O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə26/330
tarix21.01.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#98935
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   330
Umumiy psixologiya fanidan MAJMUA Fizika (kechki)11111

Sillabus muallifi:

Radjabov Akmal Abduxaliqovich

E-mail:

a.radjabov1986@mail.ru

Tashkilot:

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti «Pedagogika» kafedrasi


SEMESTR UCHUN MA’RUZA MATERIALLARI


MAVZU: PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, RIVOJLANISH TARIXI SOHALARI VA TADQIQOT METODLARI.
Reja:

  1. Psixologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.

  3. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tarmoqlari

  4. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari

Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi.


Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi.
Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə