoq edilar. (52-b.)

Yuqoridagi misollarda -gan sifatdosh qo`shimchasining -kan, -g`an, -guvchi

harakat nomi shaklining -guvchi variantlari qo`llangan.



O`rda qo`rg`onining tashqari aylanasi (to`rt tomoni) ajoyib gulzorlar, anvoi

mevalik daraxtlar bilan ziynatlangan. (119-b.)

Ushbu misollarda -li va -lik so`z yasovchi qo`shimchalarining sinonimligini kuzatish mumkin. Solishtiring: mevalik daraxt-mevali daraxt.



Boqqa kirilgandan keyin, to`g`rida yangi o`rdaning darbozasi, muhtasham muzayaqakor toq va ravoqlar ko`zni qamashdirar, kishi go`yo o`zini xon huzurida, istibdod salobati ostida sezar… (119-120-b.)

Ayrim o`rinlarda fonetik va morfologik variantlarning aralsh qo`llanishi ham kuzatiladi:



Bu kun qo`g`urma sho`rbag`a, – dedi Ra`no kulgi ichida, – qattig` non to`g`rab yeysiz, jaz o`rnig`a shalg`am chaynaysiz. (33-b.)


1 Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Умурқулов Б. Ўша асар, 116-б.

Parchada qovurma, sho`rva so`zlarining, -ga jo`nalish kelishigi qo`shim- chasining variantlari qo`llangan.

Adib bir necha o`rinda takror asosida hosil qilingan xexelagan kulgu tovushini ifodalovchi xe-xe-xe, xa-xa-xa undov so`zlarini qo`llash orqali timsol- larga xos ruhiy holatni obrazli ifodalashga erishgan:




Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə