O`zbekiston respublikasi


XULOSA Malaka ishi natijalariga asoslanib, quyidagi nazariy xulosalarga



Yüklə 78,82 Kb.
səhifə17/20
tarix08.03.2022
ölçüsü78,82 Kb.
#84379
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
yulchibaeva

XULOSA

Malaka ishi natijalariga asoslanib, quyidagi nazariy xulosalarga kelindi:

1. Akademik litsey o`quvchilariga matematika fanini o`rgatishda fakul’tativ mashg`ulotlar matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini orttiradi.

2.Akademik litsey o`quvchilaridagi matematik iqtidorga xos qo`biliyatlarni aniqlash, ularni rivojlantirish pedago`gika va psixologiya fanlarida muhim muammo hisoblanadi.

3.Akademik litsey o`quvchilaridagi matematik iqtidorni aniqlash, ularni ta`limning keyingi bosqichiga to`g`ri maqsadli yo`naltirishga imkon yaratadi.

4.O`quvchilardagi matematik iqtidorni o`rganish, aniqlash ularni ta`limning keyingi bosqichiga, hunar tallashda, o`z hunarida matematikani qo`llashda to`g`ri yo`naltirishda asosiy mezon hisoblanadi.

5.Iqtidorli o`quvchilarni oliy ta`limda o`qitish uchun mo`ljallangan maxsus klasterli o`quv dasturlari o`quvchilarning matematik iqtidorini rivojlantirishga asos bo`lishi mumkinligi tadqiqot natijalari asosida tasdiqlandi.

6.Matematik iqtidorli o`quvchilarni akademik litseylarida matematikadan «ijodiy masalalarni yechishni rag`batlantiruvchi evristik savollar», «matematik fikrlashning hukmron tuzilishi»ga qarab o`qitish va «yordamchi masalalar tizimi» kabi usullarining ishlab chiqilishi o`quvchilar matematik iqtidorining dinamik rivojlanishiga ijobiy tahsir ko`rsatishi aniqlandi.

7.Matematik iqtidorni aniqlash va rivojlantirish jarayonida ijodiy fikrlashni rivojlantirish, ijodiy qo`biliyatlarni rivojlantirish, matematik qobiliyatlarni rivojlantirish, intellektni rivojlantirish, matematik fikrlashni rivojlantirish kabi qarashlarni quyidagi ikkita printsipial yondashuvga: matematik iqtidorning komponentlari bo`lgan ma`lum ko`rinishdagi qo`biliyatlarni rivojlantirish va umumiy hamda maxsus matematik qo`biliyatlarni rivojlantirish jarayo`nini mujassamlashtirish mumkin ekan.



Yüklə 78,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə