O`zbekiston respublikasi


-Mavzu TURKIY TILLARINNG QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASIGA KIRISH



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə40/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

1-Mavzu TURKIY TILLARINNG QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASIGA KIRISH
Turkiy tillarning tarkibi, qadimgi va hozirgi zamon turkiy tillarning holati, ularning tarqiyoti masalalarini o‘rganish turkolig olimlarga juda yaxshi ma’lum.
Hozirgi zamon turkiy tillaridan: ozorboyjon, oltoy bolqar (qorachoy), boshqird haqo‘g‘z, qozoq, qorayim, toflar, qoraqolpoq, qirg‘z, qumuq, nug‘ay, totor, tuva, usmonli turk, turimon, o‘zbek, uyg‘ur, haqas, chuvash, sho‘r, yoqub kabi tillarni; qadimgi turkiy tillardan:
Qadimgi o‘g‘iz, qadimgi o‘yg‘ur, bulg‘or quman, qorliq, eski turk, eski o‘zbek tillarini o‘rganish, tadqiq qilish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Turkiy tillarni tasnif qilishda turli qarashlar bor. Katta va boy manbalarni o‘rganish, bir-biriga qiyoslash, hozirgi zamon tillarining holatiga xos xususiyatlarini o‘rganish, qadimgi turkiy tillarning tarixiga solishtirish va tasnifning amalga oshishiga asos bo‘la oladi. SHu bilan birga bu tillarning tarixi va urf-odatlariga xos xususiyatlar turkiy tillarning bobo tilini aniqlash va belgilash imkonini beradi.
Turkiy tillarning boshqa oltoy tillariga bo‘lgan munosabatini aniqlashda turkiy “babo shakl” ni hisobga olib, oltoy bobo tiliga qiyoslashni taqoza qiladi. Oltoy bobo tilining fonologik tizimini aniqlash orqali turkiy bobo tilining tarkibi va holatini aniqlash mukun bo‘ladi.
Oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi ilmiy faraz XIX asrda Rasmus Rask, V.SHatt, M.A.Kastren tamonidan ilgari surilgan edi. Dastlab bu tillar ural-oltoy yo‘nalishida o‘rgailgan bo‘lsa, keyinchalik sof oltoy yo‘nalishi tanlandi. Keyingi yo‘nalishning tanlanishi ural tillar oilasiga xos xususiyatlar mustaqil holda ekanligi, oltoy tillarining o‘ziga xos bo‘lgan tarkibiy cheklanishlari sabab bo‘ldi.
Oltoy tillarini turkiy, mo‘g‘il, tung‘us-manjur kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganish kun tartibiga qo‘yildi.
Bu guruhlarnib birlashtirib turuvchi asosiy belgilar sifati va V.K.Met’yus uni tovishlar garmoniyasi (ohangdoshligi), so‘z boshida jarangli undosh tovishlarning mumkun qadar o‘zlashmasligi an’anasi uchun so‘z oxirida qat’iy emasligi, so‘z boshida va oxirida undosh tovushlarning yo‘qligi, undosh tovushlarning cho‘ziqligi va ikkilanishi yo‘qligi, ochiq bo‘g‘inlarning joylashishi kabilar asos asos qilib olindi!
E.D.Polivanov morfologiyaning suffiks tipi, doimiy o‘rin (birinchi bo‘g‘inda), urg‘uning ekspirator xususiyati, leksik morfemalarning misdor tarkibidagi o‘xshashlik, singarmonizm hodisasi, fonsikadagi umumiy o‘xshashliklar koreys tilini oltoy tillari guruhiga ancha yaqinlashtiradi.
J.Deni “Dunyo tillari” kitobining yangi nashriga tayyorlab bergan turkiy, mo‘g‘ul vatug‘us-majur tillari haqidagi maqolalarning kirish qismida butillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni sanab o‘tadi.
1. Fonetika bo‘yicha: Unli tovushlarning ohangdoshligi, so‘zboshida sonar undosh tovushlarni qo‘llashdan qochishga intilish (xususan turkiy tillarda), yarim unli tovushlarning ahamiyati keyingi davrlarga xosbo‘lgan hodisa), so‘z oxirida n tovushining qat’iy emasligi, o‘zak va negizga undosh tovushlar ikkilanishi (4) (geminatsiya) hodisasining yo‘qligi, so‘z boshinda qo‘sh undoshlarni qo‘llanish xodisasining yo‘qligi, + so‘z oxirida sirg‘aluvchi sonor undosh tovushlardan birining qo‘llanishi (R – ragatsizm, l – lamdanzm);
2. Morfologiya bo‘yicha: Grammatik jins kotegoriyasiningyo‘qligi, grammatik sonning faqat ikki turi (birlik, ko‘plik) ega ekanligi, old qo‘shimchalarining yo‘qligi, juslanishningbir xilligi predmetlarning yo‘qligi (o‘rnida ko‘makchilar) va boshqalar;
3. Inteksis bo‘yicha: Gapda so‘zlarning (gap bo‘laklari) tartibi, bog‘lovchi va nisbiy olmoshlarning to‘liq yo‘qligi;
Har uchala guruhga o‘rin-payt kelishigining - ga affikisi, - ki affikisi, qaratqich kelishigining korfiksi umumiy hisoblandi. Xususan, kishilik olmoshlari hamma tillarda deyarlibir-biriga o‘xhsashdir.
Huddi shu fikrlarni G.I.Ramstedt va N.N.Popp ham aytishgan.
Keyingi yillarda turkiy, mo‘g‘il va tung‘us-manjur tillarining tarixiy aloqalari, ularning o‘xshashligi va ajralishi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda qardoshbo‘lmagan tillarda ham o‘xshash hodisalar uchrab turishi mumkun. Bu esa ularning qarindoshligini isbotlavchi faktor bo‘laolmaydi. Bu ikkinchi tamonidan butillarning juda qadimdan bir-biri bilan doimiy aloqada ekanligini ko‘rsatuvchi omil sifatida qaralish lozim.
Turkiy, mo‘g‘il va tung‘is-mantur tillar uzoq yuz yillar davomida bir-birlari bilan aloqada bo‘lgan.

  1. IV-VII asrlar (Tabg‘ach turkiy urug‘ining gullab gurkiragan davri 386-535 yillar):

  2. VIII asr o‘rtalarigacha turkiylarga vassal bo‘lgan kidaylar.

  3. VIII-XII asrlar. Boyko‘l yoqasida turkiylar va mo‘g‘illarning o‘zaro qalin aloqalari, shu bilan birga shimoliymug‘ul elatlarini turkiy xalqlar tamonidan assimilatsiya (o‘ziga singdirishi) qilinishi;

  4. XIII-XIV asrlar. Turkiston mintaqalarida uyg‘ur-mug‘ul madaniy aloqalarining kuchayishi.

Turkiy tillarbilan mung‘us-manjur tillarining o‘zaro yaqinligi davrlarini aniqlash juda qiyin. Bulardan biri Baxay davlati (698-926 yillar) hukmronligi davrida to‘g‘ri keladi.
X-XII asrlarda Lyao kundan imperiyasi davrida mug‘il tillari va tung‘us-manjur tillarining aloqasi juda izchil bo‘lgan. Mug‘ilva manjurlarning qalin ittifoqi tufayli mung‘iz-manjur guruhiga kiruvchi boshqa tillarning o‘ziga xos juda ko‘p belgilariyo‘qolib ketgan.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə