Oʻzbekiston respublikasi


It = 1/3(A1/A + R1/R + S1/S) * 100%



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə6/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

It = 1/3(A1/A + R1/R + S1/S) * 100%
Bunda,
It — transmilliylashuv indeksi, %
A1— xorijiy aktivlar;
A — umumiy aktivlar;
R1 — xorijiy filiallarda mahsulot va xizmatlar sotish hajmi;
R — mahsulot va xizmatlar sotishning umumiy hajmi;
S1 — xorijdagi shtatlar (ish o'rinlari);
S — kompaniya ishchilarining umumiy shtati.
Zamonaviy TMKlar faoliyatida quyidagi asosiy tendensiyalar
kuzatilmoqda:
- aktivlarning umumiy hajmida xorijiy aktivlar ulushiga ko‘ra tasniflashda AQSHning TMKlari yetakchilik qilishmoqda;
- Yaponiya TMKlarining faoliyati 1970—1980-yillarda boshqa TMKlarga nisbatan birmuncha barqaror bo'lgan, lekin umumiy holda hozirgi vaqtda ham ular TMKlar raqobatlashuvida o‘zining mustahkam o'rnini egallab kelishmoqda;
- hozirgi davrda Xitoy TMKlari jadal sur'atlarda o‘z faoliyatlarini kengaytirmoqda, shuningdek, TMKlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan faol tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya, Janubiy Koreya, Hindiston va Malayziyani kiritish mumkin;

  • Yevropa TMKlari mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati kabi yirik xarajatlar talab etuvchi

  • sohalardagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishmoqda;

  • Tarmoq tarkibi nuqtayi nazaridan eng yuqori transmilliylashuv indeksini kimyo va farmatsevtika sanoatidagi TMKlar, undan keyingi o'rinlarni oziq-ovqat va elektronika sanoati egallashgan, eng past indeks esa savdo kompaniyalariga tegishlidir.

2- jadval
Korxonalarda pul oqimlarini tasniflanishi7



Tasniflash xususiyati

Pul oqimini turlari (nomi)

1

Faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha

Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi

Investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimi

Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimi

2

Shakllanish doirasi va iqtisodiy jarayonga xizmat ko‘rsatish ko‘lami bo‘yicha

Korxona bo‘yicha umumiy pul oqimi

Alohida tarkibiy bo‘limlar, filiallar bo‘yicha pul oqimi

Xo‘jalik faoliyati, jarayonlari turlari bo‘yicha pul oqimi

3

Amalga oshirish shakllari bo‘yicha

Naqd pul oqimi 

Naqd bo‘lmagan pul oqimi 

4

Natijaviyligi bo‘yicha

Ijobiy pul oqimi

Salbiy pul oqimi

5

Vaqtni hisoblash usuli yoki davriyligi bo‘yicha

Joriy (real) pul oqimi

Kelajakdagi pul oqimi

6

Ajratilgan vaqt bo‘yicha

Qisqa muddatli pul oqimi

Uzoq muddatli naqd pul oqimi

7

Hajmning yetarliligi yoki sof qiymati bo‘yicha

Ortiqcha pul oqimi

Taqchil pul oqimi

Optimal pul oqimi

8

Hajmni hisoblash usuliga ko‘ra

Yalpi pul oqimi

Sof pul oqimi

9

Harakat yo‘nalishi bo‘yicha

Kiruvchi pul oqimi

Chiquvchi pul oqimi

10

Aylanish doirasi bo‘yicha

Ichki pul oqimi

Tashqi pul oqimi

11

Valyuta turi bo‘yicha

Milliy valyutadagi pul oqimi

Chet el valyutasida naqd pul aylanishi

12

Oldindan taxmin qilishga ko‘ra

Rejalashtirilgan pul oqimi

Rejadan tashqari pul oqimi

13

Shakllanish vaqti intervallarining barqarorligi bo‘yicha

Bir xil vaqt intervallari bilan muntazam pul oqimi

Notekis taqsimlangan muntazam pul oqimi

14

Shakllanishning uzluksizligi

Doimiy pul oqimi

Diskret pul oqimi

Endi yuqoridagi jadvalda keltirilgan pul oqimlarining turlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar keltirish orqali pul oqimlari tasniflanishining korxona faoliyatidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.


Korxonalarda pul oqimining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha turlari hisoblangan operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan keladiga pul oqimlari va ularning tarkibi haqida yuqori o‘rinlarda gaplashdik.
Iqtisodiy jarayonga xizmat ko‘rsatish ko‘lami yoki shakllanish doirasi bo‘yicha korxonaning umumiy pul oqimi umuman korxona biznesiga xizmat qiladigan pul oqimlarining barcha turlarini to‘playdigan turini anglatadi. Bu pul mablag‘larini korxona darajasida olish va undan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Har bir tarkibiy bo‘linmaning pul oqimi alohida boshqarish obyekti sifatida korxonaning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini ajratish natijasida mustaqil o‘rganishilishi tushuniladi.
Xo‘jalik faoliyati va jarayonlari turlari bo‘yicha pul oqimida faoliyat yoki xo‘jalik jarayoni turidan kelib chiqqan holda pul oqimlarini hisobga olish va tahlil qilish nazarda tutiladi.
Naqd pul oqimi deyilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pul bilan xizmat ko‘rsatiladigan korxonaning umumiy pul oqimining qismi tushunilib, u korxona tomonidan banknotalar va tangalarni olish yoki to‘lash bilan tavsiflanadi.




Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə