O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə35/330
tarix21.01.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#98935
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   330
Umumiy psixologiya fanidan MAJMUA Fizika (kechki)11111

Psixofiziologiya-odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Xatto differentsial psixofiziologiya termini mavjud bo’lib, uni 1963 yilda V.D.Nebilitsin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik va psixologik natijalarni o’zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron bir faoliyatda fiziologik funksiyalar o’zgarishini o’rganish.
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya-odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlaHishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi.
Qadimgi zamondan ijtimoiy psixologik voqelik falsafiy nuqtai nazardan o’rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo’lib psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, krimonologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan.
Din psixologiyasi-psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan hartlanganligini, dinning insonga ta'sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an'analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Diniy psixologiyani o’rganish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) din psixologiyasi differentsiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g)diniy rasm-rusumlar psixologiyasi; d) xurfikrlilik ta'limi psixologiyasi kabidir.
Siyosiy psixologiya-jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o’tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə