O’zbekiston respublikasi


Xe-xe-xe! – deb kuldi Zokir-gov. – Sizlar har kun minglab kishini o`rda tegida ma`tal qo`yg`anlaringizda, men bir nafas ma`tal qo`ysam, xe-xe-xe!



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə6/7
tarix07.02.2022
ölçüsü151,5 Kb.
#83531
1   2   3   4   5   6   7
Mehrobdan chayon

Xe-xe-xe! – deb kuldi Zokir-gov. – Sizlar har kun minglab kishini o`rda tegida ma`tal qo`yg`anlaringizda, men bir nafas ma`tal qo`ysam, xe-xe-xe!.. (82- b.).

b.)


Yoki:

Pari yigitga oshiqmisan? Xe-xe-xe! Nega kulasan, Gulshan opa? (146-

Yoki:


  • Va xa-xa-xa! deb kulib yubordi Qumri. (147-b.)

Adib badiiy timsollarning dialogik nutqida so`zlar, xususan, modal, undov

so`zlar takrorini qo`llab so`zlashuv nutqiga xos xususiyatlarni yorqin ifodalashga erishgan:

    • Muborak, Muborak! Borakallo, Mirzo Anvar! dedi. (86-b.)

    • Hayf-da, hayf, - dedi maxdum adras to`nni salmoqlab ko`rib. Boyag`i shoshilish holati hozir yo`q, ammo yuzidan achinish vaziyati bor edi. – Uvol-da – uvol, qizim ipagi juda quyug` ekan (90-b.)

Yoki:

Safar bo`zchini maxdum to`xtatdi:

Xo`sh, xo`sh, uka, – dedi Safar bo`zchig`a. (93-b.) Yozuvchi affikslarning variantdorligidan o`rinli foydalangan:

muhri bahaybatlari bilan qalashdirib beradirlar va Madalixon to`y va tomoshalar bilan murod-maqsadig`a yetadir… (3-bet)

ulamoyi kirom ham darhol botahorat-betahorat, masalani eshitar- eshitmas fatvo yozadilarkim… (4-bet)



Kezi kelganda maxdumning yozlik kiyimlarini ham bir sidra aytib ketaylik/ (6-bet)

Anvar yonidag`ilarning bu o`zagarishlaridan siqilg`ansumon har bir arizani ko`rib chiqish orasi ularga qarab olar edi. (82-b.)

Sen eshitdingmi, yo`qmi, bilmadim, ular ikkimizni juftlashtirmakchi bo`lib, bu kun mendan kishi orqaliq to`y vaqtini belgilashni so`ratqan edilar, men ertaga javob bermakchi bo`ldim… (113-b.)

Saj arabcha so`z bo`lib, “bulbul, to`ti, qumri kabi qushlar ovozining uyg`un- lashib kelishi, o`lchovli” degan ma`noni anglatadi. Saj mumtoz adabiyotdagi lafziy san`at, bir yoki bir necha gaplardagi ayrim bo`laklarning yo vaznda, yo qofiyada, yo har ikkalasida mos kelishi. Ilmi badi`ga oid ayrim manbalarda saj nasrga xos deyilsa, boshqalarida ham nasrga, ham nazmga xosligi e`tirof etiladi. Shunga qaramay sajni nasrga xos deb bilish, uni qofiyali nasr sifatida tushunish kengroq ommalashgan va bu ilmiy jihatdan to`g`riroqdir. Adib asarda sajdan ham o`rinli foydalangan:

Soniy, arzi bandaligimiz shulki, biz darbadari devona, aqlu xushdin begona, xalq gilida afsona, elkezar g`aribona qullaringiz dardu alam yutar erdik, qalamravingizning bir chetidan o`tar erdik. Dedilarkim, bu diyorning xoqoni, Iskandari soni, zaru (evar) koni, elning oshu noni, ya`ni saxovatda Hotam, qahri kelsa motam… g`urabo (g`ariblar) yoridir… (165-bet)

Deyarli bir sahifa Qiziqchi Zokir-gov nutqini, ya’ni uning duosini sajda berilishi, albatta, adib mahoratidan dalolatdir. Yozuvchi devona, afsona, g`arib- ona, yutar, o`tar, xoqoni, soni, noni, Hotam, motam kabi ohangdosh so`zlari orqali sajning go`zal namunasini yaratgan.



Qisqasi, adib o`zbek tilining fonetik-fonologik, morfologik va leksik vosita- laridan qahramonlar nutqini individuallashtirishda, asarga xalqona ruh bag`ish- lashda mohirlik bilan foydalangan.

Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə