Oʻzbekiston respublikasi


-rasm. Pul oqimi tahlilining kamchiliklari8



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə7/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

1-rasm. Pul oqimi tahlilining kamchiliklari8
Korxonalarda pul oqimi tahlilining inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar singari kamchiliklari bo‘lishiga qaramay, korxona faoliyati moliyaviy holatini bilish uchun tashqi va ichki foydalanuvchilarga pul oqimi ko‘rsatkichlari va undagi ma’lumotlar muhim. Shuningdek, pul oqimini tahlil qilish orqali shu korxonaga investitsiya kiritish, uni mijoz sifatida kreditga layoqatliligi hamda korxonaning moliyaviy barqarorligi bo‘yicha savollarga javob topishimiz mumkin.
Korxona pul oqimi tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular haqida mazkur paragrafda suhbatlashamiz. Ulardan birinchisi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat sezishi pul oqimi tahlilining katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bunga sabab esa barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo'jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Chunki transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o'zining ta’sirini o‘tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o‘zida mujassam etadi.
Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko‘lamda bir joyga to‘planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim subyektlari bo‘lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bolishi mumkin.
Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqtisodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakatlar uchun bu holat aksincha bo‘ladi. Chunki transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarni tark etgan holda o‘z kapitalini mamlakat o‘rtasida ko‘chirishi mumkin.




Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə