O’zbekiston respublikasi


Romanning fonetik va morfologik xususiyatlari



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə2/7
tarix07.02.2022
ölçüsü151,5 Kb.
#83531
1   2   3   4   5   6   7
Mehrobdan chayon

2. Romanning fonetik va morfologik xususiyatlari

Badiiy nutqda tilning fonetik-fonologik birliklari va fonetik hodisalar ham uslubiy mohiyati bilan alohida o`rni tutadi. Aniqrog`i, ayrim pozitsion va kombina- tor o`zgarishlar so`zlarning fonetik variantlari qahramonlar nutqini individual- lashtirishga, ayrim qahramonlarga xos bo`lgan o`ziga xosliklarni, mahalliy, milliy, tarixiy kolaritni ifodalashga xizmat qilishi bilan asar tilida uslubiy vazifa bajaradi. “Mehrobdan chayon” romanida ham mana shunday holat yorqin kuzatiladi.

Tasvirdagi o`ziga xoslik va nozik didlilik Abdulla Qodiriygagina xos bo`l- gan noyob qobiliyatdir. Adib o`zining “Mehrobdan chayon” romanida asar o`quv- chilarga yanada manzur bo`lishi uchun lingvopoetik unsurlardan keng foydalan- gan holda voqealarni yoritgan. U tilning fonetik vositalaridan ham o`rinli foyda- langan.

Yozuvchi asar voqealarini tasvirlashda tovushlardan, jumladan, unli tovush- lardan ham o`rinli foydalangan. Masalan, i unli tovushini takror qo`llash orqali harakat davomiyligini ifodalagan:



Qo`y desam bo`lmadi, bir poy kafshimni ikavi huzur qili-i-ib yeb yatipti!

(83-b.)1

Boshqa o`rinda esa yuklama vazifasidagi a unlisini takrorlash orqali qo`r- quv ifodasini yorqin aks ettirgan: Manavi bekingning ko`ziga qara… voy-voy-a-a, qo`yvor! (84-bet)

Abdulla Qodiriyga xos yana bir mahorat shundaki, u bog`inlar takori, unlilar cho`ziqligi asosida turli hayvonlarga xos tovush hodisalarini jonli ifodalashga erishgan:



Shahar podasi qaytib, tevarakdan sigir va buzoqlarning ma-a-a-mu-u-u- lari, qo`zichoq va qo`ylarning ba-a-a-bu-u-u-lari eshitilib turardi. (107-b.)

Abdulla Qodiriy xalq qiziqchilik san`atining nozik sirlarini yaxshi bilgan, shu bois o`z romanida uni voqealar tizimiga singdirib yubora olgan. O`zbeklar o`zining boy va qadimiy milliy san`atlariga ega, ularning qadrlaydigan xalqlardan




1 Barcha parchalar quyidagi manbadan olingan. Қодирий А. Меҳробдан чаён. – Тошкент: Sharq, 2015. – 288 б.

hisoblanadi. Bu holat dostonlarimizda ham to`laligicha o`z aksini topgan va har doim o`zligimizni namoyon etib turadi.

Alliteratsiya termini grekcha bo`lib, nutqda tovushlarning mos kelishidir. Alliteratsiya she`riy nutqda misralar, undagi so`zlar hamda bo`g`inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo`llanishi asosida vujudga keladi.1 Adib o`rni bilan alliteratsiya namunalaridan ham o`rinli foydalangan. Quyidagi b undosh tovushi va o` unli tovushi alliteratsiyasi ana shunday qiziqchi timsollar tasvirini ta`sirchanligini ta’minlagangan:


Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə