O'zbekiston respublikasi


 Soliqlarning nazorat funktsiyasi



Yüklə 26,28 Kb.
səhifə6/9
tarix29.05.2022
ölçüsü26,28 Kb.
#88263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I-Bob Soliqlar Hasan

4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi.Bizni soliq funktsiyalarini qisqacha ko‘rib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi.
Bizga ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish Respublika prezidenti I A. Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyiliga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari etarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak.
2. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik etakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekistan Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga byudjetga 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona er solig‘i to‘lash tartibi joriy qilindi.

Yüklə 26,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə