O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə32/330
tarix21.01.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#98935
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   330
Umumiy psixologiya fanidan MAJMUA Fizika (kechki)11111

Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga kiradi.
Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o’zlashtirishda, ularning yangi ko’rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Ijod psixologiyasi bir tomondan psixologizm ta'siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilishi individual ong ta'sirida vujudga keladi, deb talqin qilishadi. Aksilpsixologizm bu asarlarga sub'ektning psixik faolligining ta'sirini inkor qildi.
Hozirgi zamonda san'at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san'at psixologiyasi san'atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko’rinishlarni, shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o’rganadi. San'atda inson ruhiy olamini amaliy jihatdan tekshirish, baholash, o’ziga xos jihatlarini guruhlash, individual, guruhiy, jamoaviy ta'sir xususiyatlarini harhlash imkoniyati mavjud. San'at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, yo’llari, qonunyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir. Bugungi kunda uning quyidagi sohalari o’z tadqiqot predmeti va ob'ektiga egadir: ijod psixologiyasi, san'at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san'ati psixologiyasi, badiiy me'morlik psixologiyasi kabilar.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə